О’zbеksitоn хаlqаrо islоm аkаdеmiyаsi Mumtоz shаrq filоlоgiyаsi fаkultеti


Agar avj aylasa Sattor, kechar sonsiz gunohlig’ni


Download 60.96 Kb.
bet10/20
Sana24.12.2022
Hajmi60.96 Kb.
#1052661
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
ttx

Agar avj aylasa Sattor, kechar sonsiz gunohlig’ni.
Mashrabga oddiy odamlarga xos tuyg’ular ham begona emas. U turli yurt va shaharlarni kezar ekan, doimo Vatan, volidasi, yaqinlarini qo’msaydi. Yurti sog’inchi, eldoshlari mehri uning she’rlarida alohida iliq tuyg’u bilan ifodalanadi. Mashrabning Arabistonda, haj ziyoratida yurgan kezi yurtdoshlarini ko’rib, qanchalik hursand bo’lganligi ushbu haroratli she’rida aks etgan:
Namangan shahridin, do’stlar, maning yoronlarim keldi,
Otam birlan onamni bilguchi mehmonlarim keldi.
Shijoat bobida har qaysisi bir Rustamu Suhrob,
Adolat taxtig’a mingan bu kun sultonlarim keldi.
Inoyatli, diyonatli yana ham murshidi komil,
Hamma orif, hamma solih, hamma irfonlarim keldi...
Mashrab tanlagan “yoronlarim”, “mehmonlarim”, “sultonlarim”, “irfonlarim», «hoqonlarim» qofiyalari shoirning yaqinlarini qanchalik sog‘ingani, diydor sevinchini aks ettirib turibdi. Bunday ta’rifni Mashrab faqat ko’ngliga yaqin insonlargagina qo’llashi mumkin, zero, bu xil tashbehlarni shoir boshqa hech bir insonga nisbatan ishlatmagan. Shuning uchun Mashrabni faqat mutasavvuf shoir emas, balki ko’nglidagi sevinch va qayg’ularini bayon qiladigan oddiy ijodkor inson sifatida bilish ham muhimdir.
Mashrab lirik qahramonlari sifatlari: devona, mastona, parvona, andalibi benavo, telba, xasta, ashk to’kuvchi, savdoyi, gado, miskin, qalandar, benavo, huvaydo, mubtalo, holi zabun, tole’ zarbun, g’ofil, banda, bulbuli nolon, rasvoyi bozor, ulfat, darbadar, osiy, baxt qarolar podshohi, bulbuli shaydo, xarobu benavo, ado, bexud, sohib suxan, shahidi ishq, musofir, mast, o’rus, armani,cherkas, tarso kabilar.
2.2 Shoir ijodida badiiy san’atlar.
Ma’naviy san’atlar.
Mashrabning hofizlar tomonidan sevib kuylanadigan g’azallaridan biri mazkur bayt bilan boshlanadi:
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,

Download 60.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling