O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
 
 
 
 
 
 
 
 


156 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
II BOB. 
 
 
Qadimgi Mesopotamiya 
 
Geografik muhit. Aholi 
Shimolda Armaniston tog`laridan janubda Fors
qo’ltig`igacha, sharqda Eronning tog`li viloyatlaridan 
g`arbda Suriya-Mesopotamiya cho`llarigacha 
cho`zilib ketgan hudud qadimda yunon geograflari 
tomonidan Mesopotamiya (ikki daryo oralig`i-Frot va 
Dajla daryolari oralig`i) deb atalgan. Hozir bu asosan 
Iroq Respublikasi hududidir. 
Dajla va Frot daryolari Arman tog`laridan 
boshlanib, Fors qo`ltig`iga quyiladi. Daryo suvlari 
minerallarga boy loyqa olib borib toshqin vaqtida 
dalalarga toshib, hosildor qatlam hosil qiladi.


157 
Ikki daryo oralig`ida hosil olish uchun yil 
davomida melioratsiya ishlarini amalga oshirish 
kerak edi. Bu yerda qadimdan odamlar kanal va 
dambalar qurganlar. Mesopotamiya iqlimi shimol va 
janubda bir xil emas. Shimolda quruq subtropik 
zonada qishda ba'zida qor yog`adi, bahor va ko’zda 
yomg`ir bo’ladi. Janub juda issiq va quruq iqlimli. 
Mesopotamiya qadimda loy va tabiiy asfalt mo’l-qo’l 
bo’lgan. Shimolda qo’rg`oshin, qalay, temir va tosh 
ham uchraydi.
Mesopotamiya florasi juda kambag`al. Faqat 
shimolda tog`li rayonda har xil daraxtlar uchraydi.
Qadimda daryo vodiysida tol daraxti, janubda 
qamishning turli xillari bo’lgan. Xurmo palmasi 
muhim rol o`ynagan. Strabonning aytishicha, qadimda
uning 360 xil foydali xossasini bilganlar. Uzum va 
mevali daraxtlar, tariq, polba, qanop, bodring, 
sarimsoq, baqlajon, oshqovoq, loviya va no`xat 
o’stirilgan.
Qadimgi fauna boy bo’lgan. Daryolarda baliq ko’p 
bo’lgan, qushlar, eshak, cho`chqa, kiyik, quyon, 
tuyaqush, sherlar to`qay va sahrolarda mo’l-ko’l 
bo’lgan. Mesopotamiya Yaqin Sharqning keng 
bo’shlig`ida joylashganligi uchun xalqaro savdoda 
yetakchi rol o`ynagan, ko’pgina yo`llar G`arbdan 
Sharqqa, shimoldan Janubga shu yerdan o’tgan. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling