О’zbеksitоn хаlqаrо islоm аkаdеmiyаsi Mumtоz shаrq filоlоgiyаsi fаkultеti


Bir martabada turmas emish shoh ila darvesh


Download 60.96 Kb.
bet8/20
Sana24.12.2022
Hajmi60.96 Kb.
#1052661
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
ttx

Bir martabada turmas emish shoh ila darvesh,
Bas jandani kiydim, o‘zimi darbadar ettim…
Boborahim Mashrab lirikasining asosiy qismi ishq-muhabbat haqida. Shoir tasavvuridagi sevikli yor ham haqiqiy, ham ma’joziy ma’noda tushuniladi. Jumladan, quyidagi matla’da tasvirlanayotgan qiz obrazidan ilohiy mazmun yoki talqin axtarish to’g’ri emas. Mashrab aniq lavha va tasvirlarda real hayotdagi qiz va uning tashqi ko’rinishi haqida ma’lumot bermoqda:
Kokulungmu anbardur jon ichida, jonon qiz,
Ko’zlaringmu axtardur ro’yi mohi tobon qiz...
Shoirning yana bir toifa she’rlari borki, ularda hayotiy narsa-hodisalar haqida fikr bildirilayotgandek bo‘ladi, aslida ularda asosiy mazmun zohirdagi tasvirlarda emas, balki badiiy san’atlar vositasida yashiringan botiniy talqinlarda namoyon bo’ladi. Bunday she’rlarni aniqlab olish qiyin emas. Ularda yuzaki qaraganda mavjud qonun–qoidalar, qadriyatlar inkor qilinayotgandek, muqaddas sanaladigan tushunchalardan chekinilayotgandek, harom deb bilingan narsa–harakatlar mohiyatini yo’qotayotgandek tasavvur uyg’otadi:
Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq na kerak?
Ibrohimdin qolg’on ul eski do’konni na qilay?!..
Boda – ichimlik, may. “Ibrohimdan qolg’on eski do’kon” – Ka’ba. Agar bayt faqat shular asosida tushuntiriladigan bo’lsa, unda u “ yor va may bo’lmasa, Makkaga bormoqqa va Ka’baga nima hojat?” kabi tushuniladi. Biroq bu yerda mumtoz adabiyotda qo‘llaniladigan tushunchalar, timsol va majoz, tasviriy ifoda va badiiy san’atlar ham borligini e’tiborga olmoq lozim. Mazkur baytda “Yor” –Tangri ma’nosida, “boda (may)” – ilohiy ma’rifat yoki muhabbat ma’nolarida tushunilmoqda. Shunday ekan, baytning ma’nosini quyidagi mazmunda talqin qilish to’g’ri bo’ladi: “ Tangri (yodi)siz va unga bo’lgan muhabbatsiz Makkaga bormoq na kerak? Usiz Ibrohim (s.a.v.)dan qolgan eski do’kon - Ka’baga ne hojat?” Shoir tushunchasida barcha muqaddas narsalar, tushunchalar Tangri sabablidir. Usiz bularning zarracha ahamiyati yo’q! Mazkur baytdagi mazmun g’azal maqtasida yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi:

Download 60.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling