О’zbеksitоn хаlqаrо islоm аkаdеmiyаsi Mumtоz shаrq filоlоgiyаsi fаkultеti


Download 60.96 Kb.
bet18/20
Sana24.12.2022
Hajmi60.96 Kb.
#1052661
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
ttx

Lafziy san’atlar.
Mashrab she’rlaridagi qofiyalar to’rt bo’lakka bo’lingan holda yaratilgani ham bor. Dastlabki uch bo’lakda bir xil qofiyali so’zlar keltiriladi, to’rtinchi bo’lakdagi qofiya dastlabki baytga ohangdosh bo’ladi. Bunga quyidagi bayt misol bo’ladi:
Jomi mayi luob ichib, Majnuni benavo bo’lub,
Nozu qarashmalar qilib, Layliyi ishvagar o’zum…
Baytda bunday usul qo‘llanilganda ichki qofiya san’ati hosil bo’ladi. Ushbu bayt ham mazkur badiiy san’at asosida ijod qilingan:
Jannatu Kavsar manam, ham Do’zaxu Saqar manam,
Bir o’zumdurman bu dam, haft osmonga sig’madim…
Zulqofiyatayn san’ati -- Mashrab she’rlarida eng ko’p qo’llanilgan badiiy usulardan hisoblanadi. Bunda baytda juft ohangdosh so’zlar qofiya bo’ladi:
Saning vaslingni, ey jonon, mane afgor sog‘indim.
Shabi hijronda qoldim, partavi diydor sog’indim...
Bayt misralaridagi so’zlar ikki yoki undan ortiq marotaba takrorlanib kelsa takrir san’atini hosil qiladi. Mashrabning ushbu bayti shu badiiy usulda yozilgan:
Murodingga yetay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l,
Sitam ahlin yutay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l...
Agar bayt misralarida yondosh juft takrorlanib kelsa, mukarrar badiiy san’ati qo’llanilgan bo’ladi. Mashrab she’rlarida ham bunday usulda yaratilgan she’rlar bor. Masalan:
O’tar bir-bir bosib ul sho’h, boqmas bevafolikdin,
Erur andoq vafosiz umr o’tar ohista-ohista…
Mashrab she’riyatida ko‘plab badiiy san’atlar qo’llanilgan bo’lib, biz ulardan ayrim namunalarni keltirdik. Umuman olganda Mashrab mumtoz she’riyatning badiiy mahorat sirlarini puxta o’rgangan shoir edi.

XULOSA.
Boborahim Mashrab o’zbek adabiyoti tarixida o’ziga xos, betakror, hech kimga o’xshamagan ulug’ siymo sifatida nom qoldirdi. Dunyoning ketiga shattalab o’tgan va sakkiz behishtu do’zaxni boshiga urishga shay bo’lgan, “azaldin men dili g’amgin xaloyiq xaylini sevdim” degan Mashrab qaboxat, jaholat, razolat olamiga qarshi isyon ko’tardi, xalqni ezayotgan zulmat sharpalari – zolim amir-amaldorlar, zalolatpesha dindorlar dunyosiga otashnok ash’ori bilan o’t qo’ydi. Xalqning chinakam g’amxo’ri, himoyachisiga aylandi. Mashrab o’zi ko’rgan, bilgan xalqni shunday ta’riflaydi:

Download 60.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling