Material matnini rasmiylashtirish tartibi
OQAVA SUVLARNI QAYTA ISHLASH USULLARINI OʻRGANISH VA ISHLAB
CHIQARISH SANOTIGA YOʻNALTIRISH
D.N.Sobirov D.N. – TDTU OF 2-21Met guruhi talabasi,
S.K.Mamaraximov – TDTU OF assistnti
Markaziy Osiyo mamlakatlarida, xususan, Oʻzbekistonda suv tanqisligi yildan-yilga keskinroq seziladi.
Suv tanqisligi muammosi aholi sonining koʻpayishi, iqlim oʻzgarishi, suvni tejashga
tizimli yondashuvning
yoʻqligi bilan murakkablashmoqda. Bir necha yil avval Oliy Majlis Senatining Orolboʻyi
mintaqasini
rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi Boʻri Alixonov qoʻrqinchli raqamlarni eʼlon qilgan edi: 2040-yillarga
borib, Amudaryo va Sirdaryo oqimining kamayishi munosabati bilan Oʻzbekistonda suv resurslari taqchilligi 33
foizga yetishi mumkin.
Ayni paytda, Jahon banki prognozlariga koʻra, Markaziy
Osiyoda chuchuk suv
tanqisligi yalpi ichki mahsulotning 11 foizga pasayishiga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga,
viloyat suv
resurslarining 80-90 foizi qishloq xoʻjaligida foydalaniladi.
Tadqiqot uchun suv namunasi olindi (1-jadval), unda bir qator metallarning
yuqori konsentratsiyasi
topildi. Mustaqil sugʻorish suv taʻminoti tizimidan yoki sanoat suv taʻminoti tarmoqlaridan sugʻorish uchun suv
sifati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining sanitariya-gigiyena
va agrotexnik talablariga javob berishi kerak (KMK 2.04.02-97). "Suv taʻminoti.
Tashqi tarmoqlar va
inshootlar").
Do'stlaringiz bilan baham: