О’zbеksitоn хаlqаrо islоm аkаdеmiyаsi Mumtоz shаrq filоlоgiyаsi fаkultеti


Dili tig’i sitamdin pora bo’lg’on xalqni ko’rdum


Download 60.96 Kb.
bet19/20
Sana24.12.2022
Hajmi60.96 Kb.
#1052661
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
ttx

Dili tig’i sitamdin pora bo’lg’on xalqni ko’rdum,
Tani dardu alamdin yora bo’lg’on xalqni ko’rdum,
Ko’zi vaqti sahar sayyora bo’lg’on xalqni ko’rdum,
Muhabbat dashtida ovora bo’lg’on xalqni ko’rdum,
Junun tug’yon etibdur har birisi bexabar tanho.
Mashrab qayda bo‘lmasin xalqqa qarshi qaratilgan nohaqlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi so‘nggi nafasiga qadar yakka kurashdi.
Shoirning lirik she’rlari bizgacha asosan “Devonai Mashrab” qissalari orqali yetib kelgan. Zahmatkash matnshunos tadqiqotchi Jaloliddin Yusupov Mashrab she’rlarini nashr qilishda katta mehnatni amalga oshirdi. “Devon”26 nomi bilan nashr qilingan mazkur to’plamda Mashrabning g’azal, mustazod, murabba’, muxammas, musaddas, musabba’, musamman, masnaviy, fard, to’rtlik janrlarida yozilgan she’rlari keltirilgan. Mashrab she’rlarini keltirishda asosan, shu kitobdan foydalandik. Noshir oldin nashr qildirgan “Mehribonim qaydasan”27 nomli Mashrab she’rlari to’plamida yo’l qo’ygan ayrim matniy xatolarni to’g’rilab, she’rlardagi kemtiklarni to’ldirib, uni yangi she’rlar bilan boyitgan.
Mashrab she’rlari boshqa shoirlar ijodidan sho’x va jarangdor, sodda va jozibador usul va uslubda, aruzning engil va o‘ynoqi vaznlarda yozilganligi bilan ajralib turadi. Mohiyatan esa el ruhiyatiga yaqin bo’lgan bunday she’rlarda murakkab forsiy va arabiy istilohlar kam uchraydi. Kelajakda Mashrab she’rlari to’plamlarini yaratishda albatta she’r uslubiga, birlamchi matnga diqqat qilish muhim. Mashrabga nisbat berilayotgan she’rlar orasidan Boborahim Mashrabga tegishlilarini ajratib olish bugungi mashrabshunoslikning asosiy vazifalaridan biri bo’lib turibdi.
Mashrab she’rlarining sodda, o‘ynoqi va ohangdor bo‘lishida uning xalq mumtoz musiqasi va cholg‘u asboblarning usta ijrochisi bo‘lganligi ham tabiiyki, o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Uning dutor, setor, tanbur sozlari ijrosi bilan bog‘liq she’rlari bejiz yaratilmagan. She’r ijod qilish yo’sinida aruz ritmiga binoan uning musiqasini ham shakllantira borgan. Mashrab g‘azallarining ayniqsa, uyg‘urlarning “O’n ikki maqom” nomli 24 soat ijrosiga mo‘ljallangan monumental mumtoz musiqiy asariga samarali ta’sir ko‘rsatgan. Bu asarda Mashrab g‘azallari bilan aytiluvchi maqomlar bilan birga uning nomi bilan bog‘liq ko‘plab istilohlar ham uchraydi.



Download 60.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling