O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Karfagendagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (er. avv. V-III asrlar)


Download 0.77 Mb.
bet125/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Karfagendagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (er. avv. V-III asrlar)


Er. avv. V-IV asrlarda Karfagen o’rtayer dengizidagi vositachi savdoning markazi edi. Karfagen orqali Sharqiy o’rtayer dengizining turli viloyatlariga, yunon shaharlariga, va Pireney yarim orolining Atlantika qirg`oqlariga turli mahsulotlarni yetkazib beradi. G`arbiy o’rtayer dengizida Karfagenning savdo manfaatlarini himoya qiladigan Rim bilan uchta shartnoma tuziladi. Er.avv. V-III asrlarda Karfagen yirik hunarmandchilik markazi edi. Kulolchilik, zargarlik, kurolsozlik ustaxonalarda oliy navli mahsulotlar tayyorlangan. Karfagenliklar moxir quruvchi bo’lganlar,karfagen shahri

mustahkam devorlar bilan o’rab olingan edi. Shahar ichida ibodatxonalar, saroylar, zodagonlar, oddiy fuqarolar uylari, ombor va doklar (kema tamirlanadigan va quriladigan joy) qurilgan. Kemasozlik yuqori darajada rivojlangan.

Karfagen bepoyon ekin yerlariga ega edi. Dehqonchilik quldorlik xo`jaliklarida asosiy soha edi. Tokzorlar, zaytun daraxtlari, bog` va polizlar mo’l-ko’l hosil bergan. Er.avv. VI-III asrlarda Karfagenda rivojlangan qulchilik unsurlari bo’lgan quldorlik jamiyati mavjud edi. Shu bilan birga erkin ishlab chiqaruvchilar ko’p bo’lgan. Karfagen shahrining o’zida 200 ming aholi yashagan. Oliy tabaqa yirik yer egalari, katta savdogarlar va koxinlardan iborat bo’lgan. Sharq mamlakatlaridan farq qilgan holda Karfagenda byurokratik boshqaruv apparati yuk edi. Mamlakatning iqtisodiy qudrati asosini ko’p sonli qullar va qaram aholini shafqatsiz talashi tashkil qilgan.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling