O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Davlat tuzumi
Sparta davlati aristokratik xarakterga ega edi. Butun hokimiyat periek va ilotlar ustidan hukmronligini o’rnatgan tor doiradagi spartaliklar qo’lida edi. Davlat tepasida ashad va yevrionit urug’larida mansub bo’lgan ikki podsho turar edi. Ular asosan harbiy boshliqlar bo’lib tinchlik vaqtida ba’zi kohinlik vazifalarini, qisman sud majburiyatlarini amalga oshirganlar, ikki podsho ham oqsoqollar kengashi gerusiya tarkibiga umrbod kirganlar. Podsholar hokimiyati xalq yig’inining keng vakolatlari bilan cheklab qo’yilgan edi. Podsholardan biri urush vaqtida qo’shinga boshchilik qilgan, ammo ular raxbarlikda eforlarning fikrlarini hisobga olishga majbur bo’lganlar. Xalq yig’ini eng muhim masalalar yuzasidan qaror chiqarish huquqiga ega edi. Faqatgina xalq yig`inigina urush e’lon qilish huquqiga ega edi. Fuqarolik ishi bo’yicha sud ishlarini mansabdor shaxslar-eforlar amalga oshirganlar. Ular 549 spartaliklarning butun hayoti davomida qonunlarni bajarishini ham nazorat qilganlar. Eforlar davlatda ijroiya hokimiyatni ham amalga oshiganlar. Taxminlarga ko’ra eforlar ilk davrda podsholar tomonidan tayinlanganlar, er. avv. XI asrdan boshlab esa xalq yig’ini tomonidan tayinlanganlar. Besh efor podsholar va gerusiya faoliyatini nazorat qiladigan oily organ sifatida paydo bo’ldi va tezda Sparta oligarxiyasi hokimiyatining qo’shimcha oliy organiga aylandi. Besh Sparta qishlog’ining har biridan 1 tadan efor bir yil muddatga saylangan. Ular oliy nazorat hokimiyatiga ega edilar. Hamda har qanday spartaliklarni, hatto geront va podsholarni ham javobgarlikka tortish huquqiga ega edilar. Bundan tashqari Sparta turmush tarzi qoidalari va Sparta qonunlarini bajarilishini kuzatganlar. Eforlar spartaning ichki va tashqi siyosatini boshqardilar hamda ilotlarga qarshi jazo-qo’rqitish tadbirlarini amalga oshirishga rahbarlik qildilar. Podsholar 60 yoshdan yuqori bo’lgan aslzoda- yigirma sakkiz keksadan tuzilgan kengash (gerusiya) majlisiga boshchilik qilganlar. Gerusiyada xalq yig’iniga ko’riladigan qaror loyihalarini tayyorlaganlar, hamda jinoiy ishlar bo’yicha sud ishlarini amalga oshirganlar. Eforlar xalq yig’ini- appelaga boshchilik qilganlar. Ular har qanday mansabdor shaxsni ishdan chetlatish, zaruriyat bo’lganda chet elliklarni mamlakatdan chiqarib 550 yuborish huquqiga ega edilar. Davlat moliyasi, tashqi ishlar ularning qo’lida edi. Podsholar ba’zi umrbod imtiyozlarga (xarbiy o’ljalar 1/3 ga egalik qilish, tantanali dafn qilish va h.k.) ega bo’lsalarda eforlarning kuchi hokimiyati ularni podsholar bilan bir qatorda kuyar edi, bu tashqi tomondan quyidagi odatda ifodalangan edi. Boshqa spartaliklardan farq qilgan holda, eforlar podsholar ko’ringanda o’z o’rinlaridan turmaslik huquqiga ega edilar. Xalq yig’ini appelada 30 yoshga etgan barcha spartaliklar ishtirok etar edilar. Masalalar qizg’in muhokama qilinadigan oddiy fuqoro faol so’zga chiqadigan Afina eklessiyasidan Sparta appelasi keskin farq qilar edi. Appelada oddiy spartaliklarning ovozi faqat favqulodda holatlarda eshitilar, barcha qarorlar eforlar va gerusiya a’zolari tomonidan taklif etilar edi. Appela muhokama qilmas, bahslashmas faqat ovoz berar edi. Spartaliklarning davlat qurilishi ana shunday edi. Bu davlat qurilishi qonunshunos Likurg tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasi edi. Sparta davlatining konservativ holati uni zaiflashtirar edi. Sparta to er. avv. IV asrning ikkinchi yarmigacha shu xolatda yashadi. Er. avv. IV asrning II yarmidan boshlab butun yunon dunyosini cho’lg’ab olgan ijtimoiy va madaniy o’zgarishlar Spartaga ham ta’sir qila boshladi. Spartaning maqtalgan tenglar jamiyati buzildi. Spartalik erkaklarning barchasi uchun harbiy xizmat 551 majburiy edi. Spartaliklar 7 yoshdan 18-20 yoshgacha harbiy ta’limni o’rganib 20 yoshdan 60 yoshgacha harbiy xizmatda bo’lganlar. Jangda qo’shinning oldingi qismida ilotlar, perieklar borgan, ulardan keyin yosh spartaliklar, oxirida 60 yoshgacha bo’lgan keksalar jangga kirishgan. Sparta qo’shini er. avv. VI- V asrlarda yunonistondagi eng yaxshi tashkil etilgan intizomli va kuchli qo’shin edi. Qo’shinlar 12 ta harbiy qismga (loxga) bo’lingan. Lox tepasida loxak turgan. Qo’shinga qo’mondonlikni podsholar amalga oshirganlar. Ularga harbiy ishlarda harbiy maslahatchilar yordam berganlar. Qo’shin tarkibida 300 ta suvoriy askar bor edi, suvoriylar urush vaqtida podsholarni qo’riqlaydigan tinchlik vaqtlarda esa mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan o’ziga xos otliq gvardiyani tashkil etganlar. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling