О’zbеksitоn хаlqаrо islоm аkаdеmiyаsi Mumtоz shаrq filоlоgiyаsi fаkultеti


Sanamo, nechun shirinsan, oyu kun ota-onangmu?


Download 60.96 Kb.
bet12/20
Sana24.12.2022
Hajmi60.96 Kb.
#1052661
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
ttx

Sanamo, nechun shirinsan, oyu kun ota-onangmu?
U jahonni quydurubdur, bu jahonda yo’q misoling...
Mashrabning “Ey sanam gul-gul yonibsan” deb boshlanuvchi muxammasining barcha bandlarida bu badiiy san’at bir necha marta ishlatilgan. Birinchi bandda bu yaqqol aks etgan:
Ey sanam gul-gul yonibsan may ichib raxshonmusan?
Barq urodur oy yuzung, hay-hay, mahi tobonmusan?
Xush kulib bergil javobim, jonmusan, jononmusan?
Olloh-olloh pora ko’nglum taxtig’a sultonmusan?
Shishayi jonimg’a tushgan bir pari javlonmusan?
Aslida yor hech qanday “raxshon”(ot), “mahi tobon”, “jon”, “sulton”, “pari javlon” emas. Buni lirik qahramon juda yaxshi biladi, shunday bo’lsa ham ularga qiyoslab, so’rab ko’radi. Qiyoslanayotgan tushunchalarning hammasi go’zallik, ezgulik timsoli. Demak, yorning yuksak tushunchalarga tenglashishi, o‘zi-o‘zidan mahbubaning qadrini, mohiyatini oshiradi.
Agar baytda bir-biriga qarama-qarshi ma’noli so‘zlar ishlatilsa, tazod san’ati qo’llanilgan bo‘ladi. Bu so’zlar aynan antonim bo’lishi shart emas, mazmunda ziddiyatning mavjud bo’lishi ham bu san’atni hosil qilaveradi. Bunga yaqqol misol qilib mazkur baytni keltirish joiz:
Vujudi ushbu olam bir kecha-kunduzdin ortiq yo’q,
Charoki dunyoda bir shams ko’rdum, bir qamar topdim…
Mashrab fikrini isbotlash uchun she’rlarida xalq maqollaridan ham ustalik bilan foydalangan. Bunday badiiy usul irsoli masal deb ataladi. Uning yetuk namunalari ayniqsa, Mavlono Lutfiy ijodida uchrab, shoirning “Ayoqingg’a tushar har lahza gisu” misrasi bilan boshlanuvchi g’azali buning yaqqol dalilidir. Bu she’rning barcha baytlarida xalq maqollarini ishlatilgan. Mashrabning mazkur baytida “Dunyoning tinchligi kofir (riyokor)niki” degan maqolning bejiz aytilmaganligiga urg’u berilib, unga dalil sifatida shoir bu jahon oshiqlarning zindoni, qudug’iga aylanganligini keltirmoqda:

Download 60.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling