O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Qudratli Karfagen davlatining tashkil topishi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
Qudratli Karfagen davlatining tashkil topishi 
Karfagenning gullab-yashnagan davri 
eramizdan avvalgi V asr o’rtalaridan- eramizdan 
avvalgi III asr o’rtalariga to’g`ri keladi. Sisiliyadagi 
yurishlarda mag`lub bo’lgan Karfagen o’z tashqi
siyosatining asosiy yo’nalishini Shimoliy Afrikaga 


322 
qaratdi. Karfagen hozirgi Tunis va Jazoir qirgoqlarini 
va bu hududlarning ichki xosildor yerlarini
kolonizasiya qila boshladi. Karfagen dengizchilari 
Mavritaniya, Marokkoning Atlantika okeani 
qirgoqlariga chiqib, bu yerlarda manzilgoxlarga asos 
soldilar. Er avv VII asrda Karfagen dengizchisi 
Gannon 60 kema va 30 ming kishilik dengiz 
ekspedisiyasi bilan Atlantika qirgoqlarini tekshirdi. 
Afrikada katta-katta xududlarni bosib olinishi, 
Ispaniya janubidagi Sardiniya orolidagi va Sisiliya 
garbidagi koloniyalar Karfagenni ko’p sonli axoliga
ega bo’lgan iqtisodiy va siyosiy jihatdan qudratli
katta imkoniyatlarga ega imperiyaga aylantirdi. O’z
savdogarlarini ximoya qilish, muxim savdo yo’llarini
o’z qo’lida saqlab turish uchun Karfagen boshqa 
davlatlar bilan o’nlab shartnomalar tuzdi va faol 
tashqi siyosat yuritdi. Bu Karfagenning g`arbiy 
o’rtayer dengizi havzasida uzoq vaqt yetakchi o’rinni
egallashiga qulay shart-sharoitni yaratdi.
 
Karfagendagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
(er. avv. V-III asrlar) 
Er. avv. V-IV asrlarda Karfagen o’rtayer 
dengizidagi vositachi savdoning markazi edi. 
Karfagen orqali Sharqiy o’rtayer dengizining turli
viloyatlariga, yunon shaharlariga, va Pireney yarim 
orolining Atlantika qirg`oqlariga turli mahsulotlarni 
yetkazib beradi. G`arbiy o’rtayer dengizida 


323 
Karfagenning savdo manfaatlarini himoya qiladigan 
Rim bilan uchta shartnoma tuziladi. Er.avv. V-III
asrlarda Karfagen yirik hunarmandchilik markazi 
edi. Kulolchilik, zargarlik, kurolsozlik ustaxonalarda 
oliy navli mahsulotlar tayyorlangan. Karfagenliklar 
moxir quruvchi bo’lganlar,karfagen shahri 
mustahkam devorlar bilan o’rab olingan edi. Shahar
ichida ibodatxonalar, saroylar, zodagonlar, oddiy 
fuqarolar uylari, ombor va doklar (kema 
tamirlanadigan va quriladigan joy) qurilgan. 
Kemasozlik yuqori darajada rivojlangan.
Karfagen bepoyon ekin yerlariga ega edi. 
Dehqonchilik quldorlik xo`jaliklarida asosiy soha 
edi. Tokzorlar, zaytun daraxtlari, bog` va polizlar 
mo’l-ko’l hosil bergan. Er.avv. VI-III asrlarda 
Karfagenda rivojlangan qulchilik unsurlari bo’lgan 
quldorlik jamiyati mavjud edi. Shu bilan birga erkin 
ishlab chiqaruvchilar ko’p bo’lgan. Karfagen 
shahrining o’zida 200 ming aholi yashagan. Oliy 
tabaqa yirik yer egalari, katta savdogarlar va 
koxinlardan iborat bo’lgan. Sharq mamlakatlaridan
farq qilgan holda Karfagenda byurokratik
boshqaruv apparati yuk edi. Mamlakatning iqtisodiy 
qudrati asosini ko’p sonli qullar va qaram aholini 
shafqatsiz talashi tashkil qilgan.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling