O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
 
 
Arxaik davri hayotining umumiy manzarasi 
Taxminlarga ko’ra arxaik davrda yunon uy-joyi 
oddiy va bir qavatli edi. Epik matnlariga ko’ra 
erkaklar qisqa ko’ylak (xiton) kiyib, ko’chaga 
chiqayotganda ustlariga keng yoping’ich xlamida 
tashlaganlar. Ayollar xiton ustidan hashamatli keng 
kiyim, kamar bilan tortilgan kamzol (peplum) 
kiyganlar. Sharqdan erkaklar uchun uzun, yubka 
kanopdan to’qilgan, tumshuqqacha boradigan xiton 


552 
o’zlashtirib olingan, sochga tilla to’g’nog’ich 
qistirilgan. Ijtimoiy tabaqalanish kiyinishga ta’sir 
qilgan. Zodagon yoshlar otliq yurganda, oval plash – 
xlamida bilan o’ranganlar, hunarmandlar esa chap 
elka orqali tashlangan kamtar jun yoping’ich 
(eksomida) bilan cheklanib qolganlar.
Arxaik davrda oila – nikoh munosabatlari ham 
o’zgardi. Gomer davrida kuyov kelinni ota – onalariga 
qimmatbaho sovg’alar berib sotib olar edi. Arxaik 
davrida esa kelinga sep berish odatga aylandi. 
Nikohga asos bo’lib yoshlarning ota – onasi o’rtasida 
tuzilgan kelishuv shartnomasi xizmat qilar edi. 
Tegishli qurbonliklar qilingach kelinni otasining uyida 
to’y tantanalari va ziyofat boshlanar edi. Quyosh 
botishi bilan kelin kuyovning uyiga kuzatib 
qo’yilgan. 
Dafn marosimlari o’zgardi. Arxaik davrida 
ko’kragiga urib yig’laydigan go’yandalar paydo 
bo’ldi. Yig’i – sig’idan so’ng marhum jasadi yuvib-
taralib xushbo’y yog’lar surtilgan. Keyingi kun dafn 
qilish marosimi yig’i bilan mayit shahar tashqarisidagi 
qabristonga chiqarilgan. O’likning og’ziga er osti Aid 
podsholigida o’liklarni tashuvchi Xarondga to’lov 
sifatida tanga qo’yganlar. Ehtimol krematsiya ham 
bo’lgan, bu haqda Gomer poemalarida eslatiladi. 
Marhum o’zining qimmatli buyumlari bilan katta 
gulxanda yoqilgan, olovga vino, sut va asal sepish 
rasmi bilan marosim tugagan. 


553 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling