O‘zbeksiton respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti magistratura bo`limi “TA`lim va tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi”


III BOB. BIOSFERADA MODDALARNING AYLANISHI


Download 1.68 Mb.
bet12/15
Sana05.01.2022
Hajmi1.68 Mb.
#207435
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kURS ISHI

III BOB. BIOSFERADA MODDALARNING AYLANISHI


    1. Biosferada moddalarning aylanma harakati

Tirik organizm tabiatda hamisha hayvon va o’simlik organizmlariga, shuningdek, o’z atrofidagi fizik-kimyoviy sharoitlar bilai o’zaro aloqada bo’ladi. Har qanday biotsenozda bu o’zaro munosabatlar juda murakkab va ziddiyatlidir. Tabiatda to’xtovsiz davom etadigan va tirik organizmlar faoliyati tufayli tartibga solinib turadigan moddalarning doimiy aylanishi yerning alohida qobig’i bo’lgan biosferaning spetsifik belgisidir. Garchi biomassa, ya’ni ayni bir vaqtda yashab turgan barcha organizmlar tarkibidagi tirik moddalar vazn jihatidan biosferadagi barcha moddalarning 0,01 foizidan oshmasada, u mazkur qobiq ichida boradigan murakkab biokimyoviy jarayonlarni keltirib chiqaradigan va yo’naltirib turadigan markaziy zvenoni tashkil qiladi.

Biosferada tirik organizmlar tarkibiga kiradigan suv va boshqa hamma elementlar davra bo’ylab muttasil aylanib yuradi. Bu jarayon bir necha o’n million yillardan beri davom etib kelmoqda. V. I. Vernadskiy biosferaning mana shu xususiyatlariga alohida e’tibor berib, shunday deb yozadi: «... undan ko’ra doimiyroq ta’sir etadigan, shuning uchun ham oxirgi oqibatlari jihatidan umuman tirik organizmlarga nisbatan qudratliroq kimyoviy kuch yer yuzasida yo’qdir».

Biosferada doimiy ravishda harakat jarayoni va moddalarning qayta taqsimlanishi davom etadi. Bundan qattiq, suyuq va gazsimon tana (modda) larning har xil haroratda va bosimda yalpi holda ko’chishi sodir bo’lib turadi. Litosferaning asosiy kimyoviy elementlari — 0, Al, G’e, Mg, Na qatnashib, har xil rivojlanish bosqichlaridan o’tadilar, ya’ni eng chuqur qismlardan litosferaning yuqori qatlamlarigacha yetib boradilar, V. I. Vernadskiy ta’limotiga muvofiq, yerda yashovchi tirik organizmlar, quyosh nurlari energiyasini potensial energiyaga, so’ngra esa geokimyoviy jarayonlarning kinetik energiyasiga aylantiruvchi murakkab mexanizmlar sistemasidir. Biosferaning bu yupqa qatlamida quyosh nuri tarqaladi, murakkab organik moddalar hosil bo’ladi va parchalanadi, xilma-xil organizmlar vujudga keladi va ular o’sadi. O’simliklar yiliga 7,3 – 1017 kkal energiya yig’adi, 1,73- 1011 organik moddalar hosil qiladi,

2,6- 109 t azot va 7,7- 1011 t kul moddalar iste’mol qiladi, tirik organizmlar yiliga 2- 1011 t kislorod yutadi, 2,7- 1011 t karbonat angidrid chiqaradi, 7,3- 1011 kkal energiya tarqatadi va organik birikmalarda 2,6 – 109 t azot hosil qiladi. Bu jihatdan tabiatdagi yashil o’simliklar dunyosining roli nihoyatda kattadir



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling