O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Tsin, Xan davlatlari (eramizdan avvalgi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Tsin, Xan davlatlari (eramizdan avvalgi 
III asr-eramizning III asri) 


424 
Er. avv. 246-yil Sin taxtiga o’n yoshli Chjen 
chiqdi. Er. avv. 238 yil yosh podsho Chjen o’ziga 
qarshi fitnani fosh qiladi. Eramizdan avvalgi 230 yil
asosiy raqib Xan podsholigini, er. avv. 228-221
yillarida esa, boshqa beshta podsholiklarni bosib 
oladi. Eramizdan avvalgi 221 mamlakatni birlashtirish 
tugallanadi. 28 yoshli In Chjen «Sin sulolasining 
birinchi imperatori» Sin Shixuandi unvonini qabul 
qiladi. U «Bizning avlodimiz vorislik tartibiga ko’ra 
ershi («Ikkinchi»), san'shi («uchinchi») va toki o’n 
ming avlodgacha ular nihoyasiga merosxo’r
bo’ladilar deb tantanali e'lon qiladi. Ammo bu davlat
bor yo’g`i 14 yil yashadi.
Mamlakat hududi 36 yirik ma'muriy okrugga
bo’lingan, har bir okrug uyezdlarga, uyezdlar
volostlarga, volostlar esa bir necha jamoadan iborat
edi. Okrug boshlig`i va okrug qo’shin boshligi 
imperator tomonidan tayinlangan. Okrug boshlig`i 
esa uyezd boshlig`i va ularning muovinlarini 
tayinlagan. Imperatorning ikki maslahatchisi bo’lib 
ular markaziy davlat apparatini boshqarganlar.
Markazlashgan davlat apparati harbiy, moliya, 
sud, imperator oilasi bo’limi va inspektsiya nazorat 
bo’limlaridan tashkil topgan. Qat`iy markazlashgan 
davlat boshqaruvi aparatida eng quyi bo`g`inda jamoa 
oqsoqollari turar edi. Davlat aholi hayotini barcha 
jabhalarini qat`iy bir qolipga soldi: aholidan barcha 
qurollar tortib olinib, qo`ng`iroqlar qo`yildi. 


425 
mamlakat bo`yicha yozuv, pul, tanga, o`lchov 
birliklari unifikatsiya qilindi, beqiyos, shavqatsiz 
ruhda bo`lgan yagona qonunchilik tizimi joriy 
qilindi. Jinoyati uchun butun oila jazolangan, o`lim 
jazosi barcha ayblar uchun qo`llanilgan. Ommaviy 
ravishda Katorga ishlariga surgun qilingan. Odamlar 
Sin davridan oldingi davrlarni xotirasidan chiqarishi 
uchun Sin podsholigidan oldingi yozuvdagi asarlarni 
yo`q qilishga buyruq berilgan. Qadimiyatga e`tiqod 
qilganlari uchun yuzlab konfutsiy ta`limoti muxlislari, 
olimlar jismoniy yo`q qilingan. Butun Xitoy aholisi 
og`ir mehnatga duchor qilindi. Misli ko`rilmagan 
qurilish: 5 ming km. uzunlikdagi buyuk devorni 
bunyod qilishga kirishildi. Epon imperator saroyi va 
tog’ ichida o’yilgan imperator sog`onasi qurilib, 
sog`onaga balandligi o`rtacha odam o`lchovida 
bo`lgan 6 ming jangchi haykallari joylashtirildi va 
Xitoyni butun hududi aholisi bu qurilishlarga zo`rlik 
bilan haydab kelindi. Imperator qo`shinni shimolga 
xunlarga qarshi va Yanszi daryosi va Janubiy Xitoy 
dengizi oralig`i havzasidagi mamlakatlarni ishg`ol 
qilishga yuborildi. 
Er. avv. 207 yilda xalq qo’zg`oloni Sin sulolasini 
agdarib tashladi. Qo’zgolon boshliqlaridan biri 
mayda amaldor Lyu Ban eramizdan avvalgi 202 yil 
«Xan vani» unvonini qabul qilib, Xan imperiyasiga 
asos soladi. Bu sulola Xitoyda eramizning III
asrigacha hukmronlik qiladi. Imperator Gao-szu (Lyu-


426 
Van) (er. avv. 202-195 yillar) xalqni ahvolini 
yengillashtiradigan tadbirlarni amalgam oshiradi. 
Qarzi uchun qul qilinganlar qullikdan ozod qilinadilar, 
jamoalarga vaqtinchalik imtiyozlar berilib, soliqlar 
Sin davridagidan 10 marta kamaytirilib, hosilni 1/15 
qismini tashkil etdi. Keyingi imperator Syao Ven-di 
(er. avv. 180-165 yillar) xalqni ahvolini yana 
yengillashtirdi. U saroy xarajatlarini kamaytiradi, 
dehqonlardan olinadigan yer solig`ini kamaytiradi. 
Qarindoshining jinoyati uchun jazo berishni, 
imperatorni haqorat qilgani uchun jazoni bekor qiladi. 
Iqtisodiy taraqqiyot er. avv. II asrda Sariq dengizdan 
boshlanib O`rtayer dengizigacha borgan Buyuk ipak 
yo`li shakllandi.
Imperator U-di (eramizdan avvalgi 104-87 
yillar) boshqaruvi yillari Xan imperiyasining eng 
gullab - yashanagan davri edi. U-di markazlashtirish
siyosatini olib boradi. Vanlarga meros mulkni faqat 
katta o’g`li emas, balki barcha o’g`illari o’rtasida
taqsimlash joriy etiladi. Natijada merosiy
mulklarning hajmi keskin qisqarib ular amalda 
hokimiyatdan maxrum bo’ladilar. Markaziy davlat 
apparati mustahkamlanadi. Okrug amaldorlari
faoliyatini nazorat qiladigan nazorat inspektori qayta 
tiklanadi. Okrug boshliqlari tomonidan amaldorlik 
vazifasiga qobiliyatli kishilarni muntazam tavsiya 
etish tizimi joriy qilinadi. Imperatorning birinchi 
maslahatchisining vakolat doirasi cheklanadi. 


427 
Imperator kanselyariyasi tashkil etilib, U-di joylarni
boshqarish tizimlarini faoliyatini nazorat qilish 
imkoniyatiga ega bo’ladi.
Konfusiylik davlatning yagona mafkurasi 
sifatida qabul qilingan. U-di faol istilochilik siyosatini 
olib boradi. U shimolda ko`chmanchi xunnlar 
hududini bosib olishga harakat qiladi. Xunnlar bilan
urush yillarida Xitoy hozirgi Sinszyan va O’rta
Osiyo bilan birinchi aloqalarni o`rnatadi. U-di
eramizdan avvalgi 139 yilda o’z elchisi Szyan 
Syanni O’rta Osiyo («G`arbiy o’lka»)ga yuborgan, 
elchi o’n yildan keyin Xitoyga qaytib keladi. 
Xitoyliklar Farg`ona, Baqtriya va Parfiya to’g`risida 
bilimga ega bo’ladilar va bu mamlakatlar bilan aloqa
o’rnatadilar. Ana shu vaqtda Xitoy O’rta Osiyodan 
uzum, poliz ekinlari, musiqa asboblari, idish-
tovoqlarni o’zlashtirib oladi. Keyinchalik Xitoy O’rta 
Osiyodan budda dinini qabul qiladi.
Xitoy Hindistonga boradigan yo’lda Yuanyan 
va Sichuanni bosib oladi. Eramizdan avvalgi 109 yilda 
Koreya yarim orolidagi Choson davlatini bosib olgan.
Imperator U–dining hukmdorlik yillari qadimgi 
Xitoy tarixida «oltin davr» deb hisoblandi. Xan 
davrida qullarning soni oshdi. Xususiy, davlat qullari,
qarz uchun qul qilingan qullar mavjud edi. Manbalar 
bu davrdagi yirik quldor xo’jaliklari, qul bozorlari 
to’g`risida ma'lumot beradi. Er. avv. II-I asrlarda 
xalqning iqtisodiy ahvoli yana og`irlashadi, yer va 


428 
boshqa boyliklar oldi-sotdisi keng tus oladi. Qarzi 
uchun o`zi va oila a`zolarini qul qilish yana 
rivojlanadi. Yer katta yer egalari qo`lida to`plana 
boshlaydi, qaram dehqonlar ko`payadi. Yer ijara haqi 
juda yuqorilab ketadi. Yollanma mehnat keng 
tarqaladi. 
Eramizning I yillarida yirik amaldor Van Man 
imperator hokimiyatiga ega bo’lib yer egaligi va 
quldorlik munosabatlarida islohot o’tkazadi. Bu 
vaqtda dehqonlarning yersizlanishi kuchayib, katta-
katta yer maydonlari alohida qullarda to’planib 
qolgan edi. Van Man barcha yerlarni imperator mulki 
deb e'lon qilib, yerni sotishni ta'qiqlaydi. Qul savdosi 
ham ta'qiqlanadi, ammo bu islohotlar amalga 
oshmaydi. Mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy hayoti
toboro tushkunlikka yuz tuta boradi. Xalq
harakatlaridan so’ng, Xitoy III asr boshlarida uch 
mustaqil davlat Vey, Shu va U ga bo’linib ketadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling