"O‘zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi "Axborot tizimlari" filiali
Download 37.71 Kb.
|
ДИ bo\'lim boshlig\'i uzb
Huquqlar
Bo‘lim boshlig’i quyidagi huquqlarga ega: - Filial rahbariyatidan o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarni talab qilish; - unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun Filial rahbariyati va tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlarni olish; - malakasini oshirish kurslarida o‘qish uchun Filial rahbariyatidan amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rash; - aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha rahbariyatga xabar berish va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish; - faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda yozishmalar olib borish; - vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tushuntirishlar, tavsiyalar va ko‘rsatmalar berish; - Filial faoliyati masalalari bo‘yicha majlislarda o‘rnatilgan tartibda ishtirok etish; - Yagona jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan imtiyozlardan foydalanish. Javobgarlik Bo‘lim boshlig’i o‘z zimmasiga yuklangan lavozim majburiyatlarini tegishli ravishda bajarilishiga, shuningdek quyidagilarga javobgardir: amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga, me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishiga; O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan ishlarning maxfiyligi, tijorat va boshqa sirlarni saqlash to‘g’risidagi talablarga rioya etilishiga; axborot xavfsizligi bo‘yicha talablarga rioya qilinishiga; Bo‘lim tasarrufidagi moddiy boyliklarning saqlanishiga; Taqdim etilayotgan hisobot ma’lumotlarining ishonchli va o‘z vaqtida taqdim etilishiga, shuningdek Filial rahbariyati tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va ko‘rsatmalarni sifatli bajarilishiga; sanitariya-gigiena me’yorlariga rioya qilish, ish joylari va barcha xonalar holati mos ravishda saqlanishiga; korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi talablariga rioya qilinishiga; ichki mehnat tartib qoidalari, yong’in xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishiga. Download 37.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling