O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Karfagen G`arbiy o’rtayer dengizidagi Finikiya koloniyalarini markazi


Download 0.77 Mb.
bet123/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Karfagen G`arbiy o’rtayer dengizidagi Finikiya koloniyalarini markazi


Er. avv. VII asrdan boshlab Karfagen tarixida ikki yuz yilga yaqin davom etgan yangi davr boshlanadi. Bu davrda Karfagen shahri G`arbiy o’rtayer dengizidagi Finikiyaning boshqa koloni,yalarining markaziga aylanadi. Finikiya koloniyalariichida Karfagenning yetakchi bo’lishining bir qancha sabablari bor edi.

  1. Finikiyaning Osuriya va Eronga qaram bo’lishi natijasida metropoliya bilan siyosiy aloqalarni zaiflashuvi.

  2. Yunonlarni janubiy Italiya va G`arbiy o’rtayer dengizini faol kolonizasiya kilishi tufayli ularni foydali xalqaro savdo va dengiz yo`llarida hukmron bo’lish xavfi.

3.G`arbiy o’rtayer dengizidagi Finikiya koloniyalarini ichki taraqqiyotini ma'lum darajada koordi nasiya qilish va hamkorlikni kuchaytirish extiyoji.

Eramizdan avvalgi VII asr o’rtalarida Karfagen Shimoliy Afrikadagi rivojlangan hunarmandchilik markazi, Markaziy o’rtayer dengizining ko’p havzalarini savdo munosabatlari bilan bog`lagan eng yirik Finikiya koloniyasi bo’lgan. Shahar xududi va aholisi tez o’sib ketadi. Karfagenning qulay tabiiy gavani kemalarga mo`ljallangan sun'iy gavan qurish xisobiga kengayadi.

Karfagen shahar-davlat doirasidan chiqib faol tashqi siyosat olib boradi. U G`arbiy o’rtayer dengizining boshqa qismlarida o’z koloniyalarini barpo qila boshlaydi. Shu bilan birga bu yerda mavjud bo’lgan Finikiya koloniyalari ustidan o’z homiyligini o’rnatadi. Karfagenning Afrikadan tashqaridagi birinchi koloniyasi Ispaniya yaqinidagi Pitius orollaridagi Ebes (er.avv. VII asr o’rtalari)

bo’lgan. Ebesni tayanch nuqta qilgan holda

Karfagenni Ispaniyaga kirishga yo’l bermayotgan

Finikiya koloniyasi Gadesni tor-mor qilib er.avv. VII-VI asrlarda Karfagen Pireney yarim oroli janubiga o’rnashadi. Yunonlar Karfagenni Ispaniya sharqiy qirg`og`ida o’rnashib qolishiga yo’l bermadilar. Karfagen Sisiliyada faol harakat qilib, orolning g`arbidagi Finikiya koloniyalarini o’z nazorati ostiga oladi. Karfagen eramizdan avvalgi VI asr o’rtalariga kelib Ispaniyadagi mulklari bilan janubiy Sisiliyaning g`arbi, Pitius orollari va shimoliy Afrikagacha cho`zilib ketgan yirik davlat birlashmasi markaziga aylandi.

Karfagen er.avv. VI asr oxirida Yaqin Sharqda o’zgargan xalqaro ahvoldan yaxshi foydalandi. Bu vaqtda Old Osiyoda o’tmishda qudratli bo’lgan Osuriya, Misr kabi davlatlar zaiflashib qoldilar. Yangi qudratli davlat ahmoniylar Eroni butun Old Osiyoda va Shimoliy Afrikada o’z ta'sirini o’tkaza boshlaydi. Karfagen ahmoniylar Eroni bilan aloqa o’rnatdi. Bu aloqa Karfagen uchun noqulay bo’lsada, lekin Karfagen Sisiliya va uning janubiy qismini, janubiy Italiya, Korsika va Sardiniyani yunon shaharlariga karam bo’lishiga qarshi faol siyosat olib borish imkoniyatiga ega bo’ldi. Eramizdan avvalgi VI asr o’rtalarida Karfagen Markaziy Italiyadagi etrusklar bilan do’stona shartnoma tuzdi. Er.avv. 535 yilda Karfagen – etrusklarning birlashgan floti Korsika yonidagi Alali jangida yunon flotini yanchib tashlaydilar. Karfagen Sardiniya janubini egallashga muvaffaq bo’ldi. Natijada Yunonlarning Ispaniyaga ta'siri kamaydi. Er.avv. V asrda Bolqon yarim orolida yunon shahar-davlatlarining zaiflashuvi natijasida Kichik Osiyoning g`arbidagi barcha yunon shahar-davlatlari Ahmoniylar Eroni ta'siri ostiga tushib qolganlar. Ahmoniylar Yevropa tomon yurish qilib, Bolqon yarim oroliga ham bostirib kirdi. Er. avv. V asrda Eronning Yunonistonga bostirib kirishidan foydalangan Karfagen qulay paytni poylab Sisiliyadagi yunon shaharlariga hujum qildi. Hujum muvaffaqiyatsiz chiqdi oqibatda Karfagen Sisiliyaning g`arbida o’zining bir necha shaharlarini zo’rga saqlab qoldi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling