O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Ahmoniylar Eroni davlatining tashkil topishi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Ahmoniylar Eroni davlatining tashkil topishi
Er. avv. IX-VII asrlaridagi Osuriya yozuvlarida sharqda sobiq Elam hududida joylashgan Parsuash davlati tilga olinadi. Bu hududda er. avv. VII asrda 340 Parsuashdan tashqari, Elamdan sharqda elamliklarga qaram bo’lgan, bir vaqtni o’zida ahmoniylar urug`idan bo’lgan yo’lboshchilar boshchilik qilgan fors qabilalari ittifoqiga kirgan kichik davlatlar mavjud edi. Er. avv. VII asrning 40-30 yillarida Osuriya podshosi Ashshurbanipal Elam davlatini tor-mor qilgach, forslar Elam hukmronligidan ozod bo’lib Midiyaga qaram bo’ladilar. Er. avv. VI asrda forslar Midiya hukmronligini ag`darib tashladilar va uni davlatlari tarkibiga qo`shib oldilar. Er. avv. 559-yilda fors podshosi bo’lgan Kayxusrav I keyingi ikki yil davomida Parfiya va Girkaniyani bosib oladi. Er. avv. 545- va 539-yillarda Kayxusrav hozirgi Afg`oniston, O’rta Osiyo yerlarini bosib oladi. Fors davlat hududi Hindistonning shimoliy-g`arbiy chegaralarigacha, Hindiqushning janubiy yon bag`irlari va Sirdaryo havzalarigacha yetdi. Kayxusrav shimoliy-sharqiy yo`nalishlarda o’z ta'sirini mustahkamlagach, Bobilga yurish qiladi. 539 yilda ikki oy davomida avgust- sentabr oylari Bobil yerlari bosib olinadi. Bobil podsholigi rasman saqlab qolinadi, uning ijtimoiy tuzilmasi o’zgartirilmaydi. Bobil shahri fors podsholari turadigan qarorgohlardan biriga aylanadi. Bobil davlat apparatida bobilliklar yetakchi o’rinda qolaveradi, bobilliklarning qadimgi diniy e'tiqodlariga fors podsholari homiylik qiladilar. Amalda Bobil mustaqil siyosiy birlashmadan 341 ahmoniylar satrapiyasi (viloyatiga) aylanadi, mamlakat mustaqil siyosat yuritishdan mahrum bo’ladi, ichki siyosatda oliy harbiy va ma'muriy hokimiyat fors podshosi noibi qo’lida bo’lgan. Bobil bosib olinganidan so’ng, barcha g`arbiy mamlakatlar (Suriya, Falastin, Finikiya) Misr chegarasigacha forslar qo’liga o’tadi. Finikiya, Bobil va Kichik Osiyoning savdo-hunarmandlar qatlamlari tranzit savdo yo’llarini xavfsizligini ta'minlaydigan kuchli markazlashgan davlatdan manfaatdor bo’lganlar. Shu sababli ular fors davlatini qullab- quvvatlaydilar. Kayxusrav Yaqin Sharqni Misr chegaralariga bosib olgach, fors davlatining shimoliy-sharqiy chegaralari xavfsizligiga jiddiy xavf solib turadigan O’rta Osiyodagi ko`chmanchi qabilalar ustiga yurish boshlaydi. Kayxusrav err. avv. 530 yilda Amudaryoning shimoliy qismiga o’tadi. Massaget qabilalari fors bosqinchilarini o’z yerlarida tor-mor qiladilar. Kayxusrav ham bu jangda halok bo’ladi. Er. avv. 530 yil avgust oyida fors taxtiga Kambiz (Kombiz) o`tiradi. Misr ichki nizo-galayenlar girdobida qolgan edi. Forslar Misrga yurish qilib, uning qo’shinini tez tor-mor qiladilar. Flot urushsiz taslim bo’ladi, fir'avn Psammetix III asirga tushadi. Bu voqea er. avv. 525 yilda yuz beradi. Misrni bosib olgach, Kambiz Efiopiyaga qarshi urush boshlaydi. Yetarlicha oziq-ovqatga ega 342 bo’lmagan qo’shin suvsiz sahroga tushib qoladilar. Qo’shinda odamxo’rlik boshlanib, Kambiz chekinishga majbur bo’ladi. Kambiz Memfisga qaytib, Misrda boshlangan qo’zg`olonni bostiradi. Kambizning vorisi Doro 1 ning Bexistun qoya yozuvlarida bayon qilingan, (rasmiy farazlariga ko’ra) Kambiz Misrga kelguniga qadar o’zining ukasi Bardiyadan shubhalanib, uni maxfiy ravishda o’ldirishga buyruq beradi. Mag Gaumata ismli kimsa bundan foydalanib, o’zini Bardiya deb e'lon qiladi va u 522 yil 2 martda Bardiya nomi bilan taxtga o`tiradi. Bardiya-Gaumata qaram xalqlarni o’ziga moyil qilish uchun soliq va harbiy majburiyatlarni uch yilga bekor qiladi. U fors urug`-zodagonlarining imtiyozlarini bekor qilish, ularning iqtisodiy va siyosatdagi hukmronligini o`rnini tugatish siyosatini yuritadi. Shu sababli u mamlakatdagi keng xalq ommasini qo’llab-quvvatlashiga erishadi. Hozirgi tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, Gaumata to’g`risidagi faraz yolg`on, hokimiyatga haqiqiy Bardiya kelgan. U yetti oylik boshqaruvdan so’ng, 522 yil 29 sentabrda yetti fors urug`i aslzoda vakillari bo`lgan fitnachilar tomonidan o’ldiriladi. Fitnachilardan biri 28 yoshli Doro (er. avv. 522-486-yillar) podsho bo’ladi. Doro I er. avv. VII-VI asrlarda Kayxusravgacha hukmron bo’lgan ahmoniy podsholari avlodidan edi. U urug` aslzodalari oliy tabaqasiga mansubligi tufayli 343 Bardiya bekor qilgan imtiyozlarni qayta tiklaydi. Doro I taxtga o`tirishi bilan unga qarshi Bobilda ko`tarilgan qo’zg`olonni bostirayotgan bir vaqtda Fors, Midiya, Elam, Margiyona, Parfiya, Sattagidiya (hozirgi Afg`onistonda) O’rta Osiyoning sak qabilalari va Misr qo’zg`olon ko’taradilar. Forsda o’zini Bardiya deb e'lon qilgan Vaxayazdata nomli kimsa Doroga qarshi qo’zg`olon ko’tarib, sharqiy Eron viloyatlari va Afg`onistongacha bo’lgan hududlarni bosib olgan. Err. avv. 521 yil 16 iyulda Doro Vaxayazdata qo’shinlarini tor-mor qilgan. Midiyada o’zini Midiya podshosi Kiaksar urug`idan deb hisoblagan Fravartish (Fraorti II ) hokimiyatni qo’lga oladi. Doro bu qo’zg`olonni ham bostiradi. Er. avv. 521-yil yoziga kelib Doro qo’shinlari besh jangdan so’ng, Afg`onistonni tinchlantiradi. Doroning qaynotasi Dadarish Parfiya va Girkaniyadagi g`alayonlarni bostirgan. Bu vaqtda Bobilda so’ngi qo’zg`olon boshlanib, err. avv. 521-yil 27 noyabrigacha davom etadi. Doro I taxtga chiqqanidan so’ng bir yil o’tgach, o’z hokimiyatini mustahkamlab oladi. Fors davlatini Bolqon Yunonistonida go’libona boshlagan urushi Kserks (er. avv. 486-465-yillar) uchun mag’lubiyat bilan tugatdi. Er. avv. 449-yil “Kalliy” sulhiga ko’ra forslarni Yevropadagi mulklari, Kichik Osiyodagi yunon shaharlaridan voz kechildi. U Kayxusrav, 344 Kambiz hukmronligi davridagi eski chegralarda qayta tiklaydi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling