O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Davlat boshqaruvi. Tashqi siyosat


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
Davlat boshqaruvi. Tashqi siyosat 
O’rta podsholik davrida ko’p sonli byurokratik
apparat qayta tiklandi. Uning boshida «xudo Radan 
kelib chiqqan» fir'avn turar edi. U mamlakatda tanho 
hokim edi. Ammo fir'avn nom boshqaruvini, mahalliy 
nomarxlarni o’zining to`la nazoratiga ola olmadi. 
Fir'avn Senusert (1887-1850-yillar ), uning o`g`li 
Amenemxet III (1853-1806-y.) bir qancha merosiy 
nomarxlarni o’z kishilari bilan almashtirishga urinib 
ko`rdilar. Ammo bu harakat nomarxlarning jiddiy 
qarshiliklariga uchradi. Amenemxet I ning 
aslzodalarni o`zboshimchaliklariga qarshi qat`iy 
kurashi, o`z yotoqxonasida unga suiqasd qilinishiga 
sabab bo`ladi. Ko`rinishidan Amenemxet II (er. avv. 
1911 -1879-yillar) fitnachilar tomonidan o`ldirilgan.
Fir'avnlarning sog`onalari endi ko`rimsiz loydan 


69 
barpo qilinib, kamtarona tusda bo’ldi. Nomarxlarning 
qoyalarga uyilgan sog`onalari paydo bo’ldi. Fir'avnlar 
eski aslzodalarni mavqeini pasaytirishga urunib
davlat mansablariga o`rta qatlam vakillarini tayinlay 
boshladilar. Xizmatdagi zodagonlar moddiy jihatdan 
podshoga to`la qaram edilar. Amenemxet III davrida 
amaldorlardan biri bolalariga nasihatnomasida
podshoni ko`klarga ko`taradi va o’g’illarini unga 
sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi, chunki 
“podsho – bu yemish”. XII sulola podsholari 
hokimiyatni merosiyligini kafolatlash maqsadida o`z 
o`g`illari bilan birgalikda hukmronlik qilish an’anasini 
kiritadilar. Fir`avn hokimiyati faqat Amenemxet III 
(er. avv. 1853-1806-yillar) to`la mustahkamlanadi.
Er. avv. 2000-1775-yillarda XII sulola fir'avnlari 
mamlakatni barqaror holatga keltirdilar. Ular faol 
ichki va tashqi siyosat yuritib, Misrni kuchli davlatga 
aylantirdilar. Fayum vohasini o’zlashtirish davom 
etdi. Nubiyadagi boy oltin konlari ishlatila boshlandi. 
Nubiyada yangi yo`llar, qal'alar qurilib, bu yerga
Misrdan aholi ko`chirilib keltiriladi. Nilning har ikki 
qirg`og`ida ikkinchi ostona rayonida Semna va 
Kumna nomli mustahkam qal'alar qurildi. Nubiya 
amalda Misrning provinsiyasi bo’lib qoldi. Sharqiy 
O’rtayer dengizi hududlaridan kumush, qurilish 
yog`ochi, (asosan kedr yog`ochi) olib kelinadi. 
Finikiyaning bir necha shaharlari Misrga qaram 
bo’ldilar.


70 
Ammo er. avv. XVIII asr o’rtalarida O`rta 
podsholikning zaiflashuv alomatlari ko`rina boshladi. 
Mamlakatda er. avv. 1750-yillar atrofida kuchli 
g`alayonlar boshlandi. Bu haqda “Ipuser so’zlari”, 
“Neferti so’zlari” deb atalmish manbalar aniq 
ma'lumot beradilar. Mamlakatda XIII sulola vakillari 
bilan bir vaqtda mustaqil hukmronlik qiladigan bir 
necha markazlar vujudga keldi. Misrni yagona davlat 
sifatida yemirilishini birinchi belgisi deltaning g`arbiy 
qismida markazi Ksois shahri bo`lgan, XIII sulola 
bilan bir vaqtda hukmronlik qilgan va unga 
bo`ysunmagan XIV sulolani paydo bo`lishi edi. Bu 
voqea er. avv. 1700-yil atrofida yuz berib, bu O`rta 
podsholik davrini tugashini bildiradi. Bu voqeadan 
yangi II o`tish davri (er. avv. XVI asr o`rtalarigacha) 
boshlanadi.
Bu vaqtda Misr chegaralarida ko’chmanchi 
qabilalar mamlakat xavfsizligiga taxdid sola
boshladilar. Ayniqsa, janubiy Falastin va Sinay yarim
orolida tashkil topgan ko’chmanchi giksos 
qabilarining ittifoqining deltani sharqiy qismiga 
bostirib kirishi halokatli bo’ldi. Er. avv. III asrda 
yashagan kohin Manefon “Misr tarixi” asarida 
giksoslarni, “cho’ponlar-podshosi” deb tilga oladi. 
Misrliklar ularni “shasu” (“ko’chmanchilar”; 
keyinchalik arab mualliflari asarlarida amalikitlar) deb 
ataganlar.


71 
Giksoslar Misrni bosib olib Avaris (Xat-Uart- 
misrcha) shahrini poytaxt qildilar. Ular o’zlari bilan 
Misrga otlarni va jang aravalarni olib keldilar. Ular 
Misr xudolaridan chet el mamlakatlari homiysi 
hisoblangan Setiga alohida e’tiqod qildilar. Misr 
tarixida giksoslar shartli XV-XVI (1710-1580-yillar) 
sulolalar sifatida belgilanadi. Ular mamlakatni qariyb 
150 yil boshqardilar.
Fiva hokimlari giksoslarni mamlakatdan haydab 
chiqarishga boshchilik qildilar, er. avv. XVI asr 
o’rtalarida podsho Yaxmos I giksoslarni tor-mor 
qildi. Avaris shahri, janubiy Falastindagi giksoslar 
tayanchi Sharuxen qal’asi ishg’ol qilindi. Giksoslarni 
haydalishi bilan Misr tarixida-yangi podsholik (er. 
avv. 1584-yildan-1075-yilgacha) davri boshlandi. 
Yaxmos yangidan Misrni birlashtirgan XVIII sulola 
asoschisi bo’ldi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling