O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


O’rta podsholik (2020-yil – er. avv. XVII asr


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

O’rta podsholik (2020-yil – er. avv. XVII asr 
boshlari ) 
Qayta birlashgan Misr davlatini boshqargan XI 
sulola fir`avnlari davrida keng qamrovli qurilish 
ishlari, faol tashqi siyosat ( Osiyoda urushlar ,uzoq 
Puntga ekspeditsiyalar ) qayta boshlandi. Ammo 
mamlakat ichida o`zaro urushlar hali saqlanib qoladi. 
Haqiqiy mustahkam davlatni yangi XII –sulola barpo 
qildi. XII- sulolani asoschisi Amenemxet I (er. avv. 
1976- 1947yillar) fir`avn bo`lganiga qadar XI 
sulolaning oliy amaldori edi.
Markaziy hokimiyat kuchayib, umummisr sun'iy 
sug’orish tizimi qayta tiklandi. Fayum ( “ ko`l yeri”) 
vodiysidagi bepoyon botqoqliklar o’zlashtirildi. 
Fayum suv ombori barpo etilishi natijasida ko’plab 


67 
yangi yerlar ochildi. Fayum vodiysida yangi shahar - 
Illaxun barpo qilindi.Illaxun shahrida ming xonali 
ulkan (labirint-yunoncha) tosh inshoot barpo etildi. Bu 
inshoot diniy maqsadlarga xizmat qilib, turli nom 
xudolariga bag`ishlangan ibodatxona vazifasini 
o`tagan. 
Janubiy delta, Fayum va uni atroflarini obod 
qilinishi, XII sulola fir'avnlarining poytaxtni Fivadan 
yangi qurilgan shahar Ittaun («Ikkala yerni 
birlashtiruvchi») shahriga ko`chirishlariga sabab 
bo’ldi. Qishloq xo’jaligi yuksalib yangi qulay
omoch paydo bo’ldi. Ilk jez (bronza ) qurollar 
o`zlashtirildi. Mesopotamiya, Kichik Osiyo va 
Sharqiy O’rtayer dengizi qirg`oqlari jez qurollarni 
bundan ancha oldinroq qo`llay boshlagan edilar. 
Misrni bu sohada qoloqligini sababi Nil va uni 
atrofida jez xom ashyosini yo`qligi edi. Boshqa 
yutuqlardan biri shishaning kashf etilishi edi.
Iqtisodiyotning jonlanishi metallarga, kumush, 
qurilish yog`ochiga ehtiyojni kuchaytirdi. Bu chet 
mamlakatlar bilan savdo aloqalarini faollashuviga olib 
keldi. Misr savdo karvonlari Nil, Suvaysh bo`yni 
orqali Kichik Osiyo va Bobilga chiqdilar. Janubiy 
Nubiya va Puntdan oltin olib kelindi.
O’rta podsholikda yirik xo`jaliklar o’rniga o`rta 
xo`jaliklar yetakchi o’rin egalladilar. Ular foyda
keltiradigan barqaror xo’jalik edi, bozor bilan 
bog`lanish va qul mehnatidan foydalanish kuchaydi. 


68 
Kichik xo’jaliklarning soni oshdi. Kichik yer egalari 
hujjatlarda «xemum nesut» - podsho odamlari deb
ko`rsatilgan. Zodagon va ibodatxona xo’jaliklarida 
mehnat qiladiganlar ham shunday deb atalgan. 
«Podsho odamlari» deb atalgan aholining bir qismi 
yoshlik paytidan aholi ro`yxatidan o’tkazilib ma'lum 
hunarlarga taqsimlanar edilar.
Misr hukmron qatlamlarida ham o’zgarish yuz 
berdi. Oliy tabaqaga urug` zodagonlari va xizmat 
zodagonlari, oliy kohinlar, davlat apparatining katta
amaldorlari kirar edilar.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling