O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Qadimgi janubiy Osiyo 
 
 
Hudud va aholi, davrlashtirish, 
manbashunoslik va tarixnavislik 


366 
Hindistonning bepoyon hududi, iqlim sharoitlari, 
re'lefi, joyi va tuprog`i jihatdan bir necha zonaga 
bo’linadi. Shimoliy-g`arbiy viloyatlar qadimda qalin 
o’rmonlar bilan qoplangan. Hind vodiysining tuprog`i
juda hosildor. Shu yerda eramizdan avvalgi III ming 
yillikda janubiy Osiyoda eng qadimgi shahar 
sivilizatsiyasi shakllandi. Hindiston shimoldan va 
shimoliy-sharqdan Osiyoning boshqa qismidan 
Himolay tog`lari bilan ajratilgan. Err. avv. II ming 
yillikda bu yerdan hind-yevropa qabilalari yo’li 
o’tgan.
Hind-Gang tekisligining markaziy qismi qadimda 
«oriy» larning «muqaddas yeri» (Ar'yavarta) deb
atalgan. Ikki buyuk daryoning oralig`ida va 
Gangning yuqori qismida er. avv. I ming yillikning 
birinchi yarmida veda sivilizatsiyasi shakllandi.
Gang daryosining shimoliy-sharqiy havzasida 
namlik darajasi juda yuqori va boy tropik
o’simliklarga ega. Er. avv. I ming yillik o’rtalarida
bu hududda keng miqyosda dehqonchilik ishlari
boshlanadi. Er. avv. I ming yillikning ikkinchi 
yarmida bu yerda Qadimgi Hindistonning eng muhim
siyosiy va madaniy markazlari vujudga keldi.
Hind-gang tekisligining Dekan (qadimgi hind 
tilida «Danishna» - janub) yarim orolidan yassi 
tog`lar ajratib turadi. Dekan yarim orolida faqat
eramizning boshlarida yirik davlatlar paydo bo’ldi. 
Orolning markaziy qismida Shri-Lanka (Seylon) 


367 
o’rmonli tog`lik hudud. Orolning geografik o’rnini 
janubiy Hindiston qirg`og`i bilan muntazam aloqalar
shartlab keladi.
Janubiy Osiyoning hozirgi aholisining katta 
qismi asosiy yevropoid irqiga mansub. Faqat yarim 
orolnig janubiy qismi va Shri-Lankaning aholisi irqiy
belgilariga qarab (badani, sochining qora rangi va 
boshqalar) avstroloidlarga yaqin turadi. Shimoliy 
sharqning qator qabilalari janubiy mongoloid irqiga 
mansub.
Shimolda Hind-Yevropa tillari (hind, bengal va 
boshqalar), janubda dravid (masalan, tamil.) Dekan
va shimoliy sharqiy Hindistonning qator tillari
Janubiy –Sharqiy Osiyo, Tibetda va Xitoyda tibet-
birma va mund tillari bilan yaqin turadi. Shri-Lanka 
aholisining ko’pchilik qismi hind-yevropa (singal ) 
tilida ozchilik qismi dravid (tamil) tilida so`zlashadi.
Ma'lumki, hind-yevropa tillarida so’zlashuvchi 
oriylar Hindistonga er.avv. II ming yillikda kirib 
kelganlar. Singallar materikdan Shri-Lankada er.avv. 
I ming yillikda paydo bo’lganlar.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling