O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Solon islohotlari 
Afinada yevpatridlar bilan aholining kambag’al 
qismi bo’lgan oddiy demos o’rtasida ijtimoiyt 
ziddiyatlar kuchaydi. Drakon qonunlari Attika 
aholisini eng katta muammolaridan biri qarz 
masalasini hal qilmadi. Er. avv. 594-yilda arxont 
vazifasiga saylangan kambag’allashgan yevpatrid, 
shoir Solon islohotlar o’tkardi. Solon islohotlari


563 
Afinadagi vaziyatni tubdan o’zgartirdi. Qarzi uchun 
dehqonlarni qul qilish bekor qilindi, ilgari qarzi
uchun qul qilinganlar ozod qilindi hamda chetga qul 
qilib sotib yuborilganlar jamoa hisobidan pul to’lanib 
Afinaga qaytarildi. 
Xo’jalik faoliyatini rag’batlantiradigan qator 
islohotlar o’tkazildi. Pul islohoti uzunlik va og’irlik 
o’lchov birliklarini takomillashtirish savdo, 
hunarmandchilikni rag’batlantirdi, natijada Attikadan 
chetga tovar sotish kuchaydi. Solon Attikadan g’lla 
chiqarishni taqiiqladi, bu zaytun moyi va vinoni 
eksport qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi. Bu 
chora tadbirlar Afina bozorida chayqovchilikni 
tugatib, dehqonchilikni rag’batlantirdi. 
Vasiyatlar erkinligi to’g’risidagi qonun urug’chilik 
aloqalarini zaiflashtirdi, alohida oilalarni iqtisodiy 
kuchayishiga shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish 
me’yori belgilandi. 
Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga 
oshirildi. Solon Attikani barcha erkin aholisini 
daromad hajmiga qarab to’rt toifaga bo’ldi. 
Fuqarolarning huquq va majburiyatlari shunday 
taqsimlandiki boy fuqarolar avvalgidek to’la 
hokimiyatga ega bo’ldilar, shu bilan birga fuqarolik 
jamoasida ularga katta majburiyatlar yuklandi. Yangi 
yuqori tabaqaga mansub bo’lish yer uchastkasidan 
yillik olinadigan daromadga bog’liq bo’ldi. Bu yer 
egasini yerga yaxshi ishlab ko’p hosil olish 


564 
imkoniyatini qidirishga majbur qilar edi. Endilikda u 
yoki bu oqsuyak uruqqa mansublik, emas balki aynan 
daromad, miqdori yerga mehnat qilish fuqaroni 
jamiyatdagi obro’ini o’lchov mezoni bo’ldi. 
Eramizdan avvalgi VII asr oxiri VI asr boshlarida
Afina demosi shoir, savdogar Solonni arxont qilib 
sayladi va unga islohot o’tkazish uchun cheklanmagan 
vakolatlar berdi. Solon eng avvalo “seysaxteyya” 
(qarzlarni olib tashlash) Afina aholisini qarzlaridan 
voz kechishni amalga oshirdi. Qarzi uchun qul qilish 
abadiy taqiqlandi. Katta er egaligi cheklandi, er 
uchastkasini belgilangan miqdordan ortiqcha olish 
man qilindi. 
Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga etgan erkin 
Afina fuqarolaridan sud maslahatchilari gemey joriy 
qilindi. Gemey fuqarolar ishi bo’yicha oliy 
appelyatsiya huquqiga ega bo’ldi. Faqat u jinoiy ishlar 
bo’yicha hukm chiqara olar edi. Odam o’ldirish 
bo’yicha sud ishi sobiq arxontlar kengashi areopag 
qo’lida qoldi. 
Siyosiy huquq mulkiy tsenz asosida taqsimlandi. 
Afina jamiyati to’rt toifaga ajratildi. Birinchi toifaga 
pentakosiomedimnlar bir yilda besh yuz medimn 
g’alla yoki besh yuz metret (bir metret-39 litr) zaytun 
yog’i oladigan fuqarolar kirdi. Ikkinchi toifaga 
suvoriylar – gippeylar, uchinchi toifaga ikkita eshak 
aravaga ega bo’lgan og’ir qurolli piyodalar – 
zevgitlar, to’rtinchisiga hunarmand – fetlar kirdi. 


565 
Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini 
egallashi mumkin edi. Oliy arxont mansabiga faqat 
pentakosiomednlar da’vo qilishilari mumkin edi. 
Fetlar polisni bevosita boshqaruvdan chetlashtirildilar.
Xalq yig’ini – eklessiyada oddiy fuqarolar 
davlatning umumiy siyosatini belgilashda, mansabdor 
shaxslarni saylashga ta’sir ko’rsatish, gelieini – 
maslahatchilar sudiga ishtirok etib mansabdor 
shaxslarni suiste’molini yo’q qilishlari mumkin edi.
Solon islohotlari bo’lg’usi Afina 
demokratiyasining kurtagi edi. Arxont, are opagning 
roli o’zgarmadi, Polisning urug’, fillarga bo’linishi 
saqlanib qoldi. Islohotlar fillarda urug’ huquqini 
yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina fuqarosi o’z 
mulkini erkin vasiyat qilish huquqini oldi. Otasi hunar 
o’rgatmagan o’g’il keksaygan otasiga g’amxo’rlik 
qilish majburiyatidan ozod qilindi. Er. avv. VI asr 
boshlaridagi isloxotlar barcha ijtimoiy muammolarni 
echa olmadi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar 
Afinada Pisistrat tiraniyasini o’rnatilishiga olib keldi.
Pisistrat va uning o’g’illari tiraniyasidan so’ng 
Afinada turli ijtimoiy qatlamlar o’rtasida kurash 
kuchayib ketdi. 
Klisfen boshchiligida savdo hunarmandchilik 
tabaqalari urug’ zodagonlari hokimiyatini yo’qotishga 
urindilar. Klisfen ma’muriy – hududiy isloxot 
o’tkazdi. Har bir fil o’z ichiga olgan jami o’n fil bo’lib 
har bir dem oily ma’muriy organ 500 lar kengashiga 


566 
birdan 25 kishigacha a’zo saylagan. Yana bir siyosiy 
yangilik tiraniyani o’rnatilishiga qarshi qo’yilgan 
ostrakizm tamoyili bo’ldi. Ostrakizmga ko’ra Afina 
davlat tuzumiga qarshi jiddiy xavf tug’dirgan shaxs, 
siyosiy arbob ovoz berish yo’li bilan Afinadan 
quvg’in qilingan. Bu tamoyil siyosiy hayotda 
eramizdan avvalgi 487 yildan 417 yilgacha qo’llanib 
shu davrda tiraniyaning uch tarafdori Afinadan 
xaydab yuborilgan. 
Eramizdan avvalgi VI-asrda Afinada demosning 
zodagonlarga qarshi uzoq kurashi natijasida 
demokratik tartib qoidalar g’alaba qildi.Natijada
Afina ko’ngilli qo’shinlari tarkibi ham o’zgardi. 
Uning asosiy qismini og’ir qurollangan jangchi 
goplitlar tashkil etdi, ular ko’p sonli uchinchi qism 
zevgitlardan to’ldirilgan. Fetlar yengil qurollangan 
jangchilarni va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar. 
Afina siyosiy ustqurmasida zodagonlar taynchi 
areopagga qarshi turgan to’rt yuzlar kengashi(Bule) 
tashkil etildi.Kengash a’zolari to’rt fildan yuztadan 
fuqaro saylanadigan muntazam faoliyat ko’rsatadigan 
organ bo’ldi, to’rt yuzlar kengashi xalq yig’inida 
ko’riladigan va tasdiqlanadigan masalalarni tayyorlar 
edi. Xalq yig’ini (ekklesiya) to’la qonli barcha 
vakolatlarga ega bo’lgan boshqaruv organi bo’lib 
fuqarolarni barcha qatlamlari ovoz berish va uni 
ishiga qatnashish huquqiga ega bo’ldilar. Xalq yig’i 


567 
muntazam yig’iladigan bo’ldi (Er. avv. V asrda yilida 
40 marta yoki 9 kunda 1 marta). 
Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi 
organi maslahatchilar sudi (gelieya) joriy qilindi. 
Sudyalar barcha fuqarolardan saylangan. Solon 
islohotlari polis boshqaruvini demokratik shakllari 
asosini yaratdi, lekin izchil bo’lmaganligi sababli 
zodagonlar hokimiyatini to’la tugata olmadi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling