O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Davrlashtirish 
 Mesopotamiya hududida er. avv. IV ming 
yillikdan III ming yillikgacha ibtidoiy jamoa 
tuzumini yemirilish jarayoni bordi. Shumerlarning er. 


160 
avv. IV ming yillikni boshlarida Janubiy 
Mesopotamiyaga kelishi bilan Uruk madaniyati 
boshlandi.
Er. avv. III ming yillikdan boshlab mamlakatni 
janubiy qismida shumerlarning kichik shahar-
davlatlari paydo bo’ldi. Er. avv. III ming yilliklar ilk 
sulola davri deb ataldi. Keyingi davr er. avv. III ming 
yillikning oxirgi davri kuchli mutlaq monarxiyalar 
tashkil topish davri hisoblanadi. Er. avv. XXI-XXIII
asrlar siyosiy markaz Mesopotamiyaning markaziga 
ko`chib bu yerda Akkad davlati tashkil topadi va 
uning tarkibiga Shumer janubiy va shimoliy 
Mesopotamiya kiradi. Kutiylar hujumi sababli Akkad 
podsholigi yemirilib, yetakchilik Shumer-Akkad 
podsholigiga o’tadi.
Er. avv. II ming yillikning boshlarida Ikki daryo 
oralig`ida Bobil podsholigi yuksalib, Bobil 
boshchiligida butun mamlakat birlashtirildi. Uning 
tarixi quyidagi davrlarga bo’linadi: Qadimgi Bobil 
yoki amoriy davri er. avv. XIX-XVI asrlar, o’rta
Bobil yoki kassit (er. avv.XV-XII asrlar) davri, 
Bobilning siyosiy tushkunlik davri (er. avv.XII-VII 
asrlar ), yangi Bobil qisqa qayta uyg`onish (er. avv. 
VII-VI asrlar ) davri va Eron tomonidan malakatni
bosib olinishi. 
Mesopotamiyaning qadimiy tarixiy manbalari 
Qadimgi Mesopotamiya tarixi bo`yicha asosiy 
manbalar bu moddiy madaniyat yodgorliklari, yozma 


161 
hujjatlar va adabiy asarlar, antik mualliflar asarlari 
hisoblanadi.

Moddiy madaniyat yodgorliklari 
Er. avv. III-I ming yilliklarga oid moddiy 
madaniyat yodgorliklari Mesopotamiyaning qadimgi 
shaharlari Eredu, Uruk, Lagash, Larsa, Nippur, 
Eshnunna, Mari, Ashshur, Nineviya va Bobil 
xarobalarini qazish natijasida ma'lum. Shaharlarda 
zinapoyasimon minora, saroylar, ulkan ibodatxonalar, 
turar joylar, xo`jalik inshootlari, san'at asarlari va uy 
anjomlari topilgan. Mesopotamiyadan, Misr, Baxrayn 
va Hindistondan er. avv. III-II ming yilliklarga oid 
silindrsimon stealit, lazurit, serdolikdan yasalgan 
muxrlar ko’plab topilgan. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling