Tangri mani berdi sanga ko’z etma yiroq,
Noji bo’layin dedim, guft: “Uyum irok,”
Tirnoq yalabon dediki mangg’ara yaronaybiy.23
Mazkur she’r uch til, ya’ni o‘zbek, tojik va qalmoq tillaridagi so’zlar ishtirokida yaralganligi sababli u „shiru shahdu shakar“ deb nomlanadi. Odatda bu san’at o’zbek shoirlari orasida qo’llanilganda she’r o’zbek, tojik va arab tillari namunalari omuxta tarzda yaxlitlikni hosil qilgani holda bitilar edi. Mashrab birinchi marta qalmoq tili namunalarini iste’molga kiritdi.
Quyidagi g’azalda esa “shiru shakar” san’ati qo’llanilgan bo’lib, she’r to’liq o’zbek va tojik so’zlaridan tarkib topgan:
Mandin salome ba so’yi jonon,
Ey bod, yetkur arzi g’aribon.
Ham dardmandam, bexonumonam,
Jono, tu budi dardimga darmon.
Harchand mohi qurbon kelodur,
Har dam qilurman jonimni qurbon.
Ey do’st, tu rafti to diyda ro’yat,
Yolg’uz qolibman dar shahri hijron.
Az duriyi tu namonda sabram,
Emdi ketarman taxti Sulaymon.
Bechora Mashrab kuydi g’amingda,
Monandi zulfat holim parishon.
Badiiy san’atlarga bag’ishlangan ko’pchilik ilmiy manbalarda she’rda turli til namunalari, so’zlarini aralash holda yozish san’atini “mulamma’” deb ham atashadi. Mulamma’ – arabcha istiloh bo’lib, turli rangda bo’yalganlik ma’nosini bildiradi.
Harfiy san’atlar
Boborahim Mashrab she’rlarida istixroj badiiy san’atidan keng foydalangan shoirdir. Bu san’at qo’llanilganda, she’r matnidagi arab harfi shakli orqali ma’lum bir obraz yoki ishora hosil qilinadi. Istixroj yana “harf”, “kitobat” kabi istilohlar bilan ham nomlanadi.
Mashrab mumtoz shoirlar an’analarini davom ettirib yorning go’zalligini tasvirlashda arab harflaridan foydalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |