О’zbеksitоn хаlqаrо islоm аkаdеmiyаsi Mumtоz shаrq filоlоgiyаsi fаkultеti


Bir xudodin o’zgasi barcha g’alatdur, Mashrabo


Download 60.96 Kb.
bet9/20
Sana24.12.2022
Hajmi60.96 Kb.
#1052661
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
ttx

Bir xudodin o’zgasi barcha g’alatdur, Mashrabo,
Gul agar bo’lsa qo’lumda, ul tikonni na qilay?!
Zohid – dunyoviy ishlardan voz kechib, toat-ibodat bilan mashg’ul bo’lgan shayx. Biroq Mashrab she’riyatida bu siymo ko’pincha oddiy xalq ko’zida o’zini toat-ibodat bilan shug’ullanayotgan qilib ko’rsatuvchi riyokor shayx timsolida gavdalanadi. Quyidagi baytda ham zohidning yolg’on amalu bezaklari tanqid ostiga olinib, ularning ilmi bir shisha «may», ya’ni haqiqiy ma’rifat darajasida bo’lolmasligi aytilmoqda:
Zohid, menga bir shishada may, senga namozing,
Ming tavqini bir kosai mayga sota qoldim..
G’azalning keyingi baytlaridan birida “may”ning “darajasi”ga va “soqiy”ning kimligiga aniqlik kiritilmoqda:
...Vahdat mayini piri mug‘on ilkidin ichtim,
Mansur kabi boshimi dorg‘a tuta qoldim…
“Vahdat” – birlik, tanholik; “mug’” – majusiy, o’tga cho’qinuvchi degani. Shuningdek, “mug’” – mayfurush, “piri mug’on” – mayfurushlarning ulug’i ma’nolarini ham anglatadi. Mumtoz adabiyotda “vahdat mayi” – yagonalik haqidagi bilim, “piri mug’on” – ma’rifat ulashuvchi ustoz, ulug’ murabbiy kabi mazmunda ham qo’llaniladi. Demak, Mashrab Tangrining birligi haqidagi ma’rifatni ulug’ murabbiydan egallab, Mansur Halloj kabi boshini dorga tutish darajasiga erishibdi.
Mashrabning bu kabi she’rlari ayrim diniy arboblar tomonidan norozilikka sabab bo’lgan. Chunki, Mashrab yashagan davrda hech bir shoir riyokor zohidlarni u kabi qattiq tanqid qilmagan. Bunday zohidlar turli vositalar yordamida “aytar so’zidan qaytmas” shoirga ta’sir qilish choralarini ko’rishgan. Qo’llaridan hech narsa kelmagach, uni gunohi ko’pligini pesh qilib qo’rqitishgan, otashyurak shoirni bunday narsalar bilan qo’rqitib bo’lmasligini u g’ofillar qayerdan ham bilsin? Mashrab birgina Tangridan qo’rqadi! Agar u zotning o’zlari mag’firat qiladigan bo’lsa, Mashrabning ne g’ami bor:
Ayo Mashrab, dedi zohid, gunohing behisob ermish,

Download 60.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling