O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Er. avv. I ming yillikda Kichik Osiyo: Frigiya


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Er. avv. I ming yillikda Kichik Osiyo: Frigiya, 
Lidiya, Urartu 
 
 
Frigiya 
Err. avv. XIII asr o`rtalarida Bolqon yarim 
orollaridagi o`zini firigiyali deb atagan qabilalar 
Kichik Osiyoga kirib keldilar. Yuz yildan keyin 
boshqa Bolqon qabilasi Qoradengiz bo`yi briglari 
kichik Osiyoga kelib bu yerdagi birinchi to`lqin 
frigiyaliklarni qisman assimilyatsiya qilib, qisman 
siqib chiqardi. Yangi birlik frigiyaliklar Ilion 
(Troya) shahrini to`la buzib tashladilar. Er. avv.
VIII asr o`rtalarida Frigiya davlati amalda butun 
kichik Osiyoni Egey dengizidan Tavr va 
Urartugacha bosib olib o`zini gullab yashnagan 


269 
pallasiga kirdi. Keyingi rivoyatlarga ko`ra frigiy
davlatining asoschisi ( eramizdan avvalgi 750 yil
atrofida) kelib chiqishi dehqon bo’lgan Gordiy
nomli “butun Osiyoni “ egallab olgan va
mashhur “Gordiy tugunini” tuqqan kishi bo`lgan. 
Gordiyni o`g`li Midas davrida ( eramizdan
avvalgi 725- 696yillar atrofi ) Frigiya o`zini
taraqqiyotini eng yuqori cho`qqisiga chiqdi. 
Eramizdan avvalgi 717 yil atrofida Midas Tavr
va Kilikiyani bo`ysundirdi, ammo eramizdan
avvalgi 675 yilda kimmeriy va Urartu ittifoqchi
qo`shinlarini zarbasi ostida Frigiya davlati quladi.
Frigiyada o`ziga xos madaniyat shakllangan edi. 
Frigiya mabudalari Attisa va Buyuk ona Kibela
antik madaniyatga kuchli tasirini o`tkazdilar.
Lidiya 
Poytaxti Sard bo`lgan Lidiya podsholigi
taxminlarga ko`ra eramizdan avvalgi XII asrda 
Anatoliyaga (hozirgi Turkiya hududi) egey-bolqon
bosqinlaridan keyin xett kolonistlari, mahalliy 
liviya qabilasi bo`lgan meonlar tomonidan tashkil
etilgan. Eramizdan avvalgi VIII asrda Lidiya
Frigiyaga bo`ysunadi. Eramizdan avvalgi 685-
yillar atrofida taxtni podsho navkari Gig (Gug ),
egallab olib yangi Mermnad sulolasiga asos soldi. 
Bu sulola davrida Lidiya buyuk davlat mavqeini
oldi. 675-yildan Lidiya mustaqil bo`ldi. Biroz


270 
vaqt o`tmay Lidiyaga kimmeriylar bostirib kirdi. 
Lidiya podshosi Gig Ossuriyaga yordam so`rab
murojaat qildi va Ashshurbanipal (er. avv. 667-
yil) hokimiyatini rasman tan oldi. Ossuriya bilan
ittifoq bo`lib kimmiriylar hujumi qaytarildi. 
Eramizdan avvalgi 654-yil Lidiya zaiflashgan
Osuriya tarkibidan chiqib Misr bilan ittifoq
tuzdi. Eramizdan avvalgi 644 yilda kimmeriylar
Sardni bosib oldilar, Gig o`ldirildi, uning vorisi
yana Ossuriyaga tobe bo`ldi. Kimmeriylar
skiflar tomonidan tor – mor qilindi (er. avv. 643-
yil). Skif-Osuriya urushi (eramizdan avvalgi 630
yillar oxiri ) Lidiyani mustaqil bo`lishiga imkon
yaratdi. Lidiya podsholar Aliat va uning vorisi
Krez (er. avv. 561-547-yillar) davrida Paflagoniya, 
ifiniya, Osiyodagi yunon shaharlari bo’ysundirildi.
Lidiya Likiyadan tashqari Galis daryosidan 
g’arbdagi butun Kichik Osiyoni bo’ysundiridi.
Lidiya dunyoda birinchi bo’lib oltin va
kumushning tabiiy qo’shilmasi-elektradon (er. avv. 
VII asr) tanga zarb qildi va oltin tanga VI asrda
zarb qilindi. Krez davrida savdo-hunarmandchilik 
gullab yashnadi. Ammo er. avv. 547-yilda Krez 
Sard shahri yonida Kayxusrav boshchiligidagi fors 
qo’shinlari tomonidan tor-mor qilindi va Lidiya fors 
davlati tarkibiga kirdi.
Lidiya arxaik harbiy davlat edi. Podsho otliq 
qo’riqchi va muntazam qo’shinga tayanib davlatni 


271 
boshqargan. Podsho odida zodagonlar kengashi va 
xalq yig’ini bor edi. Lidiya tarixga musiqa san’ati 
rivojlangan mamlakat sifatida kirdi. 
Urartu 
Urartu tarixiga oid osur, urartu hujjatlari, podsho 
yozuvlari mavjud, shuningdek oz miqdorda xo`jalik 
hujjatlari ma`lum. Xurritlarga qarindosh bo`lgan 
Urartu (Uruatriy) qabilalari er. avv. 1300-yillar 
atrofida qabilalar ittifoqiga birlashganlar. Eramizdan 
avvalgi IX asr o`rtalarida bu ittifoq Biayneli (“Van”; 
osurlar Urartu deb atagan) nomli davlayni barpo 
qildilar. Uning markazi Tushna bo`lib, Van ko`lini 
sharqida joylashgan edi.
Urartu davlatining o`z taraqqiyotini gullab-
yashnagan davri podsho Menua (810-786y.y.) va 
uning vorislari hukmranligi vaqtida (eramizdan 
avvalgi IX asr oxirida) zaiflashgan davri Rusa I
podsholigiga to`g`ri keladi. Davlat xo`jaligini asosi 
sug`rma dehqonchilik bo`lib, ekinzorlarda erkin 
dehqonlar mehnat qilganlar. Asir qullar ko`p sonli 
bo`lgan. Ular podshoh xo`jaligi, dehqonchilik va 
hunarmandchilik sohalarida ishlaganlar. Urartuni 
davlat boshqaruvi podshoning yakka hukmronligiga 
asoslangan. Podsholarning eng birinchi vazifasi
mamlakatni qudratli dushman Osuriya bosqinidan 
himoya qilish edi.


272 
Urartu davlati uzoq vaqt Osuriya davlatining 
bosqiniga uchradi. Osuriyaning ko`p sonli qo`shinlari 
Urartu qal`a, shaharlarini talon-taroj qildilar. Er. avv. 
VIII asr oxirida Urartularning diniy markazi Musasin 
Osuriya qo’shinlari tomonidan bosib olingan. 
Podsholar Argichti va Sarduri II Osuriyaga qarshilik 
ko`rsatishga harakat qildilar. Ular Osuriyaga qarshi 
turli koalitsiyalarga kirdilar, lekin Osuriya kichik 
Urartuni o’ziga tobe qildi. Bundan tashqari 
ko`chmanchi kimmeriylar Urartu shahar, qishloqlarini 
taladilar. Zaiflashib qolgan Urartu er. avv. VI asrda 
Midiya tomonidan bosib olindi. Urartuni madaniyati 
va iqtisodi to`g`risida arxeologik qazishmalar boy 
ma`lumot beradi. Teyshebani (Karmir Bilur) Eribuni 
(qadimgi Yerevan) va Argishtihinil (podsho Argimchi 
qurgan) shaharlari kuchli fortifikasiya inshootlari 
bilan o`rab olingan. Teyshebani qal`asidagi ombor va 
oziq-ovqat saqlanadigan omborlarda birdaniga 5000 
gektarli dala va uzumzorlar hosilini saqlash mumkin 
edi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling