O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Misr dini 
Misrda din ilk urug`chilik jamoalarida vujudga 
kelib, juda uzoq taraqqiyot yo`lini bosib o’tgan. 
Diniy an'analar mustahkam va turg`un bo’lgan 
fetishizm, totemizm, ayniqsa hayvonlarga topinish 
Misrda uzoq davom etgan. 
Misr xudolarining panteoni juda katta bo’lib, 
u ilk davrda vujudga kelgan madaniyatga borib 
taqaladi. Unga odamlar totem-xayvonga, qabila 
boshlig`iga sig`inishgan. Misrliklarning xudolari 
xayvon qiyofasida: Anubis-o’liklar saltanatining 
podshosi, bo’ri boshli qilib tasvirlangan. Tot aql va 
yozuv xudosi. Soxmet-sher boshli urush iloxasi va 
boshqalar. 


138 
Hayvonlar ilohiy hisoblanib, ular ibodatxonalarda 
saqlanganlar. Ibodatxonada ular yaxshi parvarish 
qilingan. Masalan, ilohiy hayvonlardan biri buqa, 
xuddi shunday parvarish qilingan, u kuch-qudrat 
ramzi hisoblangan. Misrliklar bu buqaga sigir 
tanlashda ham ahamiyat berishgan. Agar buqa o’lib 
qolgudek bo’lsa uni mumiyolab, marosimlar o’tkazib 
alohida bir qabrga ko`mishgan. Va uning o’rniga 
yangi tug`ilgan xukizcha izlashgan. Bu juda mushkul 
ish hisoblangan, chunki ho`kiz qora rangli bo’lib, 
peshonasida uchburchak shaklidagi oq belgisi bo’lishi 
kerak bo’lgan. Bunday hayvonni topish juda mushkul 
hisoblangan. Misrliklar daraxtlarga , o’simliklarga va 
gullarga ham e'tiqod qilishgan. 
Quyoshga sig`inish Misr dinida eng yuqori 
o’rinda turgan.Misrning o’zi «Quyosh mamlakati»,
uning fir'avnlari esa «Quyoshning o’gli» deb atalgan. 
Qadimgi podsholikda Ra-quyosh xudosi hisoblangan, 
keyinchalik u Amon-Ra bo’lgan. Yangi podsholik 
davrida esa,fir'avn Amenxotep IV (Exnaton) diniy 
isloxot o’tkazib, yakkaxudolikni joriy etadi. Ya'ni u 
hammani Atonga («Quyosh shu'lasi») sig`inishga 
da’vat etadi. Quyoshning belgisi (ramzi) turlicha 
bo’lib, u qanotli sher qiyofasida, sher ko’pgina qullar 
bilan, ya'ni bu qullar nur qiyofasida, lochin qiyofasida 
tasvirlangan. Unga atab ko’p madhiyalar aytilgan. 
Gor (Xor)-zulmatni yenguvchi xudo hisoblanib, u 
lochin qiyofasida tasvirlangan.Gor Osirisning o’gli.


139 
«Osiris va Gor» to`g’risidagi afsona, ayniqsa Misr
dinini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Afsonada 
aytilishicha, Osiris-hosildorlik xudosi, qachonlardir 
Misrning podshosi bo’lgan. U odamlarga yerga ishlov 
berishni, boglar yaratishni urgatadi. O’zining akasi
Set tomonidan o’ldiriladi. Set-zulmat va yovuzlik 
xudosi hisoblanadi. Osirisning o’gli Gor Setni
maydonga kurashga chaqirib, uni yengadi. Shundan 
so’ng, Gor g’olib chiqishi uchun o’zi ko’zini Osirisga 
berib, uni qayta tiriltiradi. Qayta tirilgan Osiris esa 
yerga qaytmaydi, u yer osti saltanatining o’liklar 
podshosi bo’lib qoladi. Shunday qilib, uning yerdagi 
merosxo’ri sifatida Gor tiriklar saltanatida qoladi.
Ko`mish marosimlari. Misr madaniyatida o’lim 
bilan hayot doim bir-biriga qarama-qarshi turgan. 
Ajalsiz ruh Misr dinida alohida o’rin egallagan. Mana 
shu ajalsizlikka intilish ko’mish marosimlarining 
shakllanishiga olib kelgan. Diniy marosimlarda har bir 
odam alohida xususiyatga ega bo’lgan.Masalan, sax-
inson tanasi, shunt-uning soyasi, rek-uning ismi, ax-
uning arvohi hisoblangan. Bu yerda eng muhim rolni 
Ra-insonning joni, ya'ni ajalsizlikning negizi 
o`ynagan. Misr diniga ko’ra Ra o’z jasadiga birikishi 
va qayta dunyoga kelishi kerak bo’lgan. Chunki 
odam o’lganda, uning faqat tanasi o’ladi, ammo ruhi 
abadiy yashash uchun narigi dunyoga, o`liklar
saltanatiga mangu yashash uchun ketadi. Shunday 
qilib insonning tanasini abadiy saqlash fikri tug`iladi 


140 
va mumiyolash jarayoni vujudga keladi. Shuningdek 
ularning tanasiga hech qanday shikastlar yetmasligi 
uchun yoki boshqa shovqinlardan xalos bo’lish uchun 
piramidalar qurish fikri to’gilgan. O’lik 70 kun ichida
mumiyolanib ko`milgan.U 70 kundan so’ng narigi 
dunyoga mangu yashash uchun ruhi jo`natilgan. 
O’liklar saltanatiga borgan odamlarni ikkinchi o’lim 
kutgan. Bu esa asosan «O’liklar kitobi», «Darvozalar 
kitobi», “Yer osti g`orlari kitobi» kabi kitoblarda 
ko’rsatilgan.
Qadimgi misrliklarning dini Nil vodiysining tabiiy 
shart-sharoitlarini o’ziga xos xususiyatlarini,qadimgi 
Misr jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
taraqqiyotining alohida tomonlarini fantastik aksi edi. 
Misrliklar oy,quyosh, Nil vodiysi, uni atrofidagi 
sahroni, yirtqich hayvonlar va tabiatning har xil 
kuchlarini ilohiylashtirdilar. Ular sun'iy sug`orish 
tizimini tashkil qiladigan,insonlar ustidan amr 
qiluvchi fir'avnga e'tiqod qildilar. 
Misrliklar mingga yaqin har xil xudolarga 
sig`inganlar. Xudolar mahalliy va umumisr miqyosida 
e'tiqod qilingan ilohlarga bo’lingan. Qaysi bir nom 
hukmdori-umummisr hukmdori fir'avnlik taxtiga 
o’tirsa, shu nomning xudosi umummisr xudosiga 
aylangan. Misol uchun nom markazi bo’lgan Fiva 
Misr poytaxti bo’lganda hech kimga ma'lum 
bo’lmagan Fiva xudosi Amon xudolar ichida bosh 
xudo deb tan olindi. 


141 
Misrda oliy xudolar quyosh xudosi Ra, yaratuvchi 
xudo Ptax, xudo Amon Raning ko’pgina vazifalarini 
olish bilan Misrning bosh xudolaridan biriga 
aylangan. Amon Ra dunyoni yaratuvchisi, podsho 
hokimiyati,Misr harbiy qudratining homiysi bo’lgan. 
Osiris o`layotgan va uyg`onayotgan tabiatni aksi, u 
dunyoning hukmdori podsho hokimiyati homiysi 
bo’lgan. Uning rafiqasi Isida ona xudo, onalik va er-
xotinlik muhabbatini homiysi bo’lgan. Ularning o’gli 
ham osmon va yorug`lik ifodasi, fir'avn homiysi 
bo’lgan. Donolik va hisob xudosi Tot,qudrat ramzi 
ma'buda Soxmet osmon, quvonch-sevgi xudosi Xatxor 
bo’lgan. Bilim xudosi Sia, adolat xudosi Maat abstrakt 
tushunchani ifodalaganlar. 
Misr, Nubiya, Falastin, Suriya bilan yaqin aloqada 
bo’lgani sababli chet el xudolari Anat, Astarta, 
Ma'bud Reshefa (Semit), Dedun (Kush xudosi) Misr 
xudolari panteoniga qabul qilingan. Misr diniy 
tasavvurlarida fetishizm va totemizm qoldiqlari 
saqlanib qoldi. Misrliklar o’z xudolarini hayvon, ilon, 
qurbaqa tarzida tasavvur kilishlari shu sababli edi. 
Xudo Apis-kuchli ho’kiz qiyofasida ma'buda Soxmet-
sher, Tot-pavian, suv girdobi xudosi Sebek-timsox, 
Yuqori-Quyi Misr birligi timsoli ma'buda Uadjet-ilon-
kobra tarzida ifodalangan. 
Xudolarning ko’pligi, ularning vazifalarini bir-
biriga bog`lanib ketishi koxinlarning xudolar 
panteonini tartibga solish, ular o’rtasida aniq 


142 
munosabatlarni o’rnatish vazifasini qo’ydi. Geliopol 
kohinlari ma'lum darajada xudolar o’rtasidagi 
munosabatlar va ularning dunyoni yaratishdagi rolini 
ko’rsatadigan tizimni ishlab chiqdilar. Shunga ko’ra, 
dastlab ibtidoiy suv xudosi Nun yashadi, undan xudo 
Atul (Ra) paydo bo’ldi. Atul Ra o’zidan suv xudosi 
Shu va uning xotini Tefnut namlikni paydo qildi. 
Ulardan yer xudosi Geb, osmon mabudasi Nut 
tug`ilib, o’z navbatida ulardan Osiris, Isida, Sia va 
Neftida tugilgan. Bu qadimgi ilohlar ilk ilohiy 
to’qqizlik-Enneada oilasiga birlashdi, ana shulardan 
boshqa Misr xudolari tarqaladi. 
Kohinlarning Fiva maktabi esa ilk xudo, xudolar 
va odamlar dunyosini o’z ilohiy so’zi bilan Ptax 
yaratgan deb hisoblaganlar. Kohinlar to’qqizlikni 
ajratishdan tashqari xudolarni birlashtirgan boshqa 
oilalarni yaratganlar. Qaysiki oila ota-xudo, ona-
ma'buda, o’gil-xudo(xudolar triadasi)dan tashkil 
topgan. Shunday birlashganlardan Osiris, Isida, 
Xor(Abidos triadasi), Ptax, Soxmet, 
Nefertum(Memfis triadasi), Amon, Mut, Xonsu (Fiva 
triadasi). 
Fir'avn shaxsini ilohiylashtirish alohida rol 
o`ynadi.Kohinlar ta'limotiga ko’ra, fir'avn inson 
ko’rinishidagi xudoning aksidir. U ikki xil inson va 
ilohiy tabiatga ega bo’lgan. Uning tug`ilishi Amon Ra 
bilan fir'avnning yerdagi onasining nikohi natijasidir. 
Yerda fir'avn xudo Xorning aksi sifatida boshqargan, 


143 
o’limidan so’ng xudo bo’lib Osiris bilan 
tenglashtirilgan. Podsholik qilayotgan va vafot qilgan 
fir'avn o’z ibodatxonasi, koxinlarning qurbonlik 
keltirishi qabilarga ega bo’lgan. Fir'avnning
ilohiyligini ramziy aks etishi sfinks ko`rinishida 
bo’lgan. Misrda yagona xudoga sig`inish konsepsiyasi 
o’z o’rnini topmadi. (Exnaton islohoti). 
Diniy urf-odat, an'analarga Misrda qat'iy rioya 
qilingan. Xudolarga sig`inish uchun ibodatxonalar, 
haykallar bunyod qilingan. Minglab kohinlar diniy 
bayram va marosimlarni tashkil qilganlar. Misr dinida 
u dunyodagi hayotga katta o’rin berilgan. Inson 
go`yoki, uch asosiy substansiya jismoniy tana, uning 
ma'naviy ko`rinishi («Ka») va uning ruhi («Ba») dan 
iborat. Faqat shu uch unsurning birgalikda yashashga 
imkon beradi. Demak, shunday ekan, odamlarning 
jasadini saqlash (mumiyolash) kerak. Ana shundagina 
mumiyo oldida («Ka») va «Ba») turadi. O’limdan 
keyingi hayot bu hayotning davomi deb tushuniladi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling