O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy mazmundagi yozuvlar
Diplomatik hujjatlar
163 Eng qadimgi dpilomatik hujjatlardan ikki loy silindrda bitilgan er. avv. XXIV asrga oid Lagash va Umma o’rtasidagi chegara janjali to’grisidagi yozuv bizgacha yetib kelgan. Er. avv. XXIII asrga oid Akkad va Elam davlatlari o’rtasidagi shartnoma, er.avv. II ming yillik boshlariga oid Mari podshosining Bobil, Suriya va Finikiya bilan diplomatik yozishmalari matnlari topilgan. Er.avv. II ming yillikda Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to`g`risida boy ma'lumot beradigan bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarna arxividir. Tarixiy mazmundagi yozuvlar Shumer shaharlari Akkad, Bobil va Osuriya davlatlari podsholarining yozuvlari juda katta qimmatga egadir. Shunday yozuvlardan biri er.avv. XXIV asrga oid Lagash davlatining yuksalishi, uning qo`shni Umma bilan kurashi to’grisida hikoya qiladigan Lagash hokimi Eanatumning «Kalxatlar stelasi» deb atalmish yozuvidir. Er. avv. XXIV asrga oid Lagash hokimi Urukagina, er. avv. XXII asrga oid Lagash hokimi Gudeaning qurilish va bag`ishlov yozuvlari, Akkad podshosi Rimushning (er. avv. XXIII asr) Elamga yurishlari to’g`risidagi yozuvlari va «Manishtun obeliski» da podsho yer zaxirasi, uning jamoa yeri hisobidan ko’payishi to’g`risida ma'lumot berilgan. 164 Bizgacha Osuriya podsholarining juda ko’p yozuvlari yetib kelgan. «Sargon II ning Ashshurga xati», er.avv. 714 yilda Urartuga qarshi yurishi bayon qilingan xatlar yetib kelgan. Podsho Ashshurbanipalning batafsil tarixiy ma'lumot beruvchi yilnomasi shular jumlasidandir. Yangi Bobil podsholarining 140 ga yaqin yozuvlari bizga ma'lum. Tarixiy asarlar keyinroq er.avv. IV-III asarlarda paydo bo’ldi. Kohin Beroyesning (Bobildagi Marduk ibodatxoansi koxini), 3 qismli «Bobil va Xaldey tarixi»i to’fon davridan Makedoniyalik Iskandar davrigacha davom etgan asari diqqatga sazovordir. Bizgacha bu asarning parchalari o’rta asr tarixchilari asarlarida keltirilgan ma’lumotlar orqali yetib kelgan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling