O’zbekston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi


Suyuqlik va gazlarning, qattiq jismlardan farqli har xil asosiy belgilari (davomi)


Download 17.34 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi17.34 Kb.
#1153717
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
11-21 2-kurs Gulomov M suyuqliklar referat

Suyuqlik va gazlarning, qattiq jismlardan farqli har xil asosiy belgilari (davomi):
Deformatsiyadagi qarshilik ko‘rsatish xususiyatiga qarab fizik jismlar ikki guruhga bo‘linadi: suyuqliklar (bunda gazlar ham tushuniladi) va qattiq jismlar.
Birinchi guruhdagilarni yana qism guruhlarga ajratish mumkin: siqilmaydigan (ko‘pincha ular tomchili suyuqliklar deb ataladi) va siqiluvchan (ular gazsimon ham deb ataladi) suyuqliklar.
Tutash muhitni siqilmaydigan deb qarash mumkin, agar qachonki uning hajmini o‘zgartirishga olib keluvchi cho‘zuvchi (siquvchi) deformatsiyalarni hisobga olmaslik darajada kichik bo‘lsa. Bunga nisbatan juda kichik tezliklarda harakat qilayotgan tomchili suyuqliklar, gazlar va plazmalar misol bo‘la oladi.
Barcha suyuqliklar siqiluvchan, ammo ularning ko‘pchiligidagi siqilishlarni e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Masalan, suv 1 atm bosimda o‘zining dastlabki hajmiga nisbatan uning 1/20000 qismigacha siqiladi.
Suyuqliklarning ba’zi xossalarini:

  • Har xil suyuqliklarning tutashish chegarasida yoki suyuqlik va qattiq yoki gaz shaklidagi jism bilan tutashish chegarasida suyuqlikning tomchili xossasi paydo bo‘ladi va bunda uning qattiq jism sirtini namlash hodisasi kuzatiladi.

  • Gazlar suyuqliklarga nisbatan juda ham sezilarli darajada siqiluvchan. Bosimning juda ham kam kamayishi, harakatning juda kichik tezligida muhitning qizish holati yo‘q holatlarida gazni ham siqilmaydigan muhit deb qarash mumkin. Shuning uchun har bir muhitning siqiluvchanlik darajasi bir-biridan keskin farq qiladi.

  • Suyuqlik va gazlarning siljishga qarshilik ko‘rsatish xossasi qovushoqlik deb ataladi. Hamma suyuqliklar (siljish tezligiga proporsional bo‘lgan ishqalanish kuchlanishiga ega Nyuton suyuqligi) bu xossaga ega.

  • Suyuqliklarning harakati tekshirilganda, odatda hamma kuchlarni hisobga olib bo’lmagani uchun, ularning suyuqlik muvozanati yoki harakati holatiga ta’siri katta bo’lganlarini saqlab qolib, ta’siri kichiklarini tashlab yuboramiz. SHu usul bilan suyuqliklar uchun ideal va real suyuqliklar modeli tuziladi.

  • Bunday soddalashtirishlar esa suyuqliklarning fizik xossalariga chegara qo’yadi va bu suyuqliklar ideal suyuqliklar deyiladi.

  • Ideal suyuqliklar absolyut siqilmaydigan, issiqlikdan hajmi o’zgarmaydigan, cho’zuvchi va siljituvchi kuchlarga qarshilik ko’rsatmaydigan absolyut tushunchadagi suyuqliklardir.

  • Real suyuqliklarda esa yuqorida aytilgan xossalar mavjud bo’lib, odatda siqilishi, issiqlikdan kengayishi va hajm o’zgarishi juda kichik miqdorga ega.

  • SHuning uchun bu soddalashtirishlar hisoblashda unchalik ko’p xato bermaydi. Ideal suyuqliklarning real suyuqliklardan katta farq qilishga olib keladigan asosiy sabab bu-siljituvchi kuchga qarshilik ko’rsatish xossasi, ya’ni ichki ishqalanish kuchi bo’lib, uning bu xususiyatini qovushoqlik degan tushuncha orqali ifodalanadi. SHunga asosan ideal suyuqliklarni noqovushoq (nevyazkiy), real suyuqliklarni esa qovushoq suyuqlik deyiladi.


Download 17.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling