O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yunon shahar – davlatlarining shakllanishi 523 Buyuk kolonizatsiya
Reyting savollari
1. Qadimgi Egey madaniyati necha davrga bo’linadi. A) 4ta. B) 3ta. C) 2ta. D) 6ta. E) 12ta. 2. Krit yoki Minoy madaniyatining birinchi davri nechanchi yillarni o’z ichiga oladi? A)2300-1600 yillarni o’z ichiga oladi B)3000-2300 yillarni o’z ichiga oladi S)1600-1200 yillarni o’z ichiga oladi D)2300-1150 yillarni o’z ichiga oladi E)1200-1150 yillarni o’z ichiga oladi 3. O’rta Krit davrining II davri o’rta Minoy nechanchi ming yilliklarni o’z ichiga oladi? A) er. avv. V-IV ming yilliklarni o’z ichiga oladi B) er. avv.III-II ming yilliklarni o’z ichiga oladi S) er. avv. I ming yilliklarni o’z ichiga oladi D) er. avv. III ming yilliklarni o’z ichiga oladi E) er. avv. II ming yilliklarni o’z ichiga oladi 4. So’nggi Minoy davri nechanchi yillarni o’z ichiga oladi? 517 A) 1600-1200 B) 3000-2300 S) 2300-1600 D) 2300-1600 E) 2300-2100 5. Egey orollari madaniyati qanday nom bilan ataladi? A) Krit B) Kiklada S) Ellada D) Minoy E) Mikena 6. Qadimgi Kritdagi diniy ramz nima hisoblanadi? A) kema B) ikki yoqlama – bolta- labris S) sigir D) qilich E) ayollar 7. Kritning siyosiy yetakchiligiga chek qo’yilishiga nima sabab bo’ldi? A) Afinaning kuchayishi B) axeylarning Kritga bostirib kirishi C) yer qimirlash D) Eronning kuchayishi E) to’g’ri javob yo’q 8. Ilk Miken madaniyati nechanchi yillarni o’z ichiga oladi? A) 1700-1550 B) 1550-1400 S) 1400-1200 D) 1400-1000 E) 1550-1200 9. O’rta Miken madaniyati nechanchi asrlarni o’z ichiga olgan? A) 1700-1550 B) 1550-1400 S) 1400-1200 D) 1550-1200 E) 1700-1200 10. Miken madaniyatining so’nggi Miken davri nechanchi yillarni o’z ichiga oladi ? 518 A) er.avv.1550- 1400-yillarni o’z ichiga oladi B) er.avv.1400-1200- yillarni o’z ichiga oladi S)er.avv. 1700-1550- yillarni o’z ichiga oladi. D)er.avv. 1400-1000- yillarni o’z ichiga oladi E)er.avv. 1550-1200- yillarni o’z ichiga oladi 11. “Agamemnon qabri” qaysi madaniyatga tegishli? A) Krit B) Mikena S) Ellada D) Kiklada E) to’g’ri javob yo’q 12. Gomer er. avv. nechanchi asrda yashagan? A) VII asrda B) VIII asrda S) er. avv. VII asrda D) er. avv. IX asrda E) er. avv. III asrda 13. Egey Pompeyasi nomini olgan inshootni aniqlang? A) Agamemnon qabri B) Akrotir shahri S) Mikena shahri D) Mirinotos shahri E)To’g’ri javob yo’q 14. “Antilopalar” tasviri qaysi madaniyatga tegishli? A) Krit-miken madaniyatiga B) Krit madaniyatiga S)Mikena madaniyatiga D)Gomer davri madaniyatiga E)to’g’ri javob yo’q 519 15. Qadimgi krit davri qaysi yillarni o’z ichiga oladi. A) er. avv. 2700-2300- yillar B) er. avv. 1500-1100- yillar S) er. avv. 2300-1500- yillar D) er. avv. 1700-1500- yillar E) er. avv. 1700-1100- yillar 16. Iliada va Odisseya dostonlarini muallifi kim ? A) Gomer B) Gesiod S) Trayan D) Esxil E) Aristotel. 17. Kiklada madaniyati necha davrga bo’linadi ? A) 3 davrda B) 2 davrda S) 7 davrda d) 5 davrda e) 1 davrda 18. Kipr oroliga qachon odamlar kelib o`rnashdi ? A) er. avv. 1000-yillar atrofida B) er. avv. 2000-yillar atrofida S) er. avv. XI asrda D) er. avv. 1500-yillar atrofida E) er. avv. 1200-yillar atrofida. 19. O’rtayerdengizi Osiyo qirg’og’ida qaysi xalq kelib o’rnashdi ? A) filimstinlar B) doriylar S) ioniylar D) leleglar E) yunonlar 20. XIV asrda kichik Osiyoda qaysi davlat ( Mixxat yozuvlariga ko`ra ) mavjud bo’lgan ? A) Axaya davlati 520 B) Osiyo davlati S) Afina davlati D) Yunon davlati E) Eron davlati 21. Tadqiqotchilar qaysi manbalarda Axaya deb atalgan davlatni tadqiqotchilar turlicha faraz qiladilar ? A) Misr manbalarida B) Kikla manbalarida S) Xett manbalarida D) Bobil manbalarida E) Eron manbalarida. 22. Odisseyning xo’jaligida nechta qul ishlagan ? A) 50 ta qul B) 30 ta qul S) 60 ta qul D) 45 ta qul E) 25 ta qul 23. Akrotir shahri qadimgi manbada nima deb atashgan ? A) Egey Pompeyasi B) Troya S) Porta D) Epir E) Evbeya 24. 1876-yilda arxeolog Genrix Shliman qanday ko’rinishdagi qabrlarni qazib ochdi? A) “shaxta” ko’rinishidagi B) gumbaz qabrlar S) qo’rg’on qabrlar D) marmar sog’onalar E) to’g’ri javob yo’q 25. Mashhur “Agamemnon qabri” qanday ko’rinishdagi qabr edi? A) gumbaz qabr B) qo’rg’on qabr S) shaxta qabr D) mavzoley ko’rinishidagi qabr E) to’g’ri javob yo’q 26. Egey havzasida 400 yil davomida mavjud bo’lgan madaniyatni ayting? 521 A) Miken madaniyati B) Krit madaniyati S) Yunon madaniyati D) Bolqon madaniyati E) Pergam madaniyati 27. Mikena madaniyatining kulolchilik mahsulotlari qaysi hududlardan topilgan? A) Rodos, Kiprdan B) kichik Osiyo, Misrdan S) Sitsiliya va janubiy Italiyadan D) A va B E) A, B va S 28. Qaysi madaniyat Krit madaniyati bilan o’xshash bo’lgan? A) Mikena madaniyati B) kichik Osiyo madaniyati S) Sparta madaniyati D) Lidiya madaniyati E) Rim madaniyati 29. XX asrning 60- yiullarida mikena akropolida qanday markaz topilgan? A) diniy marosimlar o’tkaziladigan markaz B) harbiy mashqlar o’tkaziladigan markaz S) hunarmandchilik markazi D) ilmiy markaz E) to’g’ri javob yo’q 30. 1953-yilda Mikena yozuvlarini o’qigan olimlarni ko’rsating. A) Ventris B) Chedvik S) Shliman D) Evans E) A va B 523 Buyuk kolonizatsiya Er. avv. I ming yillikning boshlarida ilk bor finikiyaliklar begona hududlarda o’zlarining yangi manzilgohlari (Koloniya)larini barpo qila boshladilar. Finikiyaliklardan keyin yunonlar ham bu jarayonda faol ishtirok etadilar. Koloniyalar begona hududlarda ularni tashkil etgan finikiyalik va yunon savdogarlari uchun tayanch nuqtalari bo’lib xizmat qilgan. Yunonlarning koloniyalarni barpo qilish faoliyati er. avv. VIII-VI asrlarga to’g’ri keladi. Bu vaqt buyuk yunon kolonizatsiyasi davri deb aytiladi. Koloniyalarni barpo qilishning bir necha sabablari bor edi. Birinchi navbatda Yunonistonning bir necha viloyatlarida aholining haddan tashqari ko’payib ketganligidir. Arxaik davrining boshlanishida aholi sonining keskin o’sishi natijasida, demografik portlash yuz berdi. Ishlab chiqarish kuchlarining zaif rivojlanishi oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni taqchilligiga olib keldi. Yunonistonning o’zida dehqonchilik qilish uchun yaroqli bo’lgan yerlar deyarli yo’q edi. Aholining ortiqcha qismi shu sababli begona hududlarga borib yangi yerlarni o’zlashtirishga majbur bo’ldi. Buyuk yunon kolonizatsiyasining yana bir ijtimoiy sababi bor edi. Kambag’allashgan jamoachi dehqonlar o’zlarining boyib ketgan zodagon qarindoshlariga qarzi uchun qul bo’lishni xoxlamadilar, ular o’zlarini 524 qarzlari uchun garovga qo’yilgan bir parcha yerlarini tashlab ketishga majbur bo’ladilar. Ular uchun yagona yo’l begona joylarga ketish edi. Arxaik Yunonistonningf shaharlari bu vaqtda yirik iqtisodiy markazlarga aylandilar, savdo iqtisodiyotning asosiy sohalaridan biriga aylandi. Bu shaharlarning boy savdogarlari chet mamlakatlarga boradigan yo’llarda o’rnashib qolish uchun savdo koloniyalari barpo qilishga harakat qildilar. Yunon shaharlaridagi tabaqaviy ijtimoiy-siyosiy kurash kolonizatsiya jarayonini yana bir sababi edi. Shaharlarning iqtisodiy taraqqiyoti tabaqalanishni kuchaytirdi. Shahar aholisining turli tabaqalari o’rtasida ijtiomoiy-siyosiy kurash kuchayib ketdi. Yengilgan guruh shaharni tashlab ketishga majbur edi. Shuningdek savdo-hunarmandchilikni rivojlanishi xom ashyoga bo’lgan ehtiyoj va tayyor mahsulotni sotish uchun yangi hududlarni izlab topish zaruriyatini tug’dirdi. Bundan tashqari arxaik davrda Yunonistonning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan viloyatlarida. fuqarolarni qarzi uchun qul qilish qonun bilan taqiqlangan edi. O’sib borayotgan iqtisodiyot uchun arzon ishchi kuchi qullarga bo’lgan talabni qondirish uchun begona hududlardan qullarni olib kelish boshlandi. Yunon kolonistlari ko’p hollarda yangi qul bozorlarining tashkilotchilari bo’ldilar. 525 Buyuk kolonizatsiya deb atalgan jarayon bilan bog’langan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar qadimgi Yunonistonning keyingi taraqqiyotini belgilab berdi. G’arb va Sharqda ko’p sonli yunon kolonniyalarining barpo qilinishi, O’rtayer dengizi savdosidan finikiyaliklarni siqib chiqarilishi, yunon savdosini o’sishi, hunarmandchilikning yuksak taraqqiyotiga olib keldi. Tovar sotish bozorlari, hunarmandchilik mahsulotlari hajmi kengaydi, ishchi kuchiga yana ehtiyoj kuchayib, qullarni soni o’sdi. Ellada iqtisodiyotining barcha sohalarida qul mehnati etakchi o’ringa chiqa boshladi. Zodagon oligarxiya ayrim polislarda boshqaruvni xalq tomonidan hokimiyat tepasiga chiqarilgan, o’z shaxsiy hokimiyatini o’rganishga erishgan kuchli va faol shaxslar bo’lgan tiranlarga topshirishga majbur bo’ldi. Eramizdan avv. VI asrda arxaik davrning tugashi davrida ba’zi bir polislarda demokratik qurilishning ilk asoslari qurildi. Yunonlar begona hududlarda ba’zida mahalliy aholining qarshiligiga duch keldilar, ba’zida do’stona aloqaga kirishdilar. Kiklada, Sporada orollari va Kichik Osiyo qirg’oqlarini qadimdayoq yunonlar o’zlashtirgani sababli er. avv. VIII asrda aholining ko’chishi g’arbga Sitsiliya va Janubiy Italiyaga, shimoli sharqda Qora dengiz qirg’og’iga tomon yo’naldi. Misr va Kirenaika ham o’zlashtirildi. Janubiy Italiya VIII-VI asrlarda kolonizatsiya qilindi. 526 Bu yerdagi kolonistlar o’zalarini kelib chiqishlarini Pelepponnes axeylaridan deb hisoblar edilar. Er. avv. VII-VI asrdagi kolonizatsiya jarayonida barpo qilingan yunon shaharlari bir necha yo’nalishda rivojlandilar. Janubiy Italiyadagi shaharlar qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga, Qora dengiz bo’yidagi Milet koloniyalari savdoga ixtisoslashgan edilar. Janubiy Italiyada Metapont va Sires, Sibaris, Posidoniya kabi yunon shaharlari qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanar edilar. Bu erda ayniqsa spartaliklar asos solgan Tarent shahri koloniyalar orasida yetakchi o’rinni egalladi. Shahar Sparta shevasini va boshqaruv uslubini to’liq saqlab qoldi. Sitsiliya orolida Evbey Xalkidasi yunonlari er. avv. 735 yil atrofida Naksos, Katanu va Leontiano, Zankli (keyingi Messana) hamda Regiyni barpo qiladilar. Shimolda Gaetan qo’ltig’ida Qum shahriga asos solindi. Loklar Italiyaning Zefir burnida Zefir Lokri (hozir Kap Spartivento)ni, Korinf aholisi Sitsiliyaga vaqt o’tishi bilan yunon g’arbini bosh markazi va metropoliya rolini o’ynagan Sirakuzani barpo qildilar. Sirakuza o’z navbatida Akr va Kamirinani barpo qildi. Megara Gibliya Megarasi va Seluninga, rodosliklar Agrigent shahriga asos soldilar. Shunday qilib yunonlar Sitsiliyaning sharqiy va janubiy qismini egalladilar. Orolning g’arbida bu yerga yunonlardan ilgari kelgan finikiyaliklar hukmronlik qiladilar. Vaqt 527 o’tishi bilan orolining g’arbida Finikiya yerlari qisqarib faqat Finikiyaning uch nuqtasi Solunt, Panorm (hozirgi Palerma) va Motiya qoldi. Er. av. VI-asrda yunonlarning Italiya va Sitsiliya koloniyalari gullab-yashnadi va Bolqon Yunonistonidan ko’ra boy hududga aylanib Buyuk Yunoniston nomini oldi. Bu koloniyalarning gullab- yashnashining asosi qishloq xo’jaligi, savdo- hunarmandchilik edi. Sitsiliya va Italiyadan g’alla Yunoniston va Kichik Osiyoga chiqarildi. Er. avv. VII-asrda Liguriya qirg’og’idagi Rodan daryosi havzasida fokiyaliklar Massiliya (hozirgi Marsel’), janubiy Italiyada Eleya shaharlariga asos soldilar. Sharqda Xalkidika yarim oroli Evbeyadagi Xalkida aholisi tomonidan, Epir qirg’og’idagi (hozirgi Korfu) Kerkira oroli korinfliklar tomonidan bosib olindi. Korinfliklar Ambrakiy qo’ltig’da Ambrakiya va Anaktorn; Illiriya qirg’og’ida Appoloniya va Epidamn koloniyalariga asos soldilar. Qora dengiz qirg’oqlarida Kichik Osiyodagi yunonlarning eng kuchli savdo markazi Miletning fuqarolari o’nlab koloniyalarni barpo qildilar. Abidos, Sinop, Koteo, Kerasun va Trapezunt, Qora dengiz shimoli, shimoliy-g’arbiy qirg’oqlarida Ol’viya, Appoloniya, Odessa, Toma, Tira, Feodosiya, Bosforda Kalxidon (megaralilar asos solgan) Qora dengizning Yevropa qirg’og’ida Vizantiy, Gerakleya koloniyalari qad ko’tardi. 528 Er. avv. VII-asrda Misrda ham yunonlarning tayanch nuqtalari vujudga keldi, bu yerda Navkratis koloniyasi barpo qilindi. Shimoliy Afrikada Liviya qirg’og’ida shoir Kallimax va olim Erastofenning vatani Kirenaga asos solindi. Yunonlarning g’arbga siljishini Karfagen, janubi sharqda esa Misr to’xtatdi. Tiraniya Yunonistonda er. avv. VIII-VI asrlarda xo’jalik hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar siyosiy hayotga o’z ta’sirini ko’rsatdi, Milet, Efes, Korinf, Sikion, Megara, Afina shaharlari, Sa mos, Lesbos va Sitsiliya orollarida iqtisodiy o’sish kuchli edi. Aynan shu joylarda kuchli, siyosiy faol shaxslar hokimiyatni bosib oldilar. Hokimiyatni noqonuniy, zo’ravonlik bilan egallab boshqarish shakli “Tiraniya” paydo bo’ldi. Tiraniya er.avv. VII asrda ayrim yunon shaharlarida keng tarqaldi. Zodagonlar ichidan chiqqan tiranlar urug’ zodagonlari va xalq hokimiyatini keskin rad qildilar. Hokimiyatni bosib olgan tiranlar o’zlarini raqiblari bo’lgan oqsuyak urug’ zodagonlariga qarshi shafqatsiz kurashdilar, chunki bu vaqtda urug’ zodagonlari jamoa-polisning eng uyushgan hamda boy va ta’sirli qismi edilar. Shu sababli tiranlar o’zlarining shaxsiy hokimiyatlari uchun eng xavfli deb, zodagonlar hokimiyatini hisoblar edilar. Tiranlar o’z hokimiyatalrini kuch bilan ushlab turgan holda urug’ aslzodalarning siyosiy- 529 iqtisodiy hukmronligini zaiflashtirdilar. Tiranlar aslzodalarning kuch-qudratini zaiflashtirib, demosni kuychaytirdilar va o’zlari istamagan holda hokimiyatlarini halokati uchun qulay shart-sharoit yaratdilar. Omma ichida mustahkam tayanchga ega bo’lish uchun tiranlar kambag’al qatlamlarni tirikchilik o’tkazishi uchun shart-sharoitlar yaratdilar. Ular aholini ish bilan band qilish maqsadida yo’llar, kanallar, binolar qurilishi kabi jamoat ishlarini uyushtirdilar. Savdo – hunarmandchilik va qishloq xo’jalik sohalarini bevosita qo’llab – quvvatladilar. Tiranlar madaniyat-ma’rifat, qadimiy urf-odat, an’ana va diniy e’tiqodlarni rag’batlantirdilar. Ularni hukmronligi davrida yunon polislari o’zlarini buyuk kelajaklari poydevorini qo’ydilar. (Afina-Pisistrat davrida, Sirakuza-Gelon davrida). Korinf va Samos shaharlarini gullab-yashnashlariga tiranlar sababchi bo’ldilar. Tiranlar boshqaruvga o’z qarindosh – urug’larini tortdilar, ular boshqaruvda yollanma qo’shinlardan foydalandilar. Yunon shaharlarida demos ma’lum darajada kuchga to’lganidan so’ng o’zlari yoqtirmagan tiranlarni hokimiyatidan yengil qutildilar. Tiraniya urug’ zodagonlari bilan kurashda yetakchi rol o’ynab, er. avv. V asr boshlarida deyarli hamma joyda polis tuzumini o’rnatilishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berdilar va hokimiyatni topshirib, siyosiy sahnadan chiqib ketdilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling