O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Afina demokratiyasi 
 
Afina demokratiyasi deganda 20 yoshdan katta, 
erkin tug’ilgan, to’la huquqli Afina erkaklari uchun 
xos bo’lgan demokratiya to’g’risida so’z borardi. Ular 
aholining ozchilik qismini tashkil qilar edi. Siyosiy 
huquqlardan, qullardan tashqari ayollar, boshqa 


585 
viloyatlarda Afinaga qochib kelganlar va Afinada 
yashab turib, erkin bo’lsada fuqaroligi bo’lmagan 
meteklar mahrum edi. Meteklar 100 mingga yaqin 
kishini tashkil qilib ular asosan savdo 
hunarmandchilik bilan shug’ullanar edilar. 
Polisning suveren hokimi – xalq yig’inini Afina 
fuqarolik huquqiga ega bo’lgan soni ko’p bo’lmagan 
katta yoshli erkaklar tashkil qilar edilar. Mansabdor 
shaxslar qur’a tashlash yo’li bilan saylanar, faqat 
mansabga nomzodlar afinalik bo’lishi ustidan nazorat 
qilinar edi. Arxont yoki strateg vazifasini har qanday 
fuqaro bajarishi mumkin degan tushuncha mavjud edi. 
Chunki barcha mansabdor shaxslar yig’inda xalq 
irodasi va qonunlarini ifodalagan holda tadbiq qilar 
edilar. Ularning funksiyasiga hech qanday muhim 
vazifa kirmas edi. Oliy mansabdor shaxslar – 
arxontlar hokimiyati oila va meros huquqiga rioya 
qilishga g’amxo’rlik (arxont eponim) sacral vazifa 
(arxont basilevs) sud jarayonlariga raislik qilish 
(fesmofet) bilan cheklangan edi. Arxont polemarx 
(qo’shin qo’mondoni) faqat nomidagina qo’mondon 
bo’lib, amalda u chet elliklar ustidan sud ishlarini 
amalga oshirar edi. Qurolli kuchlarga urush va 
tinchlik paytida rahbarlik qilish 10 strategga tegishli 
edi. Ular qur’a tashlash yo’li bilan emas, balki har bir 
nomzodga bevosita ovoz berish yo’li bilan saylanar 
edilar. Mansabdor shaxslar faqat boshiga mirta 
gulchambardan boshqa hech qanday hokimiyat 


586 
belgisiga ega emas edi. Bu uning xokimiyatini 
cheklanganidan guvohlik berar edi. Ammo katta 
bo’lmagan xokimiyatni ham suiste’mol qilish mumkin 
edi, shu sababli qonun bir kishini bir mansabga qayta 
saylashni taqiqlar edi. 
Boshqaruv kollegial edi. Har bir feldan 10 strateg 
saylanib, ko`cha va inshootlarni xolatini nazorat 
qilish uchun 10 astinom bozor va tovarlar to’g’risida 
g’amxo’rlik qilib sotuvchi va xaridor o’rtasidagi 
janjallarni10 agranomlar ajrim qilar edilar. Ijroiya 
xokimiyati har bir felddan 50 kishi saylanadigan 500 
lar kengashi- pritanlar qo’lida edi. Kengash xalq 
yig’iniga olib chiqiladigan qarorlar loyihasini 
tayyorlar va mansabdor shaxslar yordamida yig’in 
qarorlarini bajarar edi. Kengash jamoat ishlarini 
tashkil qilish, konfiskatsiya qilingan mulkni sotish, 
davlat saylagan komissiya orqali moliya ishlarini 
nazorat qilish, kemalar qurilishi va otliq qo’shinlar, 
Afina doimiy qo’shinini jangovar qobilyatini saqlash 
kabi ishlarni amalga oshirar edi. Besh yuzlar kengashi 
boshqaruv masalalarini tezkor hal qila olmas edi. Shu 
sababli har bir fild o’zining 50 vakili- pritanlat orqali 
davlatni yilni 1/10 qismida idora qilar edi. Pritanlar 
kun davomida majlis qurganlar, ularning ¾ qismi 
tunda qolgan. Kengash chet davlatlar bilan 
yozishmalar olib borgan, elchilarni qabul qilgan. Har 
kun pritanlar tarkibidan qur`a tashlash bilan kengash 
raisi saylanib, u davlat xazinasini kaliti va muhrini 


587 
olgan. U shu kun xalq yig’ini bo’lsa unga raislik 
qilgan. 
Dastlab xalq yig’ini oyda bir marta, keinchalik 
oyda 4 marta shaharning g’arbiy qismidagi qoyali 
terrasa pniksda to’plangan. Yig’ilishlarda besh yuzlar 
kengashi tayyorlagan qaror loihalari muhokama 
qilinib, so’zga chiquvchilar faqat shu mavzudagina 
so’zlashlari mumkin edi. Yig’ilish va ekklesiya “ 
isagoriya”- so’z erkinligiga qat’iy rioya qilinar, 
qaysiki “isotomiya”-mansablarni egallashda tenglik va 
“isonomiya” –qonunlar oldida tenglik fuqarolarning 
siyosiy huquqlarini poydevorini tashkil qildi. 
Afina davlati mehnat qobiliyatini yo’qotgan 
fuqarolar va Vatan uchun jonini fido qilgan 
fuqarolarning bolalari to’g’risida g’amhurlik qilgan. 
Aksincha davlat uchun xavfli deb hisoblangan 
fuqarolarni xalq yig’ini quvg’in qilishi mumkin 
bo’lgan. Afina demokratiyasi ostrakizm vositasi bilan 
obruli, ta’sirga ega bo’lgan mashhur fuqarolarni o’z 
yakka hukmronligini o’rnatishdan xavfsirab, uni 
quvg’in qilgan. Xalq yig`ini vakolatiga Afina 
fuqaroligiga qabul qilish,meteklar ishi, chet 
davlatlarga elchilar yuborish kirgan. Urush vaqtida 
strateglar xalq oldida o’zlari o’tkazgan urush 
xarakatlari to’g’risida hisobot berganlar, harbiy 
mag’lubiyat uchun hatto strateglarni o’lim jazosiga 
hukm qilinish xavfi kuchli bo’lgan. 


588 
Afinada mansabdor shaxslar katta xokimiyat va 
obro`ga ega bo’lmaganlar, aksincha yig’inlarda so’zga 
chiqishni biladigan,qonunlar loyihasini qabul qilishga 
xalqni ko’ndira oladigan, hech qanday mansabga ega 
bo’lmagan kishilar xalq ishonchiga sazovor 
bo’lganlar. Ular demagoglar deb atalgan. Afina 
davlati o’z fuqarolarining ma’naviy barkamolligiga 
jiddiy e’tibor bergan. Fuqarolarni teatrga kirish, 
bayramlarga ishtirok etish imkoniyati yaratilgan.
Tomoshalarga kambag’al kishilarning kirishi uchun 
davlat teorikon- teatrga kirish uchun ikki obol 
miqdorida pul to’lovini joriy qildi. Perikl taklifi bilan 
joriy qilingan nafaqa oddiy fuqaroga teatrga kirish 
imkoniyatini berdi. 
Er. avv. VI-V asr boshlarida sport musobaqalari 
zodagonlar uchun ko’ngil ochish bo’lsa, Afina 
demokratiyasi uni oddiy fuqarolarni ham sport bilan 
shug`ullanishlariga sharoit yaratishga harakat qildi.
Zallar, hammomlarga ega bo’lgan gimnasionlar, 
mashq qiladigan ko’p sonli palestralar har qanday 
Afina fuqarosi uchun ochiq edi. Lekin boy afinaliklar 
uchun gimnasion va palestalar alohida edi. Barcha 
sport inshoatlari davlat ixtiyorida edi. Sport
inshootlari ishini tashkil etish va boshqarish xalq 
yig’ini tomonidan tayinlangan lavozim safronist 
qo`lida edi. Sport Afinada kishini o’z-o’zini idora 
boshqarishga o’rgatish, adolatli o’yin qoidasiga rioya 
qilish, o’z ruhini ko’tarishga xizmat qilishi kerak edi. 


589 
Afinaliklar boshqa yunonlar kabi ko’pgina yugurish 
bilan (mash`ala yoki boshqa yuk bilan uzun 
masofaga, to`la harbiy anjomda yugurish) 
shug’ullanganlar. Shu bilan birga aravalarda poyga, 
sakrash, nayza yoki disk uloqtirish, qo’l jangi, kurash 
va kamondan otish keng tarqalgan. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling