O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Arabiston yarim orolining qadimgi davlatlari
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Arabiston yarim orolining qadimgi davlatlari
Geografik o’rni, iqlimi va aholisi Arabiston Osiyodagi eng katta yarim orol bo’lib, 3 mln. kv.km. hududni egallaydi. Uni g`arbda Qizil dengiz, sharqda Fors va Ommon qo’ltiqlari suvi, janubda Adan qo’ltig`i va Arabiston dengizi yuvadi. Arabistonning bepoyon yerlari asosan sahrolardan 302 iborat. Daryolar juda kam. Arabiston yarim oroli tabiiy boyliklarga boy. Qadimgi Sharqda o’zining ziravorlari va xushbo’y moylari bilan mashhur bo’lgan. Ziravor va xushbo`y moylardan qadimda kosmetika va parfyumeriya, tibbiyotda, diniy marosimlarni bajarishda foydalanilgan. Arabistonni o’rab turgan dengizlardan qadimdan marvarid, qizil va qora marjonlar olingan. Yarim orolda oltin, temir, qalay, mis va surma kabi xomashyolar bor. Janubiy- g`arb va janubiy-sharqda qadimda oq marmar, oniks, alebaster, qimmatbaho toshlar: zumrad, berulliy, feruza, va tuz qonlari bor edi. Arabiston yarim oroli orqali qadimda xalqaro savdo yo`llari o’tgan. Bosh savdo yo’li «Xushbuy moy yo’li» deb atalgan. Arabistonning janubiy- sharqi, sharqiy o’rtayer dengizi qirg`og`iga ikki yo’nalish bilan: biri Gazo va Ashdad, boshqasi, Tir va Damashqqa yo`nalgan, yana bir savdo yo’li janubiy Arabistondan janubiy Mesopotamiyaga borgan. Bundan tashqari, Qizil dengiz va Fors qo’ltig`i dengiz yo’li orqali Arabiston, Sharqiy Afrika va Hindiston bilan savdo aloqalari o’rnatilgan. Arabiston yarim orolida odamning izlari paleolit davriga borib taqaladi. Mezolit va neolit (er.avv. X- V ming yilliklar)ga oid yodgorliklar mavjud. Arabiston yarim orolining er.avv. IV-III-ming yilliklardagi aholisi to’g`risida aniq ma'lumotlar yo`q. Shumer hujjatlarida Magan va Melukka (ba'zi 303 tadqiqotchilar Maganni Arabiston yarim orolining sharqi deb taxmin qiladilar) mamlakatlari to’g`risida eslatib o`tiladi. Er.avv. II ming yillikda Arabiston yarim orolining janubiy g`arbida semit tillarining janubiy arab shevasida so’zlashadigan Saba, Mina va Kataban ittifoqlari vujudga keladi. Arabistonning shimoliy g`arbiy qismida er.avv. II ming yillikda midianit qabilalari yashagan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling