O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Sais davri madaniyati 
Misrliklar bir qancha qo’shni xalqlar bilan aloqa 
qilib, madaniy jihatdan ularga ancha ta'sir 
ko’rsatganlar va o’z navbatida ulardan ham ko’p 
narsalarni o’rganganlar. Shunday qilib, Misr bilan 
Egey dunyosi Old Osiyo va Nubiya o`rtasida o’zaro 
madaniy aloqa va ta'sir tobora kuchayib borgan. 
Misrning siyosiy ta'siri kamayib, Misr o’zining chet 
ellardagi yerlaridan mahrum bo’ldi. Misr boshqa 
mamlakatning ta'siriga uchrab, istilo qilingan so’nggi 
davrda ham uning qo’shnilar bilan madaniy aloqalari 
saqlanib qolgan. 
Liviyalik osuriyalik va efiopiyalik istilochilar 
Misrning yuksak qadimgi madaniyatini bir qadar 
ta'siriga tushmasligi mumkin emas edi. Madaniy 
jihatdan qoloq bo’lgan luviyaliklar va efiopiyaliklar 
Misrni istilo qilganlaridan so’ng,bir vaqtlar giksoslar 
singari Misr madaniyati ta'siriga tushib qolganlar. 
Misrni istilo qilib, u yerda o’z sulolalarini barpo 
etgan liviyaliklar va efiopiyalik podsholar Misr 
fir'avnlari unvonlarini qabul qilganlar. Misr 
xudolariga sig`inganlar, o’z yozuvlarini 
misrliklarnikiday yozganlar. Ular o’zlaridan oldin 
o`tgan Misr fir'avnlarining rasm-rusmlariga taqlid 


121 
qilganlar.Chunonchi,Taxarka o’zini «Gorgon-ikki 
tojning egasiman»,deydi,Nubiya ilgari vaqtda xam 
Misrning madaniy ta'siri ostida edi. Efiopiyaliklar 
Misrni bosib olgan vaqtda esa,bu ta'sir yanada 
kuchaydi. Misr ibodatxonalarining Nubiya 
hududlarida saqlanib qolgan ko’pgina xarobalari Misr 
madaniyati Nubiyaga naqadar kuchli ta'sir 
qilganligidan dalolat beradi.So’nggi Meroit alifbosi 
ham Misrning «demotik» yozuvi asosida vujudga 
kelgan. 
Misr madaniyati Old Osiyo o’lkalariga asosan, 
Falastin, Finikiya va Suriyaga hattoki, Kipr oroligacha 
yetgan. Finikiya va Falastin hududlaridan misrliklar 
san'atidan dalolat beradigan ko’pgina madaniy 
yodgorliklar topilgan. Finikiyaga Misr xudolarining 
xususan, Tot, Ptax, Xatxor, Gor va asosan, Osiris 
xudolarining ta'siri kuchli bo’lgan. Aytishlaricha
xudo Osirisning jasadi solingan tobutni yoki uning 
boshini dengiz to`lqinlari, Bobil shahri devoriga olib 
kelib qo’ygan emish. Qadimgi yahudiylarning 
«Tavrot»ida to’plangan dunyoviy va diniy
manbalarda qadimgi Misrning ta'siri g`oyat kuchlidir. 
Aton sha'niga aytilgan bir madhiya Dovud surasidagi 
oyatlardan biriga o`xshaydi. Misrliklarning lirikasi 
tavrotdagi «Qo’shiqlar qo’shig`i» ga yaqin keladi. 
Misrliklarning «Nasihatnomalari va Karomatlari» 
Tavrot adabiyotidagi unga o’xshash asarlarda aks 
etgan. 


122 
Misrning qadimgi madaniyati yunon
qabilalarining endigina yuzaga kelayotgan yosh 
madaniyatiga juda kuchli ta'sir ko’rsatgan. Yunonlar 
Misr kohinlarining qadimgi donishmandligiga, 
Misrdagi dabdabali ibodatxonalari tilsimlariga va zeb-
ziynatlariga maftun edilar. 
Yunon dostonlaridan biri «Iliada»da Misrning 
Fiva shahrining 100 ta eshigi bo’lib, har bir eshikdan 
ot mingan va jang aravasi haydagan 20 ta botir 
yonma-yon bir qator tizilib, bemalol chiqib ketishi 
mumkinligi aytiladi.Yunon xudosi Apollonning 
oldingi haykallari gavdasining old tomoni va shu 
davrdagi boshqa haykallarga xos kulib turish jihatdan 
Misr haykallariga xususan, Sais davri haykallariga 
juda mosdir. Yunonlarning Misrga kelishiga keng yo`l 
ochgan Sais fir'avnlari yunon madaniyatiga ham Misr 
darvozalarini ochib berganlar. 
Yunon rassomlari, hunarmandlari o’zlari ishlagan 
buyumlari, san'at asarlari bilan Misrni to’ldirib 
yuborganlar. Hunarmandchilik ayniqsa,Navkratisda 
avj olgan. San'atdagi badiiy realizm er.avv.VI asrda 
o’zining yuqori cho`qqisiga yetgan.Misrning shu 
zamonga xos o`ymakor rasmlarida rassom odam 
gavdasini yon tomonini tasvirlab,yuza qismiga 
odamlar va buyumlarni erkin joylashtirgan. Bu davrda 
Misrda portret haykaltaroshligi badiiy jihatdan yuksak 
rivojlangan.Imxotep haykalining bosh qismi va kohin 
haykalining yashil shiferdan yasalgan bosh qismi 


123 
portret haykaltaroshligining eng nodir namunalaridan 
hisoblanadi. 
Shu davrda Misrda boshqa diniy e'tiqodlarning 
kirib kelishi ham keng quloch yoygan. 
Masalan,Misrga Xanaandan otashkada qurbonlik-
kuydirish odati kirib kelgan. Finikiyalik va yahudiy 
kolonistlar Misrda o’z xudolariga atab ibodatxonalar 
qurganlar. Bularning hammasi ba'zi bir jihatdan 
misrliklarning diniy e'tiqodlarini o’zgaririshiga olib 
kelgan. Misrda liviyaliklar hukmronlik qilgan davrdan 
boshlab, liviyaliklarning qadimgi ma'budasi Neyt qulti 
kuchayib, liviyalik podsholar va ularning vorislari 
Saisda o’rnashib qolgan XXVI sulola fir'avnlari bu 
ma'budani izzatlaganlar. Sokolli, pakana xudo Besga 
sig’inish Misrda so’nggi vaqtlarda keng yoyilib, to 
xristianlik davrigacha saqlangan. 
Misr bilan qo’shni davlatlar o’rtasida o’zaro 
madaniy aloqalar chuqurlashib borayotgan davrda 
Misr davlati asta-sekin holdan ketib kuchsizlanib 
borgan.Bu holat Misrga chet elliklarni kirib kelishi, 
ularni ta'sirining kuchli to’lqini ichida Misr 
madaniyatining singib ketishi tufayli, uning qadimgi 
dini va an'analari unutilib yuborilishi Misr 
tushkunlikka qarab ketmoqda degan fikrni tug’dirdi. 
Xuddi shu davrda Sais sulolasi vaqtida chet elliklar 
ta'siriga qarshi kurash boshlangan. Misrning ilk 
gullagan davridagi qadimgi davlat ko’rinishlarini, shu 
davrdagi til, yozuv, san'at va dinni tiklash xullas, 


124 
hamma sohada Misrni qayta tiklash boshlanib ketgan. 
Misr kohinlari din va turmush sohasida bir qancha 
taqiqlar kiritish yo’li bilan Misr xalqini va birinchi 
galda o’zlarini chet elliklar ta’siridan himoya qilishga 
urindilar. Gerodotning yozishicha: «Misrning na 
erkagi, na xotini hech qachon yunon bilan labini-
labiga qo’yib o`pishmaslik, yunon odamining 
pichog`i, qoshig`i, qozonini tutmas, hattoki yunon 
odamining pichog`i bilan chopib, so`yilgan halol mol 
go`shtini ham yemas edi». Urf-odatlarning ado 
etilishidagi qattiq talablar ba'zi bir ovqatlarni yeyishni 
man qilinishi misrliklarni chet elliklardan 
uzoqlashtirgan. Ko’pdan-ko’p unutilgan urf-odatlarni 
atayin tiklash o’ziga xos orqaga qaytish ya'ni, to’la-
to`kis eskilikka taqlid qilish o’sha davr yozuv va 
adabiy yodgorliklarda, san'at asarlari va diniy rasm-
rusumlarda ochiq sezilib turadi. Alifbe yozuvi 
alomatlarining keng tarqalishiga va ish hujjatlarini 
yozishga qulay bo’lgan yozuvning ya'ni, 
demotikaning soddalashgan bo’lishiga qaramasdan, 
murakkab va qadimgi qo’pol iyeroglif yozuv tizimi 
atayin saqlangan va hatto bir muncha 
murakkablashgan. Diniy matnlarda qadimgi podsholik 
davridagi piramidalardan olingan matn parchalari 
uchraydi. Qadimgi misrliklarning xudolari bo’lgan 
Isida va Osirisga sig’inish keng tarqala boshlaydi. 
Yaxmos II zamonida yashagan va bir qancha 
yuqori mansablarni egallagan Pefnefdineyt nomli bir 


125 
mansabdor yigit o’zini Abidosda Osiris 
ibodatxonasini tiklash va kengaytirishda ko’rsatgan 
xizmatini batafsil yozib qoldirgan: «xarob bo’lib 
ketgan muqaddas yozuvlar uyini yana qaytadan 
tikladim va Osiris sharafiga qilinadigan nazr-niyozlar 
ro`yxatini, hamma yozuvlarni tartibga soldim»,-deb 
g`urur bilan so’zlaydi. Ammo Misrda turli 
hayvonlarga sig`inish jumladan, Bubastisda izzat 
qilingan ma'buda Bastitga bag`ishlangan muqaddas 
xo`kiz (Apis)lar bilan muqaddas mushuklarga 
sig`inish so’nggi vaqtlarda keng tarqalgan. Muqaddas 
hayvonlarning katta qabrlari va hayvonlarning 
hozirda misrshunoslik muzeylarida saqlanadigan 
ko’pdan-ko’p haykalchalari va tasvirlari undan
dalolat beradi. 
Bu davrda sehrgarlik ham keng yoyilgan. San'at 
va adabiyotda uzoq o`tmishni qayta tiklash, eski 
zamondagi an’analarga narsalarga taqlid qilish 
harakati boshlangan. Tasviriy san'at sohasida Qadimgi 
podsholik zamonidagi badiiy asarlarga taqlid qilish 
ba'zan esa, to’ppa-to’gri ulardan nusxa olishga 
intiladilar. Bularning barchasi qadimgi madaniyatni 
sun'iy ravishda tiriltirish bilan mazkur davrdagi 
madaniy iqtisodiy shakllari o’rtasida katta 
ziddiyatlarni tug`ilishiga sabab bo’lgan. 
Keyinchalik Misr davlati Eron davlati tarkibiga 
kiradi. Biroq, Misr madaniyati yo`q bo’lib ketmaydi, 
bu madaniyat qo’shni xalqlarning ayniqsa 


126 
yunonlarning madaniy taraqqiyotiga juda kuchli ta'sir 
qildi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling