О’zbеksitоn хаlqаrо islоm аkаdеmiyаsi Mumtоz shаrq filоlоgiyаsi fаkultеti


Xalqni gumroh qilib, yuzi qarolarni ko‘rung


Download 60.96 Kb.
bet7/20
Sana24.12.2022
Hajmi60.96 Kb.
#1052661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
ttx

Xalqni gumroh qilib, yuzi qarolarni ko‘rung...
O‘zbek adabiyoti tarixida qalandar bo‘lib badiiy ijod bilan shug‘ullangan yana boshqa bir shoirni topish mushkul. Mashrab nima uchun qalandarlikni tanlagan? Axir u ta’lim olgan piri Bozor Oxun yoki hokimlik bilan murshidlikni birga bajargan Ofoq xo‘ja ta’limot va faoliyatlari qalandarlikdan yiroq–ku? Ayniqsa, ikkinchi ustozning dunyo manfaatlaridan, hokimiyat uchun kurashlardan kechmaganligi ayon bo‘ldi–ku.
Demak, Mashrabning ustozlaridan farqli ravishda o’ziga xos dunyoqarashi, maslagi bo‘lgan. Bu e’tiqod shoirni allaqanday diniy mavqe’, daraja, pirlik maqomini egallashni qat’iy inkor etgan. Mansab–martabaga intilgan murshidlarning holini bevosita ko’rgan, faoliyatlarining oqibatiga guvoh bo’lgan. Bunday faoliyat soddadil xalqning taqdirida nechog’liq ayanchli oqibatlarga olib kelishiga iqror bo’lgan Mashrab qalandar qiyofasida dunyoi dunga va uning martabali vakillariga qarshi kurashga kirishdi. Hech qaysi shoir Mashrabchalik ikki yuzlamachi dindorlarga qarshi ayovsiz kurash olib bormagan, hech tap tortmay ularning gunohlarini yuzlariga solmagan. Aynan qalandarlik suluki shoir uchun yaxshigina vosita va qurol vazifasini o’tagan. Mazkur she’rda ham bunga sha’ma bordek:
Bo’lub majnunsifat dunyoda besar bo’lmasam bo’lmas.
Kulohi benavolig’din qalandar bo’lmasam bo’lmas.
Sipandi hajramu, mushtoqi mijmar bo’lmasam bo’lmas,
Kuyub-yonib misoli sham’i axgar bo’lmasam bo’lmas,
Saroyi oxiratda mehtarimdin ayrilib qoldim…
Mashrab qayerga bormasin, albatta o’sha yerning martabali kishilari uni o’zlariga piri murshid bo’lishga chaqirishadi. Biroq har safar ham Mashrab buni inkor qiladi. Ihtiyoriy ravishda martabalardan voz kechadi. Hatto qalandarlarning o‘zlari Mashrabga „Bobo“ yoki „Shoh“ darajalarini berishgan bo’lsa-da, shoir bunga ham beparvo bo’lib, qalandarlar jamoasiga yetakchilik qilmagan, bir o’zi yoki shogirdi hamrohligida sayyor bo’lib yurgan. Shoir bir she’rida shunga sha’ma qiladi:

Download 60.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling