O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Til, yozuv, ta'lim tizimi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Til, yozuv, ta'lim tizimi 
Qadimgi misrliklarning tili va yozuvi ming yillik 
tarix davomida o’z taraqqiyotining 5 bosqichini
bosib o’tdi. Qadimgi podsholik davridagi til: o’rta 
misr-klassik tili ( chunki bu tilda noyob adabiy 
asarlar yaratilgan) yangi Misr tili (er. avv. XIV-VIII 
asrlar), demotik til (er. avv. VIII–eramizning V asri);
kopt tili (III-VII asrlari); qadimgi podsholik aholisi 


144 
tilini yangi podsholik aholisi tushunmagan, Misr tili 
chetga chiqmagan. Eramizning III asridayoq 
qadimgi Misr tili o’lik edi. Uning o’rniga yangi 
kopt tili keldi. VII asrda kopt tilini arab tili siqib
chiqardi. Hozirgi kunda Misrda faqat 4,5 mln kishi 
kopt tilidan foydalanadilar.
Misr yozuvi er.avv. IV ming yillik oxirida rasm-
yozuv, piktografiya asosida kelib chiqdi. Faqat o’rta 
podshoik davriga kelib rivojlangan yozuvga aylandi. 
Er.avv. II ming yillikda 700 iyeroglif keng 
ishlatilgan. Yozuv uchun material sifatida tosh 
(inshoot, sog`ona, haykallar) loy taxtachalar 
(ostrakon), yog`och, charm va papirus xizmat qilgan.
Adabiyot 
Misrliklar dunyoda eng qadimgi qiziqarli
g`oyalar, badiiy obrazlar bilan sug`orilgan boy 
adabiyotlarni yaratdilar. Adabiyot uchun qulay omil 
bo’lib xalq og`zaki ijodi xizmat qildi. Ilk abadiy
asarlar er.avv. IV ming yillikda paydo bo’ldi. 
Ertaklar, didaktik nasihatnomalar, zodagonlar
tarjimai hollari, diniy matnlar va poetik asarlar 
qadimgi podsholik davridayoq paydo bo’ldi.
O’rta podsholik davrida janrlarning xilma-xilligi 
ko’paydi. Yuqori darajada yozilgan prozaik asarlar 
paydo bo’ldi (Sinuxet hikoyasi). Yangi podsholik
davrida Misr adabiyoti g`oyaviy-badiiy tugallanish 
davrini boshdan kechirdi.


145 
Misr adabiyotida nasihatnoma va bashoratlar 
didaktik janri to’laroq aks etgan. Nasihatnomalardan 
eng qadimgisi «Ptaxotep nasihatnomasi»dir. 
Keyingilari «Gerakleopol podshosi Axtoyning o’gli
Merikaraga nasihati», «Fir'anv Amenxemxet I ning 
nasihatnomasi» kabi asarlarda davlatni boshqarish
qoidalari bayon qilingan. «Axtoyning o’gli Dauafaga 
nasihati»da mirzolikni boshqa kasblardan afzalligi 
ko’rsatiladi.
Yangi podsholik davrida nasihatnomalardan «Ani 
nasihati», «Amenemope nasihati»da turmush axloqi 
va an'anaviy axloq qoidalari batafsil bayon qilinadi.
Ertaklar Misr adabiyotida alohida bir janr 
sifatida shakllanadi. Ulardan eng mashhurlari 
«Fir'avn Xufu va sehrgarlar», «Kema halokatiga 
uchraganlar to`g`risida», «Egri va to’g`ri to’g’risida», 
«Ikki aka-uka to’g`risida» va fir'avnlar Petubastis
to’g`risidagi bir necha ertaklardir.
Misr adabiyotining «Sinuxet hikoyasi» qissasi, 
«Arfa chaluvchi qo`shig`i» poetik asari kabi
namunalari o`sha davr to’g`risida va yuksak adabiy 
janr shakllanganligining dalilidir. Turli janrlar orasida 
adabiyot alohida o’rin tutadi
Ko’pgina afsonalar, qayta ishlangan diniy 
madhiyalar Osiris mashaqqatlari, xudo Raning yer 
osti podsholigiga sayohati hikoya qilingan sikllari 
mashhur bo’lgan. «Ko`ngli qolgan kishining o’z ruhi 
bilan suhbati» nomli falsafiy dialog shaklida yezilgan 


146 
asar diqqatga sazovor. Dialogda dunyodagi 
adolatsizlik, huquqsizlik va yovuzlikdan azob
chekkan kishi taqdiri hikoya qilinadi. 


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling