O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Qadimgi Mesopotamiya aholisi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Qadimgi Mesopotamiya aholisi
158 Mesopotamiyada odamlar qadimdan o’rnasha boshlagan, neolit davrida bu jarayon tezlashgan, Dastlab iqlimi qulay shimol o’zlashtirilgan. Qadimgi Xassun, Xalaf madaniyatining etnik kelib chiqishi noma'lum. Janubiy Mesopotamiya ilk manzilgohlari keyinroq eramizdan avvalgi IV ming yillikda va eramizdan avvalgi IV ming yillikni II yarmida El- Ubayd madaniyati bilan belgilanadi. Ba'zi tadqiqotchilar bu madaniyatni shumerlarga tegishli deb, boshqalari protoshumerlarga bog`laydilar. Shumerlarning janubiy Mesopotamiyada paydo bo`lishi taxminan er.avv.IV ming yilliklar bilan belgilanadi. Shumer tilini qaysi til oilasiga mansubligi ham noma'lum. Shumerlar mahalliy aholi bilan aloqa o`rnatib, ulardan bir qancha xo’jalik yutuqlari, diniy e'tiqodlar va toponomik nomlarni o’zlashtirib olganlar. Mesopotamiyaning shimolida er.avv. III ming yilliklardan boshlab sharqiy semit chorvador qabilalari yashagan. Ularning tili akkad tili deb atalgan. Er.avv. III ming yillik oxirida g`arbdan, Suriya cho`llaridan Mesopotamiyaga g`arbiy semit chorvador qabilalari qirib kelgan. Akkadlar ularni amoriylar deb atashgan. (Akkadcha «Amurri», «Suriya» yoki «Garb» deyilgan.) Er. avv. III-II ming yilliklarning birinchi yarmida amoriylar Mesopotamiyada bir necha podsho sulolalarga asos 159 solganlar. Qadimgi shimoliy Mesopotamiya, shimoliy Suriya va Arman tog`larida xurrit qabilalari yashagan. Shumer va akkadlar ularni va mamlakatni Subarti deb atashgan. Er. avv. III ming yillikdan Shimoliy-sharqiy Mesopotamiyada Diyali daryosidan Urmiya ko`ligacha yarim ko`chmanchi kutiy (gutiy ) qabilalari yashagan. Kassit qabilalari shimoliy-g`arbiy Eronda, elamlardan shimolda yashagan. Ular er. avv. XVI asrda Bobilni bosib olib, o’z sulolariga asos soldilar: Kassitlar mahalliy madaniyat, tilni qabul qilib mahalliy aholini assimilyasiya qildilar. Er. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida shimoliy Armaniston va Suriya cho`lidan shimoliy Mesopotamiyagacha g`arbiy semit guruhiga mansub kassit qabilalari kirib keldi. Ular er. avv. XII asr oxirida shimoliy Suriya va janubiy-g`arbiy Mesopotamiyada kichik davlatlar barpo qildilar. Ular er. avv. I ming yillik boshlarida xurrit va amoriy aholisi bilan qo’shilib ketdilar. Oromiy tili bu yerda keng tarqaldi. Er. avv. X asrda janubiy Mesopotamiyaga oromiylarga qarindosh xaldey qabilalari kelib o`rnashdi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling