O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
Reyting savollari 
1. Yunon 
–fors 
urushlaridan keyin qaysi 
yunon 
polisining
iqtisodiyotni umumiy 
o`sishi kuzatiladi? 
A) Evbeyada
B) Miletda
S) Messeniyada
D)Kerkirada
E)Afinada 
2. Afina qaysi yunon 
polislari bilan savdo-
hunarmandchilikda 
raqobati kuchaytirdi? 
A)Korinf va Megara 
bilan
B) Attika va Pella bilan
S) Rim bilan
D) Amfiopol va 
Messeniya bilan
E) Frakiya bilan. 


605 
3. Afina yunon 
polislaridagi qaysi
tuzumni qo`llab- 
quvvatlashga harakat
qiladi 
A) demokratik tuzimini
B) oligarxik tuzimini
C) tiraniyani
D) monarxiyani
E) respublika tuzimini 
4. Peloponnes urushi 
necha yil davom etdi? 
A) 25 yil
B) 10 yil
C) 18 yil
D) 30 yil
E) 27 yil 
5. Peloponnes urushi er. 
avv. nechanchi yilda 
Sparta qo’shinlarini 
Attika hududida bostirib 
kirish bilan boshlandi? 
A) er. avv. 434-yil
B) er. avv. 450-yil
C) er. avv. 431-yil
D) er. avv. 428-yil
E) er. avv. 446-yil 
6. Afina harbiy 
kuchlarini boshqargan 
Perikl quruqlikda 
qanday urush usulini 
qo’llash kerak deb 
hisobladi? 
A) mudofaa usulini
B) falanga usulini
C) qurshab olish usulini 
D) qamal usulini
E) to’g’ri javob yo’q 
7. Perikl necha yil qaysi 
vazifada ishlagan? 
A) 15 yil, arxont 
vazifasida
B) 16 yil, strateg
vazifasida
C) 18 yil, sudya
vazifasida
D) 15 yil, strateg
vazifasida
E) 16 yil, arxont; 18 yil 
strateg vazifasida 
8. Kimning davrida 
Afina floti Peloponnes 
qirg’oqlarida faol urush 
harakatlarini boshladi? 
A) Perikl davrida


606 
B) Alkiviad davrida
C) Kleon davrida
D) A,B
E) A, B, C 
9. Nechanchi yil 
afinaliklar
Messeniyadagi muhim 
polisni va uning 
qarshisidagi Sifakteriya 
orolchasini bosib 
oldilar? 
A) er. avv. 428-yilda 
B) er. avv. 430-yilda
C) er. avv. 431-yilda 
D) er. avv. 425-yilda 
E) er. avv. 426-yilda 
10. Peloponnes urushi 
oqibatida 
spartaliklarning ahvoli 
og’irlashib qolgach, 
urush harakatlari 
qayerga ko’chdi? 
A) Attikaga
B) 
Frakiyaga
C) Sirakuzaga
D) Pellaga
E) Messeniyaga 
11. Er. avv. nechanchi 
yilda Amfiopol shahri 
yaqinida katta jang 
bo’ldi ?
A) er. avv. 438-yilda
B) er. avv. 435-yilda
C) er. avv. 422-yilda 
D) er. avv. 428-yilda 
E) to’g’ri javob yo’q. 
12. Qaysi jangdan so’ng 
Afina va Sparta o’rtasida
50 yil muddatga tinchlik 
shartnomasi tuzildi? 
A) Amfiopol shahri 
yaqinida
B) Messeniya shahri 
yaqinida
C) Farkil shahri yaqinida
D) Attika shahri 
yaqinida
E) to’g’ri javob yo’q. 
13. Qaysi shartnoma 
Afina elchisi nomi bilan 
bog’liq ? 


607 
A) 
Nikiy
B) Kalliy
C) Axeliya
D) Salamin
E) Demosfen 
14. Sparta bilan urushni 
davom ettirish tarafdori 
bo’lgan Alkiviad qachon 
hokimiyat tepasiga keldi 

A) er. avv. 418-yilda 
B) er. avv. 422-yilda 
C) er. avv. 420-yilda 
D) er. avv. 421-yilda
E) er. avv. 419-yilda 
15. Alkiviad Sitsiliyani
bosib olish g’oyasini 
ilgari surdi, undan 
tashqari qayerlarni bosib 
olishni orzu qildi? 
A) janubiy Italiya va 
Karfagenni
B) Sirakuza va Megarani 
C) Korinf va Megarani 
D) Makedoniyani
E) Eronni 
16. Afinaliklar 
Sitsiliyadagi qaysi 
shaharga qarshi harbiy 
dengiz ekspeditsiyasini 
uyushtirdilar? 
A) Attikada
B) Sirakuzada
C) Pellada
D) Neopolda 
E) Alaliyada 
17. Afinaliklar Sitsiliya 
Sirakuza shaharlariga
nechanchi yil harbiy 
dengiz ekspeditsiyasini 
uyushtirdilar ? 
A) er. avv. 413-yilda 
B) er. avv. 415-yilda 
C) er. avv. 420-yilda 
D) er. avv. 417-yilda 
E) er. avv. 414-yilda 
18. Sirakuza Sparta 
yordami bilan
afinaliklarni tor-mor 


608 
qilgach qancha afinalik 
asir olinib, qul qilindi ? 
A) 
7000
B) 
7500
C) 
8000
D) 10000
E) 6000 
19. Sparta qaysi 
davlatning yordami 
bilan Kichik Osiyodagi 
yunon shaharlariga o’z 
ta’sirini kuchaytirdi ? 
A) Xitoy yordami bilan 
B) Hindiston yordami 
bilan
C) Eron yordami bilan 
D) Lidiya yordami bilan
E) Rim yordami bilan 
20. Peloponnes 
urushining ikkinchi 
bosqichi nechanchi 
yillarni o’z ichiga oladi ? 
A) er. avv. 415-405-
yillarni
B) er. avv. 415-404-
yillarni
C) er. avv. 415-401-
yillarni
D) er. avv. 415-400-
yillarni
E) er. avv. 415-408-
yillarni. 
21. Spartaliklar qaysi 
dengizga boradigan 
yo’llardagi bo’g’ozlarni 
bosib oldilar va bu 
Afinani oziq-ovqat bilan 
ta’minlashni 
qiyinlashtirdi ? 
A) Egey dengizida gi
B) O’rta Yer dengizidagi
C) Qora dengizidagi 
D) Sariq dengizida gi
E) Kaspiy dengizidagi 
22. Ilgari Afina o’z 
xarajatlarini ittifoqchilar 
hisobidan qondirgan 
bo’lsa, er. avv. IV asrda 
esa nimadan olinadigan 
soliq-eoysfora bilan 
qoplangan ? 


609 
A) oziq-ovqatdan
B) mulkdan
C) chorvadan 
D) yoysfora soliq turi 
mavjud emas
E) to’g’ri javob yo’q 
23. Qachondan boshlab 
meteklar va chet 
elliklarga alohida 
xizmatlari uchun polis 
hududida yer va uylarga
egalik qilish huquqi 
berila boshlandi? 
A) er. avv. V asr 
so’ngida
B) er. avv. VI asr 
boshida
C) er. avv. IV asrda 
D) er. avv. IV asr 
o’rtalarida
E) er. avv. VI asr oxirida 
24. Er. avv. V asr 
so’ngida meteklar va 
chet elliklarga alohida 
xizmatlari uchun polis 
hududidan nimalarga
egalik qilish hollari 
tarqaldi ? 
A) davlat xazinasiga
B) yer va uylarga
C) faqat yerga 
D) hamma soliq turlariga
E) hech qanday huquq 
berilmagan. 
25. Nechanchi asrda 
ozod qo’yilgan qullar 
soni o’sdi ? 
A) er. avv. V asrda
B) er. avv. IV asrda
C) er. avv. VI asrda 
D) er. avv. III asrda
E) er. avv. VII asrda 
26. Nechanchi asrda 
polislarda turli ijtimoiy 
tabaqalar o’rtasida 
ziddiyatlar kuchaydi ? 
A) er. avv. V asrda
B) er. avv. IV asrda
C) er. avv. VI asrda 
D) er. avv. III asrda
E) er. avv. VII asrda 
Qadimgi yunon madaniyati 
 


610 
Falsafa 
Ilk yunon falsafasi vakillari miletlik Fales, 
Anaksimandr, Kichik Osiyolik Anaksimon tabiatni, 
borliqni mohiyatini tushunishga harakat qildilar. 
Pifagor maktabining vakillari shuningdek Geraklit, 
Empedokl kabi “fiziklar” (fyuzis-tabiat demakdir) 
tabiatni o’rgandilar. Ular dunyoning asosini qidirdilar, 
tabiat mohiyatini turlicha izohladilar. Fales dunyoning 
asosi suv, Aniksimandr apeyron (boshlang’ich ibtido), 
Geraklit esa olov deb qaradilar. Demokrit (taxminan 
er. avv. 470-yilda tug’ilgan) borliq to’g’risida gapirib, 
borliq cheksiz bo’linma atomdan iborat degan fikrni 
aytdi. U dunyoning sababiy bog’lanishi haqida fikr 
yurutdi. Platon (er. avv.4 27-347-yillar) borliq, 
abadiy, o’zgarmas, bo’linmas, uni aql bilan bilish 
mumkin deb hisoblardi. Platon akademiyasida 20 yil 
ta’lim olgan Arestotel “g’oyalar dunyosi to’g’risida”gi 
ustozini fikrini tanqid qildi. Borliq Arestotel fikricha 
jins va tur shaklida mavjut bo’ladi. 
Suqrot (tax. er.avv.470-399 yillar) falsafada inson 
muammosiga jiddiy e’tibor berdi. U insonning o’zini, 
o’zligini anglashga jiddiy e’tibor beradi. U insonning 
falsafasining o’rganish ob’ektini tashkil etadi deb 
ta’kidladi. 
Yunon madaniyati uch avlod muhim o’rin tutadi. 
Ularning birinchisi er.avv.VI asr oxirida kirib keldi va 
Afina madaniyatini gullab-yashnashi uchun poydevor 


611 
qo’ydi. Esxil va Frinix Attika komidiyasiga asos 
soldilar. Haykaltaroshlar Kritiy va Nesiot er.avv.476 
yil Afina agrosini tiranlarga qarshi kurashdilar-
Garmoniy va Aristogiton haykallar bilan bezadilar. 
Olimpda Zevs ibodatxonasini haykallar bilan 
jihozladilar. Tafakkur qilish xali an’anaviy shakllarda 
oddiylik (an’anaviy shakllarda) qat’iy o’smirlik 
klassikasi shaklida hukm surar edi. 
Ikkinchi avlod Perikl davrida eng yaxshi yutuqlarga 
erishdi. Sofokl Tragediyalari, Geradot “Tarix”I , 
Parfinon va propileyning etuk klassik shakllari shu 
davrda yaratildi. 
Uchinchi avlod Peloponnes urushlari davriga 
mansub bo’lib. Afinaliklarning bu vaqtda boshqa 
madaniy dunyolar bilan tanishuvi natijasida ularning 
siyosiy va diniy qarashlari ma’lum darajada o’zgardi. 
Din 
Qadimgi yunon afsonalariga ko’ra dastlab Yer 
(Geya) va Xaos, hayotning boshlanishi (Eros) va yer 
osti dunyosi (Tartar) bo’lgan. Geya yulduzli osmon 
Uranna tug’adi. Uran dunyoning birinchi hukmdori va 
Yer ma’budasi Geyani turmush o’rtog’i bo’ladi. Uran 
va Geyadan keyin xudolarning II avlodi titanlar 
boshlanadi. Uran o’z o’g’li, dehqonchilik xudosi titan 
Tironos tomonidan ag’dariladi. Kronosning bolalari 
Ait, Poseydon, Gestiya, Demetra, Zevs, Gera bo’ladi. 
Olimpning bosh xudosi Zevs osmon, chaqmoq 


612 
hukmdori, Poseydon yer va dengizni sug’oradigan 
namlik xudosi, Ait (Pluton) yer osti dunyosi 
hukmdori bo’ldi. Zevsning rafiqasi Gera nikoh 
homiysi, Gestya uy o’chog’i ma’budasi, Demetra 
dehqonchilik homiysi deb sig’inganlar. Zevs va 
Geradan o’smirlik ma’budasi Geba, urush xudosi 
Ares, temirchi va hunarmandlar homiysi Gefest 
tug’iladi. 
Zevsning avlodlaridan tabiatning ilk uyg’onish 
xudosi Apollon alohida turadi. U hamda san’at 
homiysi davolovchi xudo. Apollonning singles 
Artimida ovchilik ma’budasi va yoshlarning homiysi. 
Germes-moddiy mo’l-ko’lchilik xudosi, keyin savdo 
xudosi, aldamchi va o’g’rilar xudosi, keyinchalik esa 
notiqlar va sportchilar homiysi. Dionis (Vakxa) tabiat 
kuchlari, uzumchilik va vinochilik xudosi deb 
sig’inganlar. Jangovar Afina donolik ma’budasi 
sifatida shuhrat qozondi. 
Yunon diniy dunyo qarashi bo’yicha xudolar
odamlarga o’xshab azob chekishlari, insoniy his-
tuyg’uga ega bo’lishlari mumkun edi. Yunonlarning 
fikri bo’yicha odamlar va xudolar dunyolari o’rtasida 
o’tib bo’lmaydigan chegara yo’q edi. Ularni 
bog’laydigan bo’g’in sifatida xudolar va yerdagi 
ayollarning aloqasi natijasida tug’ilgan qahramonlar 
(yarim xudolar) bo’lgan. Misol uchun o’z 
qahramonliklari uchun xudolar safiga kiritilgan 
Gerakl shunday dedi. 


613 
Alohida polislarning homiylari hisoblangan 
xudolar va qahramonlarga bag’ishlab ibodatxonalar 
qurilgan va ko’p sonli qurbonliklar keltirilgan. Ba’zi 
ibodatxonalar oldida ibodat qilayotgan kohinlar 
xudolardan kelajak to’g’risida bashoratlarni 
so’rashlari mumkin edi. Ba’zi ibodatxonalar oldida bir 
necha yilda bir marta xudolar sharafiga gimnastik 
mashqlar, she’rlar o’qish, raqslar, notiqlik san’ati 
bo’yicha musobaqalar o’tkazilgan. Yunonistonda 
Zevs sharafiga har 4 yilda bir marta g’arbiy
Peloponnesdagi Olimpiya Zevs ibodatxonasida 
o’tkaziladigan o’yinlar eng mashhur edi. Yunonlar bu 
4 yillik muddatni olimpiada deb ataganlar. Er. avv. 
776-yildan olimpiya o’yinlariga butun Yunoniston va 
koloniyalardan ishtirokchi va tomoshabinlar 
kelganlar. Olimpiya o’yinlari o’tkazilayotgan vaqtda 
urushayotgan yunon polislari o’rtasidagi harbiy 
harakatlar to’xtatilgan. Olimpiya musobaqalari 
g’oliblari ibodatxona yonida o’sgan muqaddas lavr 
daraxti barglaridan oddiy gulchambar bilan 
mukofotlanganlar. G’olib sharafiga jez yoki marmar 
haykal qo’yilgan.
Bu musobaqalar fuqarolarni jismoniy 
rivojlanishiga imkoniyat yaratgan va yoshlarni harbiy 
jihatdan chiniqtirish uchun xizmat qilgan. Yunonlar 
bayramlar, o’yinlarni hamkorlikda tashkil qilish va 
eng muqaddas ziyoratgohlarni himoya qilish uchun
alohida ittifoqlar-amfiktioniyalar tashkil qildilar. 


614 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling