O‘zbeksiton respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti magistratura bo`limi “TA`lim va tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi”


Download 1.68 Mb.
bet13/15
Sana05.01.2022
Hajmi1.68 Mb.
#207435
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kURS ISHI

- rasm


Erga har yili juda katta miqdorda (1,26 – 1024 kkal) quyosh energiyasi tushadi va bu energiyaning 42 foizi olam bo’shlig’iga qaytariladi. YAshil o’simliklar quyosh energiyasining bu qismidan foydalanib organik moddalarni sintez qilish jarayonida havodagi karbonat angidriddan uglerod manbai sifatida foydalanadi. Ammo yashil o’simlik anorganik tabiatdan o’zi uchun oziq olish bilangina chegaralanib qolmaydi, shu bilan birga u osmon bilan yer o’rtasida vositachi hamdir. Quyosh nuridan olingan energaya o’simlik organizmida to’planadi va shu taxlitda o’z tanasida to’plangan organik modda bilan birgalikda o’simlik ozuqasi bilan ovqatlanuvchi boshqa o’simliklar yoki hayvonlar organizmiga tushadi, Bu organizmlar esa o’z navbatida boshqa geterotrof organizmlar uchun oziq hisoblanadi.

Fotosintez jarayonida yashil o’simliklar tomonidan hosil qilinadigan kislorod barcha aerob sharoitda yashaydigan individlar hayoti uchun nihoyatda muhimdir: bu organizmlar nafas olish jarayonida havodagi kislorodni o’ziga singdirib, ayni vaqtda karbonat angidrid ajratib chiqaradi. Atmosferaga karbonat angidridning mana shunday muttasil qo’shilib turishi moddalarning doimiy aylanishida juda katta ahamiyatga ega.

Taxminiy hisoblarga ko’ra, yer kurrasining o’simliklar qatlami har yili karbonat angidriddan 140 milliard tonnadan ziyod uglerodni assimilyatsiyalaydi, bu esa har gektar yerga taxminan uch tonnadan to’g’ri kelishi mumkin.

Olimlarning keyingi davrlarda keltirgan ma’lumotlariga qaraganda, atmosferada hammasi bo’lib ikki milliard kilogrammga yaqin karbonat angidrid mavjuddir. Agarda organizmlarning hayotiy faoliyati jarayonida atmosfera va gidrosferaga muttasil karbonat angidrid qo’shilib turmaganida, bu miqdor 100 yilga ham yetmay tugab qolgan bo’lar edi. Vaholanki yerda fotosintezni amalga oshiruvchi o’simliklar jamoasi yashab kelayotgan davr mobaynida ular juda ko’p miqdorda (10 000 milliard tonna chamasida) uglerod zaxiralarini to’plagan va ular neft’, toshko’mir, torf va boshqa yonuvchi qazilmalar shaklida saqlanib qolgan.

V. I. Vernadskiyning ko’rsatishicha, tirik organizmlar biosferada kimyoviy elementlar migratsiyasi (ko’chib yurishi) ning asosiy omillaridir. Bu migratsiyani ikkita qarama-qarshi, ammo, o’zaro bog’langan jarayon keltirib chiqaradi: 1) quyosh energiyasi hisobiga anorganik tabiat elementlaridan tirik moddaning tarkib topishi hamda 2) organik moddalarning energiya ajralib chiqishi bilan birga davom etadigan yemirilishi: bunday yemirilish jarayonida organik moddalar mineral moddalarga aylanadi.

Turli moddalarning migratsiya qobiliyati mutlaqo bir xil emas. Lekin davryy sistemadagi kimyoviy elementlarning ko’pchiligi biosferada faol ravishda migratsiyalanish qobiliyatiga ega. Bunday faol migratsiyalarni ikki gruppaga bo’lish mumkin:



  1. Xavo migrantlari — bular migratsiya jarayonida gazsimon fazani bosib o’tadi (kislorod, azot, uglerod, vodorod).

  2. Suv migrantlari — oddiy yoki kompleks ionlar, yoxud molekulalar tarzida migratsiyalanuvchi elementlar. Bular jumlasiga: Na, G’, S, S1, K kabi elementlar kiradi.

Tabiatdagi organik moddalarning paydo bo’lishida havodagi migratsiyalanuvchi elementlar muhim ahamiyatga egadir, ular orasida S, O2, N2 havoning 98,3 foizini tashkil qiladi.

Biosfera juda keng maydonlarni egallagani tufayli va planetaning turli xil mineral qobiqlariga kirib borish imkoniyatlariga ega bo’lganligi uchun organizmlar tarqalgan muhit, ya’ni yashaydigan sharoitlari nihoyatda har xil bo’ladi.

Shunday qilib, biosfera yerda hayot vujudga kelgandan keyin va uning bir necha milliard yillar davomidagi rivojlanishi hamda evolyutsiyasi natijasida hosil bo’lgan juda murakkab va bir-biri bilan uzviy bog’liq strukturadan tashkil topgan sistema, yer kurrasining noyob qobig’idir.

Bu sistemaning har bir struktura elementi biror sabab bilan o’z funksiyasini bajara olmay qolsa, u vaqtda biosferaning normal hayotiy jarayonlari buzilib, biogeokimyoviy muhitning buzilishiga, organizmlarning kasallanishiga va hatto ba’zi bir biologik turlarning mutlaqo yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’ladi. SHuni alohida uqtirish kerakki, hozirgi fan va texnika taraqqiyoti davrida insonning ta’siri birinchi navbatda biosferaning mahsuldorligiga, uning znergiya balansiga qaratilgandir.



Biosfera biomahsuldorligining kamayishiga asosan quyidagilar sabab bo’ladi: 1) gidromelioratsiya ishlarini amalga oshirish; 2) oqova va sizot suvlari, shuningdek tuproqning turli mineral o’g’itlar, kimyoviy moddalar har xil zaharli moddalar bilan ifloslanishi; 3) zavod, fabrika va boshqa sanoat chiqindilari bilan muhit, sharoitlarining ifloslanishi.



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling