O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Qudratli Karfagen davlatining tashkil topishi


Download 0.77 Mb.
bet124/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Qudratli Karfagen davlatining tashkil topishi


Karfagenning gullab-yashnagan davri eramizdan avvalgi V asr o’rtalaridan- eramizdan avvalgi III asr o’rtalariga to’g`ri keladi. Sisiliyadagi yurishlarda mag`lub bo’lgan Karfagen o’z tashqi siyosatining asosiy yo’nalishini Shimoliy Afrikaga qaratdi. Karfagen hozirgi Tunis va Jazoir qirgoqlarini

va bu hududlarning ichki xosildor yerlarini kolonizasiya qila boshladi. Karfagen dengizchilari Mavritaniya, Marokkoning Atlantika okeani qirgoqlariga chiqib, bu yerlarda manzilgoxlarga asos soldilar. Er avv VII asrda Karfagen dengizchisi Gannon 60 kema va 30 ming kishilik dengiz ekspedisiyasi bilan Atlantika qirgoqlarini tekshirdi. Afrikada katta-katta xududlarni bosib olinishi, Ispaniya janubidagi Sardiniya orolidagi va Sisiliya garbidagi koloniyalar Karfagenni ko’p sonli axoliga ega bo’lgan iqtisodiy va siyosiy jihatdan qudratli katta imkoniyatlarga ega imperiyaga aylantirdi. O’z savdogarlarini ximoya qilish, muxim savdo yo’llarini o’z qo’lida saqlab turish uchun Karfagen boshqa davlatlar bilan o’nlab shartnomalar tuzdi va faol tashqi siyosat yuritdi. Bu Karfagenning g`arbiy o’rtayer dengizi havzasida uzoq vaqt yetakchi o’rinni egallashiga qulay shart-sharoitni yaratdi.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling