O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Tarixnavislik
Janubiy Osiyo tarixini o`rganish XVII oxiridan 
aniqrog`i, 1784 yil Kalkuttada sharqshunoslarning 
birlashmasi Osiyo jamiyatiga asos solinishidan 
boshlandi. XVIII asr oxirida sanskrit adabiyotining 
yodgorliklari: «Manu qonunlari», Kalidasining
«Shakuntali» dramasi, falsafiy poema «Bxagavagita»
tarjima qilindi.
Nemis tadqiqotchilari Hindistonda jahon
madaniyatining ildizini qidirdilar. XIX asrning
birinchi yarmida sanskrit tilining qadimgi fors, lotin 
va yunon tillari bilan qarindoshligi nazariyasi ilmiy 
asoslandi. XIX asrning o’rtalarida va ikkinchi
yarmida hind adabiyotning yodgorliklari asosan 
vedalarni tarjima qilish va chop qilish yuzasidan
muhim ishlar qilindi. Jumladan, Sharqning muqaddas 
kitoblari 50 tomli (Oksford universitetida Maks 
Myuller asos solgan) seriya, ko’p tomli sanskrit
lug`atlari paydo bo’ldi. XIX asrning oxirida T.Ris, 
Devids pali tilidagi matnlarini o’rganish va chop 
etish jamiyatini tashkil etdilar.
XIX asrning 70-yillari XX asrning boshlarida 
Hindistonda arxeologik qazishlar boshlandi. 
Asrimizning 20-30 yillarida janubiy Osiyoning eng


371 
qadimgi hind sivilizasiyasi ochildi. XX asr
boshlarida hindshunoslikning umumiy 
konsepsiyasida yevrosentrizm an'anasi kuchli edi. 
Qadimgi hind jamiyati turg`un, mustaqil
taraqqiyotga qobiliyatsiz, hind davlati teokratik va 
despotik, tafakkur chalg`itilgan va faqat diniy deb 
talqin qilindi. Hindistonga makedoniyalik 
Iskandarning yurishini siyosiy ahamiyati burttirib 
ko’rsatildi. Xind madaniyatining muxim yutuqlari 
(epik asarlar, poeziya, teatr) yunonlardan 
o’zlashtirilgan deb ko’rsatildi.
Faqat XX asrning birinchi yarmida hind milliy 
tarixnavisligining juda katta tadqiqotlari bunday 
qarashlarning asossizligini ko’rsatdi. Hind milliy 
tarixnavisligi manbalarda ko’p xollarda yetarlicha
tanqidiy taxlil etilmaydi. Qadimgi tarix ma'lum 
darajada modernizasiya qilindi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling