O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet211/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Mustaqil ish mavzulari


Gomer dostonlarida arxaik hayotni tasvirlanishi

Axil qalqoni tasvirida ijtimoiy hayotniaks etishi

Ilk yunon polis davlati tushkunligi

Yunon kolonizatsiyasining ijtimoiy-siyosiy sabablari




Reyting savollari


1. Tarent shahriga yunonlarning qaysi qabilasi asos slogan koloniyalar (

manzilgohlar) ko`sating ?

  1. axeyyaliklar

  2. afinaliklar

ni

S) miletliklar

  1. spartaliklar

  2. to’g’ri javob yo’q

2. Janubiy Italiyadagi yunon shaharlarini ko’rsating?

A) Metapont, Siris B) Sibaris, Posidoniya



  1. Rim, Xalkida

  2. Zefir, Massiliya

  3. A va b

3. Sirakuza shahri asos slogan koloniyalar (manzilgohlar)ni ko’rsating?

  1. Akr va Metapont

  2. Kamerina, Siris

  3. Akr, Kamerina D) Leontida, Naksos

E) Tarent,

Posidoniya

4. Yunonlarning koloniyalar barpo qilsh siyosatini g’arbda to’xtatgan davlatni ko’rsating?


  1. Karfagen

  2. Misr

  3. Ahamoniylar

  4. Rim

  5. Finikiya

5. Rodosliklar asos solgan koloniyani ko’rsating?

  1. Solunt

  2. Palermo C) Motiya

  1. Agrigent

  2. Appoloniya

6. Koloniyalardan qaysi biri savdoga iqtisoslashgan edi?

  1. Milet

  2. Sirakuza

  3. Megara

  4. Kamerina

  5. Katanu

7. Hokimiyatni zo’ravonlik bilan bosib olish nima deb ataladi?

  1. demokratiya

  2. tiraniya

  3. respublika

  4. imperiya

  5. to’g’ri javob yo’q

8. Tiraniya keng tarqalgan asrni ko’rsating?

  1. er. avv. VII asr

  2. er. avv. VI asr C) er. avv. V asr

  1. er. avv.IV asr

  2. er. avv. VIII asr

9. Er. avv. VII asrda Afinada qancha aholi yashagan?

  1. 26 ming kishi

  2. 25 ming kishi

  3. 30 ming kishi

  4. 40 ming kishi

  5. 50 ming kishi

10. Ko’p yuk ko’taradigan

palubali kemalar nechanchi asrda paydo bo’lgan?



  1. er. avv. VII asrda

  2. er. avv.VI asrda C) er. avv. V asrda

  1. er. avv. IV asrda

  2. er. avv. III asrda

11. Nechanchi asrda port va gavanlar qurilib, yakordan foydalanila boshlandi?

  1. er. avv. VIII asrdan

  2. er. avv. VII asrdan

  3. er. avv. VI asrdan

  4. er. avv. V asrdan

  5. er. avv.IV asrdan

12. Birinchi to’la qonli tangalar qaerda zarb qilingan?

  1. Rimda

  2. Afinada

  3. Lidiyada

  4. Eronda

  5. Misrda

13. Er.avv. VIII asrda O’rtayer dengizi savdosi kimlar qo’lida edi?

  1. yunonlar qo’lida

  2. rimliklar qo’lida

  3. karfagenliklar qo’lida

  4. finikiyaliklar qo’lida

  5. to’g’ri javob yo’q

14. Yunonlar

o’lchov birliklari va yozuvni qaerdan o’zlashtirdilar?



  1. Xitoy va

Hindistondan

  1. Bobil va

Misrdan

  1. Eron va

Markaziy Osiyodan

  1. Rim va Shimoliy Afrikadan

  2. To’g’ri javob yo’q

15. Yunon eksport maxsulotlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang?

  1. keramika va zaytun moyi

  2. qog’oz va zaytun moyi

  3. metall va gazlama

  4. choy va bug’doy

  5. dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlari.

16. Eramizdan avvalgi VI asrda Yunoniston pul birligi qanday nomlangan?

  1. doriy

  2. mina

  3. dinor

  4. krona

  5. to’g’ri javob yo’q

17. “Qonga – qon, jonga – jon” xun olish qadimgi qaysi huquqda mavjud edi?

  1. talion huquqida

  2. Afina fuqarolik huquqida

  3. Drakont qonunlarida

  4. Solon

qonunlarida

  1. to’g’ri javob yo’q

18. Arxaik davr qachon tugadi ?

  1. er. avv. VI asrda

  2. er. avv. XI asrda

  3. er. avv. VII asrda

  4. er. avv. XX asrda

  5. er. avv. XII asrda

19. Sibaris shahrida necha kishi yashagan?

  1. 50 ming kishi

  2. 25 ming kishi

  3. 70 ming kishi

  4. 75 ming kishi

  5. 85 ming kishi

20. Er. avv. VIII-VI asrda yunon kolonizatsiyasiga qaysi yunon davlati qatnashmadi?

  1. Afina davlati

  2. Evbeiston davlati

  3. Milet davlati

  4. Eron davlati

  5. Fiva davlati

21. Er. avv. VII asrda dengizchilik ishida qanday yangiliklar paydo bo’ldi ?

A) yuk ortiladigan kemalar B) yelkanli kemalar



  1. portlar

  2. eshkakli kemalar

  3. yakor

22. Qachondan boshlab port va gavanlar qurilib, yakordan foydalanila boshlandi?

A) er. avv. XIII asrdan B) er. avv. XVIII asrdan



  1. er. avv. XV asrdan

  2. er. avv. XVI asrdan

  3. er. avv. VIII asrdan

23. Panorm, Motiya koloniya shaharlariga qaysi davlat?

  1. Finikiyaga

  2. Marselga

  3. Liguriyaga

  4. Eleyaga

  5. Afinaga

24. Qora dengiz bo’yidagi qaysi koloniya savdoga ixtisoslashgan?

  1. Millet koloniyasi

  2. Akr koloniyasi

  3. Agrigent koloniyasi

  4. Ol`viya koloniyasi

  5. Gerakleya

koloniyasi

25.Quyidagilardan kim Afinada arxont bo`lgan?



    1. Kimon

    2. Alkey

    3. Solon

    4. Filipp II

    5. Filipp III.

26. Yunonlar VIII asrda qanday mahsulotlarni chetga chiqardilar?

A) gazlama, zaytun va vino B) pul - tangani


    1. qullarni

    2. metall buyumlarni

    3. kemalarni



Sparta

Sparta jamiyati


Qadimgi Sparta arxaik va klassik davrlarda

Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Sparta polisi va davlatchiligini boshlanishi doriylar bosqinini tugallanish vaqtiha to’g’ri keladi. Doriy qabilalari er. avv. XII-XI asrlarda Peloponnes hududiga o’rnashdilar va er. avv. XI-VIII asrlarning birinchi yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan hukmronlik uchun uzoq kurash olib bordilar. Er. avv. X asrda Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot daryo vodiysining o’rta qismidagi unumdor yerlarga Sparta manzilgohi paydo bo’ldi. Qadimgi yunonlar Sparta davlatini odatda Lakedemon deb atadilar. Ko’pchilik doriylar-bo’lg’usi Sparta polisining fuqarolari 5 qishloqni birlashtirgan Sparta manzilgohiga o’rnashdilar.

Mahalliy axey aholisining bir qismi bo’ysundirilib, bir qismi qirib tashlandi. Sparta davlatining paydo bo’lishi qisqa vaqt ichida boshqa bepoyon hududlarni bosib olish bilan belgilandi. Doriylar ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning quyi bosqichida urug’ munosabatlarini yemirilish davrida turar edilar. Bu hol Spartra davlatida urug’chilik tuzumi qoldiqlarini uzoq vaqt saqlanishi uchun shart-sharoit yaratdi.

Peloponnes yarim orolida arxaik davrdan boshlab Sparta davlati yetakchi o’ringa chiqib oldi va bu erda tashkil topgan shaharlar ittifoqiga boshchilik qildi. Er. avv. VIII asrda Sparta janubiy Lakoniyaning bir qancha viloyatlarini, Kifera orolini, keyin esa Pamis daryosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy o’lka Spartaning kam sonli to’la huquqli fuqarolari tomonidan bo’lib olindi, mahalliy aholi huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi.

Spartaliklar o’zlariga tegishli bo’lgan ekin yerlarini 9000 ta ulushga bo’ldilar. Har bir to’la huquqli spartalik shunday yer ulushini bu yerdagi bosib olingan mahalliy aholi-ilotlar oilasi bilan umrbod mulk qilib oldi. Ilotlar xo’jayinlarga hosilning yarmini berishga majbur edilar. Yuz yildan so’ng Sparta g’arbiy Messeniyani egalladi, keyin esa sharq va shimoldagi Agros, Arkadiya viloyatlarini ham o’ziga qo’shib oldi. Arkadiyaning janubiy qismidagi bir qancha viloyatlar ham Sparta tarkibiga kirdi. Tergiya, Korinf, Sikion, Megara, Egina va Elida kabi shahar va davlatlar Sparta bilan simmaxiya-ittifoqga kirishga majbur bo’ldilar. Ittifoq majlisida har bir polis bir ovozga ega bo’lib, qaror ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinar edi va har bir shahar – davlat Sparta podsholari ixtiyoriga o’zining uchdan bir qism qo’shinini berishga majbur edi. Ittifoqchilar o’rtasida aloqa zaif bo’lib, alohida polislar bir – biri bilan urush olib borar, boshqa ittifoqchilar bunga aralashmas edilar. Sparta Peloponnes yarim orolining 1/3 qismini (8000 km) bevosita o’z hukmronligi ostida olgan edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik mavqei kuchli edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik o’rniga hech kimga shubha yo’q edi. Bu ittifoq o’sha davrda

Yunonistonda eng kuchli edi.

Sparta jangchilar davlati edi. Spartalik o’g’il bola yoshligidayoq davlat homiyligi ostida edi. Davlat hokimiyatini eng avvalo intizomli, jismonan kuchli jangchiga ega bo’lish uchun spartalik go’dakni yoshligidan jismonan kuchli qilib tarbiyalar edi. Zaif, kuchsizlar davlatga kerak emas edilar, shu sababli zaif, kasal bolalardan ularni yoshligidayoq qutilishga harakat qilinar edi. Gerodot tarixida Demokrit aytganidek, Spartaliklar erkin edilar, lekin barcha munosabatda emas, ular davlat qonunlariga bo’ysunar edilar.

Bu qonunlar spartalik bolani yetti yoshligidan otaonasidan uzoqda o’z tengqurlari ichida, 20-30 yoshli kattalar boshchiligida harbiy manzigohda yashashni belgilab qo’ygan edi. Asosiy e’tibor gimnastika mashqlari, jangovar madhiyalar va harbiy marshlarni xor bo’lib aytishga qaratilgan edi. Tarbiyaning qattiqligi o’smirlarni Artemida ibodatxonasida har yili o’tkaziladigan qiynoq sinovlarda o’z aksini topgan edi. Sinalayotgan o’smir og’riqni sezdirmasligi shart edi.

Yosh yigit 20 yoshga yetgach Sparta (“tenglar jamiyati”)ning to’la huquqli a’zosi hisoblanar edi. Endi u kattalar bilan birgalikda o’tkaziladigan ovqatlanish (fiditiyasi yoki filitiyalar)ga ishtirok qilishi majburiy edi. Fiditiya uchun har bir spartalik har oy ma’lum miqdorda pishloq, arpa, vino, anjir va pul berar edi. Spartaliklar birgalikda o’tirib uksus, tuz qo’shilib qonda tayyorlangan chuchqa go’shti bo`tqasini iste’mol qilar edilar. Spartalilar o’z vaqtlarini doimiy muntazam harbiy mashqlar va ovda o’tkazib chodirlarda yashar edilar. Qattiq, shafqatsiz tarbiya natijasida spartaliklarning ongida boshqa yunon polislari aholisida nisbatan jismoniy va ma’naviy ustunlik his-tuyg’usini shakllantirilar edi. Spartaliklarni yunon dunyosida qat’iy intizomi uchun hurmat qilar edilar, ammo yoqtirmas edilar.

Bosib olingan qaram viloyatlarning ilotlarga aylantirilgan aholisining qo’zg’olonlaridan xavfsiragan spartaliklar har yili ilotlarga dahshat solish va ularning ongida bo`ysunish hissini tug’dirish uchun ularni tunda o’ldirishni (kriptiy) e’lon qilganlar. Er.avv. XI asrdayoq spartaliklar o’zlarini har xil “yangiliklar”dan himoya qilish, an’anaviy turmush tarzini saqlash maqsadida tashqi dunyodan ajralib yashashga urindilar. Qadimgi an’anaviy holatini o’zgarmasligi uchun Sparta faqat mayda temir tangani muomalaga kiritdi. Sparta uylarining eshik va tomlari faqat yog’ochdan bo’lib, ularni faqat bolta va arra bilan tayyorlashga ruxsat etildi. Hashamatli kiyimlar qonundan tashqari edi. Jamiyatdagi mavqeiga qarab bir xildagi kalta yoping’ich (plash) kiyar edilar va bu bilan o’zlarini teng deb hisoblardilar.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling