O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Agrar masala
Sitsiliyadagi qullar qo’zg’oloni Rim jamiyatini ichida va butun mamlakat miqyosida kuchli ziddiyatlar mavjudligini belgilaridan biri bo’ldi. Quldorlik munosabatlarini keng tarqalishi dehqonlarni yersizlanishi, xonavayron bo’lishi, ommaviy tus olishi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni yanada kuchaytirdi. 783 Hukmron tabaqaning uzoqni ko’ra oladigan vakillari davlatni, uni harbiy kuchini mustahkamlash maqsadida Rim qo’shinlarining asosini tashkil etgan dehqonlar ahvolini yaxshilash zarurligini tushunar edilar. Shu maqsadda yirik yer egalari qo’lida to’planib qolgan ortiqcha jamoa yerlarini bir qismini yersizga, muhtojlarga taqsimlash taklif qilindi. Ammo nobillar va katta yer egalari hal qiluvchi rolni o’ynagan. Senat yerni qayta taqsimlashga keskin qarshilik ko’rsatar edi. Agrar islohotlarni o’tkazish uchun Rimda harakat boshlandi. Taniqli plebey urug’I Semproniylardan bo’lgan, mashhur Stistipionni nevarasi, otasi ikki marta konsul bo’lgan, tsenzorni o’g’li 28 yoshli Tiberiy Semproniy Grakx agrar islohotlarni o’tkazish uchun keskin kurash boshladi. Er. avv. 133-yilda Tiberiy Grakx xalq tribuni lavozimida saylanib, o’z agrar qonun loyihasini taklif qildi. Bu qonun loyihasi bo’yicha yerga egalik qilish 500 yugergacha cheklanib, agar oilada ikki voyaga yetgan o’g’il bo’lsa har bir oila 1000 yugergacha yerga ega bo’lishi mumkin edi. Qolgan ortiqcha yer pul mablag’I bilan kompemsatsiya qilish asosida davlatga qaytarilishi kerak edi. Yangidan tashkil etilgan yer jamg’armasi 30 yuger (7,5 ga.) miqdorida chek yeriga bo’linib, yersiz va kam yerli fuqarolarga merosiy ijara huquqida taqsimlanishi kerak edi. Ularning egalari xazinaga uncha ko’p bo’lmagan miqdorda soliq to’lashlari lozim edi. Qishloqdagi 784 kichik ishlab chiqaruvchilarni yersizlanishi va xonavayron bo’lishini to’xtatish maqsadida davlatdan olingan yerlarni sovg’a qilish yoki sotish taqiqlanar edi. Qonun loyihasi qabul qilindi, islohotni ntensi oshirish uchun tarkibida Tiberiy va uning ukasi Gay bo’lgan komissiya tashkil etildi. Islohotga qarshi bo’lgan senat tashkiliy xarajatlarga pul mablag’I berishdan bosh tortdi. Tiberiy yana bir senatga qarshi bo’lgan qonunni komisiyalarda qabul qilinishiga erishdi. Agrar komisiyaning ehtiyoji uchun vafot etgan pergam podshosi Attal IIIning xazinasini berishga erishdi. Tiberiy Grakxning islohotchilik faoliyatiga qarshi kuchli qarshilik boshlanib uning dushmanlari navbatdagi saylovlar paytida Tiberiy va uning tarafdorlarini o’ldirdilar. Shundan 10 yil o’tgach islohotlar dasturini Tiberiyning kichik ukasi Gay Grakx taklif qildi. Gay Grakx agrar sohada emas sud, ma’muriy tizim, qo’shin va pul tizimida qator islohotlarni ntensi oshirdi. Bir qancha tadbirlar shahar plebsi foydasiga o’tkazildi (arzon non sotish) va suvoriylar toifasidan provinsiya noiblari su’istemollarini ko’radigan sud komisiyalari tashkil qilindi. Lekin shahar plebsining katta qismi va suvoriylar agrar islohotlardan manfaatdor emas edilar. Buning ustiga provinsiyalarga qishloq xo’jalik koloniyalarini tashkil etilishi suvoriylarning noroziligiga olib keldi, Gay Grakxning Italiyaning Rimdan tashqari 785 hududlari aholisiga fuqarolik huquqini berish niyati Rim plebsini unga qarshi bo’lishiga sabab bo’ldi. Plebs o’z imtiyozlari va o’zlari oladigan xayr-ehsonni boshqalar bilan baham ko’rishni istamas edilar. Gay Grakxning islohotchilik faoliyatida jamiyatning turli xil tabaqalariga tayandi. Uning raqiblari er. avv. 122- yildagi saylovda uning qayta saylanishiga yo’l bermadilar. Ommaviy to’qnashuvda Gay Grakx va uning tarafdorlari halok bo’ldilar. Uning o’limidan keyin agrar qonunni hech kim bekor qilishga botina olmadi, lekin yerlarni taqsimlovchi komissiya tugatildi va yer berish to’xtatildi. Er. avv. 111-yildagi agrar islohot ilgari 500 yugergacha egallangan yerlarni va islohotlar natijasida 30 yugerlik yerlarni o’z egalariga xususiy mulk sifatida qonunlashtirdi. Islohotchi aka-uka Grakxlarning ntensi oshirgan ko’pgina tadbirlari eng jiddiy natijalarga olib keldi. Gay Grakx o’limidan keyin oligarxiya o’z mavqeini qisman tikladi. Suvoriylar sud ishlarini o’z qo’llarida saqlab qoldilar. Agrar islohot o’tkazish to’xtatildi. Er. avv. 121-yilda agrar islohotlar natijasida olingan yer ulushlarini begona qilmaslik bekor qilindi, er. avv. 119-yilda agrar komisiya faoliyati to’xtatildi. Er. avv. 111-yilda plebey tribuni Spuriy Toriy qonuniga asosan fuqarolar ijaraga olgan 500 yugergacha bo’lgan barcha davlat yerlari xususiy mulk deb e’lon qilindi. Italiyada tashkil topgan 10 minglab ntens xo’jaliklar o’nlab yillar mavjud bo’ldi, shahar 786 plebsiga tarqatiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini miqdori o’sdi. Grakxlar faoliyati senatda va siyosiy hayotda nobillarning yagona hukmronligiga putur yetkazdi. Aka-uka Grakxlarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatlari natijasida Rimda senat, suvoriylar va barcha boy toifalarni “partiya” nten’lgan optimatlar va nobillarga qarshi turgan plebey demokratiyasining “partiyasi”-populyarlar paydo bo’ldi. Populyarlar va optimatlar atamalarini birinchi ntens. avv. 63-yilda notiq va siyosiy arbob Sitseron ishlatdi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling