O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Davlat tuzumi 
Sparta davlati aristokratik xarakterga ega edi. 
Butun hokimiyat periek va ilotlar ustidan 
hukmronligini o’rnatgan tor doiradagi spartaliklar 
qo’lida edi. Davlat tepasida ashad va yevrionit 
urug’larida mansub bo’lgan ikki podsho turar edi. 
Ular asosan harbiy boshliqlar bo’lib tinchlik vaqtida 
ba’zi kohinlik vazifalarini, qisman sud 
majburiyatlarini amalga oshirganlar, ikki podsho ham 
oqsoqollar kengashi gerusiya tarkibiga umrbod 
kirganlar. Podsholar hokimiyati xalq yig’inining keng 
vakolatlari bilan cheklab qo’yilgan edi. Podsholardan 
biri urush vaqtida qo’shinga boshchilik qilgan, ammo 
ular raxbarlikda eforlarning fikrlarini hisobga olishga 
majbur bo’lganlar. Xalq yig’ini eng muhim masalalar 
yuzasidan qaror chiqarish huquqiga ega edi. Faqatgina 
xalq yig`inigina urush e’lon qilish huquqiga ega edi. 
Fuqarolik ishi bo’yicha sud ishlarini mansabdor 
shaxslar-eforlar amalga oshirganlar. Ular 


549 
spartaliklarning butun hayoti davomida qonunlarni 
bajarishini ham nazorat qilganlar.
Eforlar davlatda ijroiya hokimiyatni ham amalga 
oshiganlar. Taxminlarga ko’ra eforlar ilk davrda 
podsholar tomonidan tayinlanganlar, er. avv. XI 
asrdan boshlab esa xalq yig’ini tomonidan 
tayinlanganlar. Besh efor podsholar va gerusiya 
faoliyatini nazorat qiladigan oily organ sifatida paydo 
bo’ldi va tezda Sparta oligarxiyasi hokimiyatining 
qo’shimcha oliy organiga aylandi. Besh Sparta 
qishlog’ining har biridan 1 tadan efor bir yil muddatga 
saylangan. Ular oliy nazorat hokimiyatiga ega edilar. 
Hamda har qanday spartaliklarni, hatto geront va 
podsholarni ham javobgarlikka tortish huquqiga ega 
edilar. Bundan tashqari Sparta turmush tarzi qoidalari 
va Sparta qonunlarini bajarilishini kuzatganlar. Eforlar 
spartaning ichki va tashqi siyosatini boshqardilar 
hamda ilotlarga qarshi jazo-qo’rqitish tadbirlarini 
amalga oshirishga rahbarlik qildilar. 
Podsholar 60 yoshdan yuqori bo’lgan aslzoda-
yigirma sakkiz keksadan tuzilgan kengash (gerusiya) 
majlisiga boshchilik qilganlar. Gerusiyada xalq 
yig’iniga ko’riladigan qaror loyihalarini 
tayyorlaganlar, hamda jinoiy ishlar bo’yicha sud 
ishlarini amalga oshirganlar. Eforlar xalq yig’ini-
appelaga boshchilik qilganlar. Ular har qanday 
mansabdor shaxsni ishdan chetlatish, zaruriyat 
bo’lganda chet elliklarni mamlakatdan chiqarib 


550 
yuborish huquqiga ega edilar. Davlat moliyasi, tashqi 
ishlar ularning qo’lida edi. Podsholar ba’zi umrbod 
imtiyozlarga (xarbiy o’ljalar 1/3 ga egalik qilish, 
tantanali dafn qilish va h.k.) ega bo’lsalarda 
eforlarning kuchi hokimiyati ularni podsholar bilan bir 
qatorda kuyar edi, bu tashqi tomondan quyidagi 
odatda ifodalangan edi. Boshqa spartaliklardan farq 
qilgan holda, eforlar podsholar ko’ringanda o’z 
o’rinlaridan turmaslik huquqiga ega edilar. 
Xalq yig’ini appelada 30 yoshga etgan barcha 
spartaliklar ishtirok etar edilar. Masalalar qizg’in 
muhokama qilinadigan oddiy fuqoro faol so’zga 
chiqadigan Afina eklessiyasidan Sparta appelasi 
keskin farq qilar edi. Appelada oddiy spartaliklarning 
ovozi faqat favqulodda holatlarda eshitilar, barcha 
qarorlar eforlar va gerusiya a’zolari tomonidan taklif 
etilar edi. Appela muhokama qilmas, bahslashmas 
faqat ovoz berar edi. Spartaliklarning davlat qurilishi 
ana shunday edi. Bu davlat qurilishi qonunshunos 
Likurg tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasi 
edi. Sparta davlatining konservativ holati uni 
zaiflashtirar edi. Sparta to er. avv. IV asrning ikkinchi 
yarmigacha shu xolatda yashadi.
Er. avv. IV asrning II yarmidan boshlab butun 
yunon dunyosini cho’lg’ab olgan ijtimoiy va madaniy 
o’zgarishlar Spartaga ham ta’sir qila boshladi. 
Spartaning maqtalgan tenglar jamiyati buzildi. 
Spartalik erkaklarning barchasi uchun harbiy xizmat 


551 
majburiy edi. Spartaliklar 7 yoshdan 18-20 yoshgacha 
harbiy ta’limni o’rganib 20 yoshdan 60 yoshgacha 
harbiy xizmatda bo’lganlar. Jangda qo’shinning 
oldingi qismida ilotlar, perieklar borgan, ulardan 
keyin yosh spartaliklar, oxirida 60 yoshgacha bo’lgan 
keksalar jangga kirishgan. Sparta qo’shini er. avv. VI-
V asrlarda yunonistondagi eng yaxshi tashkil etilgan 
intizomli va kuchli qo’shin edi. Qo’shinlar 12 ta 
harbiy qismga (loxga) bo’lingan. Lox tepasida loxak 
turgan. Qo’shinga qo’mondonlikni podsholar amalga 
oshirganlar. Ularga harbiy ishlarda harbiy 
maslahatchilar yordam berganlar. Qo’shin tarkibida 
300 ta suvoriy askar bor edi, suvoriylar urush vaqtida 
podsholarni qo’riqlaydigan tinchlik vaqtlarda esa 
mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan o’ziga xos 
otliq gvardiyani tashkil etganlar. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling