Bir masaldur: Dunyoning osoyishi kofirg’amish,
Bu jahonni oshiqig’a chohi zindon ayladi...
Mazkur bayt ham mohiyatan irsoli masal san’ati aks etgan namunalar sirasiga mansub:
Va’da qilg’ondurki: Hech mo’minni zoe’ qo’ymayin,
Oncha hojotingni san ajran jamilodin tila...
Shoir she’rlarida eng ko’p qo’llanilgan badiiy san’at talmih san’atidir. Mashrab bir qancha she’rlarida Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Vomiq va Uzro, Jamshid, Iskandar kabi afsonaviy va tarixiy obrazlarga ishora qiladi. Yuqoridagi oshiq-ma’shuqlar timsollariga qiyosan shoir o’zining ishqiy tuyg’u va kechinmalarini ifodalasa, keyingilaridan asosan pand-nasihat uchun foydalanadi. Quyidagi muxammas bandida Firdavsiyning “Shohnoma”sidagi obrazlar bilan islomda aziz sanalgan shaxslar keltirilib, hattoki, ular kabi qudratli siymolar ham o’lim oldida ojiz va notavon qolganligi ibrat tarzida keltirilmoqda:
Jahonni bebaqo derlar, qani Kayxusravu Dorob,
Qani Jamshid, Iskandar, qani Rustam, qani Suhrob,
Qani jumla payg’ambarlar, qani ul sohibi mehrob,
Qani Bu Bakri Siddiqu , Umar, Usmon duri noyob,
Qani Haydar, der erdilarki : “Men – Sohibqirondurman”...
Mashrab she’rlarida payg’ambarlar siymolariga murojaat qilish holati ham ko’p uchraydi:
Hazrati Havvoni ul Odam bilan hamroh qilib,
Kulli maloiklar ichinda jumladin a’lo qilib,...
Nuhga kishtini tuzat, deb amri farmon ayladi,
Ummatini sarkash aylab, nomusulmon ayladi...
Reza – reza qildi mehnatdin Ayyubni,
Dog’i farzandiga sargardon qilib Ya’qubni...
Azbaroyi motami ul Mohi Kan’on yig’lasam,
Diydayi Ya’qubni mundog’ nobino qildi falak.
Ka’batullohni tuzatti ul Xalili bosafo...
Do'stlaringiz bilan baham: |