O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Qadimgi Mesopotamiya aholisi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Qadimgi Mesopotamiya aholisi 


158 
Mesopotamiyada odamlar qadimdan o’rnasha 
boshlagan, neolit davrida bu jarayon tezlashgan, 
Dastlab iqlimi qulay shimol o’zlashtirilgan. Qadimgi
Xassun, Xalaf madaniyatining etnik kelib chiqishi
noma'lum. Janubiy Mesopotamiya ilk manzilgohlari 
keyinroq eramizdan avvalgi IV ming yillikda va 
eramizdan avvalgi IV ming yillikni II yarmida El-
Ubayd madaniyati bilan belgilanadi. Ba'zi 
tadqiqotchilar bu madaniyatni shumerlarga tegishli 
deb, boshqalari protoshumerlarga bog`laydilar.
Shumerlarning janubiy Mesopotamiyada paydo 
bo`lishi taxminan er.avv.IV ming yilliklar bilan
belgilanadi.
Shumer tilini qaysi til oilasiga mansubligi ham 
noma'lum. Shumerlar mahalliy aholi bilan aloqa 
o`rnatib, ulardan bir qancha xo’jalik yutuqlari, diniy 
e'tiqodlar va toponomik nomlarni o’zlashtirib 
olganlar.
Mesopotamiyaning shimolida er.avv. III ming 
yilliklardan boshlab sharqiy semit chorvador 
qabilalari yashagan. Ularning tili akkad tili deb
atalgan. Er.avv. III ming yillik oxirida g`arbdan, 
Suriya cho`llaridan Mesopotamiyaga g`arbiy semit
chorvador qabilalari qirib kelgan. Akkadlar ularni
amoriylar deb atashgan. (Akkadcha «Amurri», 
«Suriya» yoki «Garb» deyilgan.) Er. avv. III-II ming 
yilliklarning birinchi yarmida amoriylar 
Mesopotamiyada bir necha podsho sulolalarga asos 


159 
solganlar. Qadimgi shimoliy Mesopotamiya, shimoliy 
Suriya va Arman tog`larida xurrit qabilalari yashagan. 
Shumer va akkadlar ularni va mamlakatni Subarti deb 
atashgan.
Er. avv. III ming yillikdan Shimoliy-sharqiy 
Mesopotamiyada Diyali daryosidan Urmiya 
ko`ligacha yarim ko`chmanchi kutiy (gutiy ) 
qabilalari yashagan. Kassit qabilalari shimoliy-g`arbiy 
Eronda, elamlardan shimolda yashagan. Ular er. avv. 
XVI asrda Bobilni bosib olib, o’z sulolariga asos 
soldilar: Kassitlar mahalliy madaniyat, tilni qabul
qilib mahalliy aholini assimilyasiya qildilar. Er. avv. 
II ming yillikning ikkinchi yarmida shimoliy 
Armaniston va Suriya cho`lidan shimoliy 
Mesopotamiyagacha g`arbiy semit guruhiga mansub 
kassit qabilalari kirib keldi. Ular er. avv. XII asr
oxirida shimoliy Suriya va janubiy-g`arbiy 
Mesopotamiyada kichik davlatlar barpo qildilar. Ular 
er. avv. I ming yillik boshlarida xurrit va amoriy 
aholisi bilan qo’shilib ketdilar. Oromiy tili bu yerda 
keng tarqaldi. Er. avv. X asrda janubiy 
Mesopotamiyaga oromiylarga qarindosh xaldey 
qabilalari kelib o`rnashdi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling