O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Klisfenning islohotchilik faoliyati
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Klisfenning islohotchilik faoliyati Pisistrat va uning o’g’illari tiraniyasi ag’darilganidan so’ng, yevpatridlarni o’z hukmronliklarini tiklashga urinishlari afinaliklarni ko’pchiligining keskin qarshiligiga uchradi. Shunday bir sharoitda demos qo’llab- quvvatlagan Klisfen yangi islohotlarni o’tkardi (Er. avv. 509-507-yillar). 569 U mamuriy hududiy islohotni amalga oshirdi. Attika urug’chilik tashkiloti o’rniga 10 ta yangi hududiy filga ajratildi. Bu urug’chilik aloqalarini uzilishi va aholini aralashib ketishiga olib keldi, endilikda Attika aholisi yashash joyiga qarab hududiy aloqalar bo’yicha birlashdi, urug’ fillari to’la tugatildi. To’rt yuzlar kengashi endilikda 500 fuqaroni o’z tarkibiga kiritdi. Har yangi 10 hududiy fildan 50 kishi bu kengashga saylandi, shu bilan birga yangi besh yuzlar Kengashi tarkibi (Bule) har yili to’la yangilandi. Kengash a’zolari qura tashlash yo’li bilan saylandi, ikki martadan ortiq saylanish mumkin emas edi. Klisfen tub joy aholi huquqiga kelgindi aholi huquqini tenglashtirdi, endi fuqarolik qadimgi urug’ filiga mansublik bilan emas balki eng kichik hududiy birlik demga mansublik bilan belgilandi. Endilikda har bir fuqaro o’z ismiga otasining avlodi ismi emas o’z demini nomini qo’shdi, bu fuqarolik jamoasini barqarorligiga olib keldi. Klisfen Afina demokratiyasiga tahdid solishi mumkin bo’lgan obro’li boy fuqaroni aniqlaydigan ostraktizm tamoyilini joriy qildi. Afinada o’z shaxsiy hokimiyatini o’rnatishga gumon qilingan fuqarodan sud qarori bo’yicha ovoz berish yo’li bilan Afinadan quvg’in qilinadigan bo’ldi. Klisfen islohotining ahamiyati shundaki, bu islohotlar urug’chilik munosabatlarini urug’ zodagonlarining hokimiyati qoldiqlarni to’la tugatdi. 570 Afina davlat qurilishiga demokratiyani to’la hukmronligini o’rnatdi. Barcha Afina fuqarolari (Afinada yashayotgan chet elliklar qullar bundan mustasno) polisning siyosiy hayotida faol qatnashdilar. Ular har qanday davlat lavozimlariga saylanishlari, o’z fuqarolik jamoalari siyosiy hayotini eng muhim muammolarini yechishda ishtirok etishlari mumkin edi. Afina demokratiyasi barcha yunon polislari orasida eng ilg’or va rivojlangan demokratik davlat qurilishiga ega edi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling