O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet127/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Karfagen madaniyati


Karfagen Misr, Xett, Bobil va Osuriya madaniyatlarini doimiy ta'siri ostida bo’lgan va shu sababli uning madaniyati sinkretik (madaniyatlar qo`shilmasi hosilasi) xususiyatiga ega edi. Karfagenning muntazam urushlar bilan bandligi yuqori darajada rivojlangan madaniyatning taraqqiyotiga shart-sharoit yaratmaydi. Jumladan, adabiyot, tasviriy san'at va falsafa zaif’rivojlangan.

Amaliy fanlardan agronomiya, geografiya,

matematika, fortifikasiya va astronomiya sezilarli

rivojlanadi. Britaniyaga dengiz sayoxati Atlantikaning ekvatorial qirgogiga Gannonning mashhur sayohati va Karfagen atrofini mudofaa devorlari bilan o’rab olish tabiiy fanlarning taraqqiyoti natijasi edi. Magon tomonidan maxsus yozilgan agronomiya traktati lotin tiliga tarjima qilingan. Karfagenliklar qadimda Afrika, o’rtayer dengizi, atlantika qirg`og`i, Kanar va Azor orollarining eng aniq geografik xaritasiga ega bo’lganlar. Karfagen panteonining bosh xudolari ma'buda Tinnit va Vaal-Melkart edi. Tinnit shahar homiysi, donolik, mo’l-ko’lchilik va tirilayotgan tabiat, hayotbaxsh ne’mat yaratuvchisi edi.

Dushmanlarni qurqituvchi Molox - urush xudosi bo’lib, ba'zida odamlarni qurbonlikka keltirishni talab qilgan. Bu xudolar sharafiga Finikiya an'analarini, Misr motivlarini va yunon me'morchiligi usullarini o’zida to’plagan sinkretik uslubda ibodatxonalar qurilgan.Karfagen madaniyati g`arbiy o’rtayer dengizi va Shimoliy Afrika tarixida muhim iz qoldirdi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling