O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Arxaik davri hayotining umumiy manzarasi


Download 0.77 Mb.
bet213/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Arxaik davri hayotining umumiy manzarasi


Taxminlarga ko’ra arxaik davrda yunon uy-joyi oddiy va bir qavatli edi. Epik matnlariga ko’ra erkaklar qisqa ko’ylak (xiton) kiyib, ko’chaga chiqayotganda ustlariga keng yoping’ich xlamida tashlaganlar. Ayollar xiton ustidan hashamatli keng kiyim, kamar bilan tortilgan kamzol (peplum) kiyganlar. Sharqdan erkaklar uchun uzun, yubka kanopdan to’qilgan, tumshuqqacha boradigan xiton o’zlashtirib olingan, sochga tilla to’g’nog’ich qistirilgan. Ijtimoiy tabaqalanish kiyinishga ta’sir qilgan. Zodagon yoshlar otliq yurganda, oval plash – xlamida bilan o’ranganlar, hunarmandlar esa chap elka orqali tashlangan kamtar jun yoping’ich (eksomida) bilan cheklanib qolganlar.

Arxaik davrda oila – nikoh munosabatlari ham o’zgardi. Gomer davrida kuyov kelinni ota – onalariga qimmatbaho sovg’alar berib sotib olar edi. Arxaik davrida esa kelinga sep berish odatga aylandi. Nikohga asos bo’lib yoshlarning ota – onasi o’rtasida tuzilgan kelishuv shartnomasi xizmat qilar edi. Tegishli qurbonliklar qilingach kelinni otasining uyida to’y tantanalari va ziyofat boshlanar edi. Quyosh botishi bilan kelin kuyovning uyiga kuzatib qo’yilgan.

Dafn marosimlari o’zgardi. Arxaik davrida ko’kragiga urib yig’laydigan go’yandalar paydo bo’ldi. Yig’i – sig’idan so’ng marhum jasadi yuvibtaralib xushbo’y yog’lar surtilgan. Keyingi kun dafn qilish marosimi yig’i bilan mayit shahar tashqarisidagi qabristonga chiqarilgan. O’likning og’ziga er osti Aid podsholigida o’liklarni tashuvchi Xarondga to’lov sifatida tanga qo’yganlar. Ehtimol krematsiya ham bo’lgan, bu haqda Gomer poemalarida eslatiladi. Marhum o’zining qimmatli buyumlari bilan katta gulxanda yoqilgan, olovga vino, sut va asal sepish rasmi bilan marosim tugagan.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling