162
qarorlari aks etgan 10.000
loy taxtachalardan iborat
arxiv; er. avv. II ming yillikka oid qadimgi
Arrapxadan topilgan 4000 loy taxtacha; er. avv. XII-
XI asrlarga
oid Ashshur shahri arxivi, er. avv. I ming
yillika oid Nippur, Bobil, Borsippa, Ur va Uruk
shaharlari kesishmalarida topilgan arxivlar, ayniqsa,
Nippurda «Murashu uyi»dan topilgan er.avv. V asrga
oid 700 hujjat diqqatga sazovordir.
Huquqiy hujjatlar
Huquqiy hujatlardan bizgacha yetib kelgan
yodgorliklarning ko’pchiligi Mesopotamiyadan
topilgan. Ulardan eng qadimgisi podsho Shul'ga
qonunlari, (er. avv. III ming yillikning oxiri), er. avv.
XX
asrga oid Eshnunna qonunlari, undan kirish va 59
modda saqlanib qolgan; er.avv. II ming yillik
boshlariga tegishli Larsa va Issin qonunlari parchalari,
Lipit-Ishtar
nomli hukmdorning kirish, xulosaning bir
qismi va 40 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib
kelgan.
Eng katta qonunlar to’plami 247-moddadan iborat
asosiy qism, xulosadan iborat Hammurapi
qonunlaridir. Er.avv. II ming yillik o’rtalariga oid
Osuriyaning yoki o’rta Osuriya qonunlari,
yangi Bobil
podsholigiga oid 20 ga yaqin qonun moddalari
bizgacha yetib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: