О’zbеksitоn хаlqаrо islоm аkаdеmiyаsi Mumtоz shаrq filоlоgiyаsi fаkultеti


Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma


Download 60.96 Kb.
bet11/20
Sana24.12.2022
Hajmi60.96 Kb.
#1052661
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
ttx

Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.
Bu baytning muallifi Mavlono Lutfiydir. Mashrab Lutfiyning mazkur mashhur baytini aynan keltirib, unga o‘zidan baytlar qo’shib yangi g’azal yaratadi. Bu xil yaratilgan she’riy usul tazmin san’ati deyiladi:
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inoma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.
G‘ami shomi firoqingda kabob etti falakni,
Ohisaharim, xoh inon, xoh inonma...
Shoir asarlarida gohida katta, yirik, hatto ulkanligi hayolga ham sig’maydigan tushuncha, voqea-hodisalarni kichraytirib yoki kuchsizlantirib tasvirlash holatlari uchraydi. Bunday poetik usul qo’llanilganda, lirik qahramonning holati, maqsad sari intilishlari bir necha parda kuchayadi. Bu usul tafrit badiiy san’ati, deb ataladi. Mashrab tafrit usulidan asosan bu dunyoda uchramaydigan nomoddiy tushunchalarni tasvirlashda foydalanadi:
Qalandar Mashrabingman, ikki olamni tepib o’ttum,
Bihishtu huru g’ilmonni puchak pulg’a sotib o’ttum.
“Ikki olamni tepib o’tish”ni inson idroki aslida qabul qilolmaydi, hayol esa uni hatto tasavvur qilishga ojiz. Shoir makon-zamon qoliplarini parchalab, tasvirning shunday falsafiy ko’rinishini yaratganki, bu holat ham Mashrabning aqli va tafakkuri sarhadlari nihoyatda kengligini ko‘rsatadi.
Mashrab o’z she’rlarida jonsiz narsalarga ham inson xususiyatlarini ko’chirib, ularga tirik mavjudotga munosabatda bo’lgandek muomala qiladiki, bunday san’at tashxis deyiladi. Quyidagi g’azalda ham shoir “dunyo”, “nafs”ni harakatga keltirib, ular bilan munosabatga kirishadi:
Dunyo yasanib, jilva qilib oldima keldi,
«Borg’il nari!» deb (ketig’a) bir shattalab o’ttum...
Nafs kofiri birla tunu kun qildim urushni,
Tanho qilichi birla urub, qiymalab o’ttum...
Shoir birinchi baytda dunyo (boylik)ning sho’x-shang harakatlar qiluvchi, siymu zarga burkangan tannoz misoli uning yoniga jilva qilib kelishi va qahramonning o’zini undan nari olib, haydashini tasvirlayotibdi. Ikkinchi baytda endi shoir imonsiz nafs bilan kechayu-kunduz jang qilganligi va “tanho qilichi”, ya’ni Tangrining yagonaligi g’oyasi bilan uni yo’q qilganligini aytadi.
“Bilib turib bilmaslikka olish” ma’nosini anglatuvchi tajohuli orif san’atining go’zal namunalari Mashrab she’rlarida ko’p uchraydi. Shoir mazkur baytida sanamning shirinligi bois uning ota-onasi oy bilan quyoshga o’xshatilmoqda, biroq bu haqda qat’iy hukm, uzil-kesil fikr bildirilmayapti. Albatta, uning bilib-bilmaslikka olishi shartli bo’lib, shoirning asl maqsadi – mahbubaning qadrini oshirish, unga “xushomad qilish”. Baytdagi bilib-bilmaslikka olish o’xshatishni yashirishdan boshqa narsa emas:

Download 60.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling