O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsiya etiladigan adabiyotlar
- Mustaqil ish mavzulari
- Er. avv. VII-VI asrlarda Attikada quldorlik demokratiyasining shakllanishi Arxaik davr boshlanishida Attika
Tayanch iboralar Apella, buli, eklessiya, Sparta, axey, Artemida ibodatxonasi, tenglar jamiyati, ilotlar, periek, podsholar, efor, lox, Kifera, Xarond, krematsiya, fiditiya, kriptiya, xiton, gerusiya, ikki podsho, Arkadia, simmaxiya, mayda chaqa-tanga, Likurg, ashad, evrionit, agela, geront, aristokratiya. Tavsiya etiladigan adabiyotlar Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йук. Тошкент 1998. Бойназаров Ф. А. Кадимги дунё тарихи. Тошкент 2004. История древного мира/Под ред. И. М. Дьяконова, В. Д. Нероновой, И. С. Свeнцицкой. М., 1983, т. II, лекция 4. Kолобова К. М. Древняя Спарта X-VI вв. до н. э. Л., 1957. Лурье С. Я. О фашистской идеализации полицейского режима древней Спарты.-Вестник древней истории, 1939, № 1. Asosiy sanalar Er.avv. XII asr axaya qabilalari tomonidan Peloponnes yarim orolining bosib olinishi. Er.avv. VIII asr Sparta davlati janubiy Lakoniya viloyatlarini, Kifera va 554 Messeniyani bosib oldi. Er.avv. VI-V asr Sparta davlatining kuchaygan davri. Mustaqil ish mavzulari Sparta tenglar jamiyati tushunchasi Sparta tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlari Sparta ijtimoiy-iqtisodiy hayoti muammolari Sparta va yunon dunyasi Reyting savollari 1. Sparta davlati Yunonistonning qaysi qismida joylashgan? A) shimoliy Yunonistonda B) markaziy Yunonistonda S) Attikada D) janubiy Yunonistonda E) Egey dengizi arxipelagida 2. Sparta qachon Messeniyani bosib oldi? A) er. avv. VIII asrda B) er. avv. XII asrda S) er. avv. XIII asrda D) er. avv. V asrda E) er. avv. III asrda 3. Spartaliklarning birgalikda o’tkaziladigan ovqatlanish marosimi nima deb atalgan? A) fiditiya B) gerusiya S) kriptiya D) orgiya E) apella 4. Ilotlar kimlar edi? A)Spartaning teng huquqli a’zolari 555 B)Sparta janubida yashovchi qabilalar S)Spartaliklarning ixtiyoriga berilgan qullar D)Messeniyaning qulga aylantirilgan aholisi 5. Spartaliklar va ilotlar oralig’idagi tabaqani ko’rsating? A)doriylar B)axeyyaliklar S)perieklar D)meteklar E)to’g’ri javob yo’q 6. Kriptiya nima? A) Spartada qonun chiqaruvchi organ B) podsho yordamchilari S) perieklar tomonidan Sparta davlatiga to’lanadigan soliq turi D) spartaliklar tomonidan ilotlarni o’ldirish marosimi E) Sparta jamiyati qonunlaridan biri 7. Spartada o’g’il bolalar necha yoshgacha ota – onalari qo’lida tarbiya olganlar? A) 3 yoshgacha B) 8 yoshgacha S) 7 yoshgacha D) 20 yoshgacha E) 4 yoshgacha 8. Spartada ilotlar soni qancha bo’lgan?(Er.avv.VI- V asr) A)20000 B)200000 S)305000 D)30000 E)300000 9. Sparta davlatini poytaxtini ko’rsating? A) Megara B) Messeniya S) Sparta 556 D) Afina E) Pilos 10. Nima uchun arxaik davrida o’lik og’ziga tanga qo’yilgan? A)mayitlarni tashuvchi Xarondga to’lov sifatida B)u dunyodan yer sotib olishi uchun S)Aid huzuriga kirishda qorovulga berish uchun D) gunohlardan qutilish uchun E)to’g’ri javob yo’q 11. Arxaik davrda kuyov kelinni qachon uyiga olib ketishga haqli bo’lgan? A) ertalab B) tushda S) quyosh botishi bilan D) ikki kundan so’ng E) kuyov kelin uyida qolishi shart bo’lgan 12. Arxaik davrida sharqdan nimalar o’zlashtirilgan? A) xiton va tilla to’g’nog’ich B) qilichlar yasash S) kulolchilik D) rassomlik E) mayitni ko’mish va yoqish 13. Arxaik davrida yunon uylari qanday shaklda qurilgan? A) oddiy, bir qavatli B) rejali, uch qavatli S) mustahkamlangan, ko’p qavatli D) labirint shaklida E) to’g’ri javob yo’q 14. Arxaik davrida erkaklarni asosiy kiyimi nima bo’lgan? A)qisqa xiton B)kalta nimcha S)oval plash (yoping’ich) D)eksamida 557 E)yengil kalta jun ko’ylak 15. Arxaik davridan oldin oila – nikoh qanday amalga oshirilgan? A)kuyov kelinni sotib olgan B)kelin kuyovni sotib olgan S)zo’rlik bilan D)sep berish orqali E)ota roziligi bilan 16. Kelinga sep berish qachon odat tusiga kirgan? A)Gomer davrida B)arxaik davrda S)klassik davrda D)ellin davrida E)ibtidoiy jamoa davrida 17. Go’yandalar qachon paydo bo’ldi? A)arxaik davrida B)so’nggi tosh davrida S)Gomer davrida D)klassik davrda E)to’g’ri javob berilmagan 18. Sparta davlatida ijro etuvchi hokimiyatni qaysi organ amalga oshirgan? A)eforlar B)podsholar kengashi S)gerusiya D)buli E)eklessiya 19. Sparta davlatida urush e’lon qilishni qaysi davlat organi amalgam oshirgan? A)podsholar B)xalq yig’ini S)gerusiya D)appela E) B va D 20. Sparta davlatining afsonaviy qonunshunosi kim bo’lgan? A)Demosfen 558 B)Solon S)Klisfen D)Likurg E)Tesey 21. Sparta davlatida har qanday mansabdor shaxsni ishdan chetlashtirishini kimlar amalga oshirgan? A)podsholar B)eforlar S)xalq yig’ini D) gerusiya a’zolari E) tenglar jamoasi 22. Fuqarolik ishi bo’yicha sud ishlarini kimlar ko’rgan? A)harbiylar B)eforlar S)podsholar D)xalq yig’ini oliy organi E)gerusiya tarkibidagi keksalar 23. Sparta davlatida podsho hokimiyati qaysi davlat organi tomonidan cheklangan? A)Gerusiya tomonidan B)xalq yig’ini tomonidan S)harbiylar hay’ati tomonidan D)sudlar tomonidan E)senat tomonidan 24. Eforlarni kim tayinlagan? A)podsholar B)gerusiya S)xalq yig’ini D)senat E)ular tayinlanmagan balki saylangan 25. Sparta qo’shini necha qismdan iborat bo’lgan va nima deyilgan? A)12 ta qismga bo’linib, qo’shin deyilgan 559 B)10 ta qismga bo’linib, legion deyilgan S)15 ta qismga bo’linib strategiya deyilgan D)13 ta qismga bo’linib avtokratiya deyilgan E)to’g’ri javob yo’q 26. Sparta davlatida davlat xavfsizligini ta’minlash vakolati kimlarga berilgan edi? A)apella a’zolariga B)gerusiya a’zolariga S)300 suvoriylar qismiga D)podsholarga E)eforlarga 560 Er. avv. VII-VI asrlarda Attikada quldorlik demokratiyasining shakllanishi Arxaik davr boshlanishida Attika O’rta Yunonistonning janubiy-sharqiy viloyatlaridan biri markazi Afina bo’lgan Attika misolida yunon polisini shakllanishini atroflicha ko’rish mumkin. Barcha tomonlari dengiz bilan o’ralgan, tog’lar bilan o’ralgan Attika dehqonchilik uchun noqulay edi. Kumush konlari, marmarning mo’l-ko’lligi, savdo-hunarmandchilikni ilk taraqqiyotiga yordam berdi. Qulay dengiz gavanlari dengizchilikni rivojlanishiga sabab bo’ldi. Dastlab Attika aholisi kichik qishloqlarda yashagan edi, keyinbchalkik esa ular qoyatosh bag’rida joylashgan Afina akropoli markaz bo’lgan bir shahar atrofida birlashdilar. Attikaning qadimgi aholisi Ioniylar, pelastlarga doriylarning ko’chishi ta’sir qilmadi. Bu yerda yunon 561 tilining ioniy shevasida so’zlashadigan qabilalar guruhi to’rt urug’ yoki qabila (fil)ga bo’lingan edi. Har bir fil bir necha o’nlab urug’lardan iborat bo’lgan uch firatriyaga bo’lingan edi. Gomer davrida Attika aholisini basileylar boshqardilar. Basileylar oliy hukmdor, sudya, kohin, harbiy boshliq edilar. Boshqa yunon polislariga bo’lganidek basileylar huzurida Afinada areopag deb ataladigan oqsoqollar kengashi bor edi. Afsonalarga ko’ra Afina aholisini birlashtirgan afsonaviy Tersziy aholini uch guruhga bo’ladi: Yer egalari-yevpatridlar, dehqonlar-geomorlar, hunarmandlar-demiurglar. Er. avv. VIII asr davomida xo’jalik va xususiy mulkchilikni rivojlanishi natijasida yevpatridlar basileylarning huquqini asta-sekin cheklay boshladilar. Ular o’zlarining ichidan arxontlar (oqsoqollar)ni saylay boshlaydilar, basileylarning boshqaruv vakolatlari harbiy arxont(boshliq, sudya)ga o’ta boshladi. Natijada basileylarga faqat kohinlik vazifasi qoldi va u saylana boshlandi. Shunday qilib Afinada hokimiyatni yevpatridlar orasidan har yili saylanadigan 9 arxont boshqara boshladi. Ularning o’rtasida ijroiya, harbiy va sud hokimiyati taqsimlangan edi. Yil davomida arxont vazifasini bajargan yevpatridlar o’z o’rinlarini yangi saylanganlarga bo’shatib berib, o’zlari areopagning umrbod a’zolari 562 bo’lib qolar edilar. Areopag er. avv. VIII-VII asrlarda eng obro’li hokimiyat organi edi. Yevpatridlar kolonizatsiya va dengiz savdosiga faol qatnashdilar. Tovar ishlab chiqarish, savdo hunarmandchilik tez rivojlandi. Attikada dehqonlarni qarzga botish jarayoni kuchayib ketdi va natijada qarzi uchun qul qilish odatdagi holga aylanib qoldi. Er. avv. VII asrning ikkinchi yarmida Attikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashib ketdi. Er. avv. VII asrning 30-yillarida zodagon Kilon tomonidan hokimiyatni bosib olishga urunib ko’rdi. Arxont Drakon tomonidan 622-yilda og’zaki qonunchilikni yozma to’plamga keltirilishi urug’ zodagonlarini hokimiyatini bo’shashtirdi. Drakon qonunlari bilan urug’chilikning qoldig’i bo’lgan o’ch olish taqiqlandi, jazolash funksiyasi aeropagga berildi. Drakon qonunlari shafqatsiz edi, mehnat qilmagan fuqarolar jazolanar edi. O’g’rilik jinoyati uchun o’lim jazosi belgilanadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling