O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti 
Er. avv. II ming yillik o’rtalarida Mina, Saba va 
Kataban qabilalari ittifoqi shakllana boshlagan. 
Eramizdan avvalgi I ming yillik boshida ishlab 
chiqarish kuchlarining taraqqiyoti natijasida sinfiy 


309 
tengsizlik kuchayadi. Siyosiy hokimiyatni o’z qo’liga 
to’plagan koxin va savdogarlardan iborat hukmron 
siyosiy qatlam paydo bo’ladi. Asosiy ishlab chiqarish 
vositasi bo’lgan yer qishloq va shahar jamoalari 
qo’lida edi. Asosiy xo’jalik bo’g’ini patriarxal oila
(yoki katta oilali jamoa) bo’lgan. 
Eng katta yer egalari ibodatxonalar va davlat edi.
Qullar urushlarda asir olish va sotib olish orqali
paydo bo’lgan. Qarzi uchun qul qilish zaif bo’lgan.
Ilk jamiyatlarning paydo bo’lishi qabila 
ittifoqlarning davlatga aylanishiga olib keladi. Janubiy 
Arabiston davlatlari siyosiy tuzulishini Saba
podsholigi misolida ko`rish mumkin. Saba 
podsholigini 6 qabila tashkil etgan. Uning 3 tasi
qaram ahvolda edi. Har bir qabila katta shoxobchaga
u kichik va yana alohida urug`larga bo’lingan. 
Qabilalar zodagon boshliqlar (kabirlar) va ular tashkil 
qilgan kollegial tashkilotlar orqali boshqarilgan. 
Qabilalarda oqsoqollar kengashi bo’lgan bo’lishi 
mumkin.
Imtiyozli qabilalar zodagon urug`lardan ma'lum 
muddatga (Sabada 7 yil, Katabanda 2 yilga) 
davlatning muhim mansabdor shaxslarini-eponimlarni
saylaganlar. Ular oliy xudo Astar bilan bogliq 
koxinlik vazifalarini ham bajarganlar. Astronomik va 
astrologik taqvim nazoratlarini va yer-suvdan 
foydalanishni tashkil etishdek ba'zi xo’jalik ishlarini
boshqarish ham ularni zimmasuda bo’lgan. 


310 
Eponimlar bo’yicha davlat va xususiy–huquqiy 
hujjatlar raqamlangan yil hisobi bilan olib borilgan. 
Ular 30 yoshdan mansabga chiqib vakolat muddati 
tugagach, oqsoqollar kengashiga a'zo bo’lishgan.
Er. avv. III-II asrlargacha Saba podsholigini
boshqaruv ishlari va ijroiya hokimiyatiga ega 
bo’lgan mansabdor shaxslar mugarriblar bo’lgan. 
Ularning vazifasiga qurilish faoliyati, sakral vazifalar
(qurbonliklar keltirish, diniy ovqatlanish 
marosimlarini tashkil etish) va davlat faoliyatining 
qabila ittifoqlarini davriy yangilash, davlat hujjatlarini 
e'lon qilish huquqiy qoidalar, shahar hududlari 
xususiy mulk chegaralarini aniqlash va boshqalar
kirgan. Mugarrib mansabi merosiy bo’lgan. Urush 
davrida mugarriblar ko`ngillilarga boshchilik 
qilganlar va vaqtinchalik unvon-malik, ya'ni podsho 
unvoniga ega bo’lganlar. Mugarriblar asta-sekin o’z 
qo’llarida butun hokimiyat vakolatlarini to’plab, er. 
avv. I ming yillik oxirida amalda mutlaq podsholarga 
aylanganlar.
Saba podsholigini oliy organi oqsoqollar 
kengashi bo’lgan. Unga olti qabilaning vakillari 
kirgan. Oqsoqollar kengashi sakral, qonun 
chiqaruvchi vazifalar, ma'muriy xo`jalik vazifalarini 
bajarganlar. Boshqa janubiy arab qabilalari ham 
shunday davlat tuzilmalariga ega bo’lganlar.


311 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling